Urganch Davlat Universiteti Sirtqi bo‘limi “ Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi



Download 243 Kb.
bet3/9
Sana21.11.2022
Hajmi243 Kb.
#869484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matyaqubova Roziyaxon

1.2.Tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni singdirish
Iqtisodiy tarbiya boshlang‘ich sinf o`quvchisi tarbiyasining muhim muammolaridan biridir. “Iqtisodiy o‘zgarishlarni ustivor deb hisoblayotganimiz, taqsimotning ma’muriy buyruqbozlik tizimidan butkul voz kechayotganimiz hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy mnosabatlarni shakllantirayotganimiz jamiyatni isloh qilishga qat’iy yondoshishimizning ifodasidir”, degan edi muxtarama Birinchi prezidentimiz I.Karimov.2 O‘quvchilar ongida iqtisodiy ta'limning asosiy tushunchalarini singdirishda mehnat tarbiyasidan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlovchi komil insonni shakllantirish to‘g‘risida fikrlar asoslab berilgan.
Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish eng avvalo oiladan boshlanadi va maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda davom ettirilishi, iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga sharq mutafakkirlari katta e’tibor qaratib kelganliklari, oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan izlanishlarda mehnatga yo‘nalganlikni tarbiyalash haqida batafsil yoritib berilgan.
Ma’lumki, «iqtisod» so‘zining ma’nosi keng bo‘lib, chuqur mazmunga ega. Ko‘p urindi bu so‘z xalq ichida «tejamkorlik» so‘zining sinomini sifatida qo‘llaniladi. Tejamkorlik haqida so‘z ketganda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikki tushunamiz.
«Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o‘zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur. O‘quvchilar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirishni, ularning jamiyatni iqtisodiy rivojlantirish qonuniyatlarini, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma'lumotlarni o‘zlashtirib olishini, ularda fikrlash operatsiyalari (tahlil, sintez qilish, umumlashtirish va boshqalar)ni rivojlantiradi va keyinchalik eng oddiy iqtisodiy tahlil qilish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.
Shu sababli boshlang‘ich sinflardanoq matematika darslarida iqtisodiy tarbiya elementlarini oshirib borish lozim. Iqtisodiy tarbiya — o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o‘ylangan ish sistemasidir. Uni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish to‘g‘risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xo‘jalik mexanizmi to‘g‘risida tushuncha va tasawurlar majmuyini o‘zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqti­sodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligining 19.09.2013-yil 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari”da maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish vazifalari belgilab berildi.Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bozor ,sotuvchi,xaridor,bank,banker,pul qiymatlari,plastik kartochka,terminal haqida dastlabki tushunchalar berish ko‘rsatib berilgan.3
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari zarur:

  • Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o‘rni va uning rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslarini;

  • zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qo‘llay olish;

  • bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash zarur.

Iqtisodiy tushunchalardan bo‘lgan bozor tushunchasi bilan tanishtirishda tarbiyachi bolalarga "bozor" haqida ma'lumot beradi.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish