Bozor - bu xaridor bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri bilan bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi.
Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, termer xo‘jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.
Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste molchilardir.
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya’ni, bog‘bon o‘zyetishtirgan ho‘l meva mahsulotlarini sotib, o‘rniga o‘ziga kerakli mahsulot sotib oladi. Bunda: tovar pulga sotiladt yana boshqa tovar sotib olinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari haqida ma’lumot beriladi.
II. BOB. INSONNI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY TARBIYANING PEDAGOGIK AHAMIYATI.
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida iqtisodiy tarbiyani tashkil qilish maqsadi vazifasi.
Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta’lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o‘quvchi bevosita maktab ta’limi davrida oladi. Shuning uchun o‘quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga alohida e‘tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.
Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo‘lg‘aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko‘p bo‘lg‘ay, yumshoq tabiatli va shirin so‘zli bo‘ling, do‘stingiz ko‘p bo‘lg‘ay».
Demak, ko‘p ranj bila topilg‘on ganjni (boylik) g‘aflat va qohillik bila qo‘ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo‘lg‘andin so‘ng har qancha pushaymon bo‘lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo‘lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg‘il, sen bundan bahramand bo‘lg‘aysan. Biroq mol har qancha aziz bo‘lsa ham, uni do‘stlardin darig‘ tutmag‘il. Har holda molingni go‘ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog‘liq bo‘lsa, xarjing ham ul miqdor bo‘lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag‘ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaq qashshoq bo‘lmag‘ay.
Donishmandlar debdurlarkim, hech bir ishda isrof qilmag‘il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag‘il. Ro‘zg‘oringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko‘rguzmag‘il. Joningga jabr qilmag‘il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig‘ilgan molingni bahllarning qo‘liga topshirmag‘il va sharobxo‘r, qimorbozlarga e‘timod qilmag‘il. Mol jam etmakda xato qilmag‘il, har odam o‘z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo‘lg‘ay va muddaolarda bebahra qolg‘ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehntning natijasidur. Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) edurg‘il. O‘zgalarning molidin ta’ma qilmag‘il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog‘i bo‘lg‘aysan. Molingni o‘zgalarning moli deb bilg‘il, o‘zgalarning molin o‘z molingdin ziyodrog‘ bilg‘il, toki omonatga xiyonat qilmaslik, to‘g‘rilik bila xalqqa mashhur bo‘lg‘aysan (Qobusnoma. 70-72 bet).
«... Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo‘ladi, isrof tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o‘ldiradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |