Talabaning o‘quv – biluv faoliyati
1. Faoliyat – bu, ijtimoiy va shaxsiy qimmatli motivlarga ko‘ra biror maqsad sari yo‘naltirilgan, o‘ziga xos usul – vositalar asosida ma’lum natija bilan yakunlanadigan hatti-harakatlar tizimidir.
Pedagogik faoliyat – bu, ijtimoiy va shaxsiy qimmatli motivga ko‘ra ta’lim-tarbiyaning aniq bir maqsadiga (o‘quv-biluv vazifasiga) yo‘naltirilgan ma’lum vaziyat (shart-sharoit)da tegishli usul – vositalar yordamida ta’lim-tarbiyadan kutilgan natija bilan yakunlanadigan hatti-harakatlar tizimidir.
Talabaning o‘quv-biluv faoliyati – bu, shaxsiy va ijtimoiy qimmatli motivga ko‘ra ta’lim-tarbiyaning aniq bir maqsadini (vazifasini) tegishli shakl-usul, vositalar yordamida bilib olishi (o‘zlashtirishi)ga yo‘naltirilgan ta’lim – tarbiya natijasi bilan yakunlanadigan hatti-harakatlari majmuidir.
2. Bilim o‘zlashtirish talabaning o‘quv-biluv faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi pedagogik qonuniyatlardan biridir
Ma’lumki eski maktablarda bola bilimni faqat o‘qituvchidan eshitib o‘rganardi. Bunday ta’lim usuli samarasiz bo‘lib, uning o‘rnini ko‘rsatmali o‘qitish usuli egalladi. Lekin ko‘rsatmali o‘qitish ham optimal emasligi ma’lum bo‘ldi va bilim olishda talabaning o‘quv-biluv faoliyatiga asoslanib o‘qitish usuliga o‘tildi.
3. Faoliyatli yondashuv ta’lim jarayonini tashkil etishning xilma-xil usullarini vujudga keltirdi. Bilim olish uchun motiv, maqsad aniq bo‘lishi bilan birga talaba o‘quv materialini tushunib o‘zlashtirib olishiga imkon beradigan o‘quv-biluv harakatlarini ham bajarishi zarur. Proffessor-o‘qituvchining vazifasi bilim olishning qulay yo‘lini ko‘rsatib, talabalarga uni bajartirishdan iborat.
4. Talaba o‘quv vazifasini (faoliyatni) shu ishni bajarish usuli haqida oldin o‘zlashtirilgan (bilib olingan) axborotlar asosida bajaradi. Oldin bilib olingan axborotlarga bevosita tayanmay bajarish ta’lim - tarbiya ishi uchun to‘g‘ri kelmaydi. Faoliyatni bajarish usuliga (qanday bajarishga) doir oldin o‘zlashtirilgan axborotlarni ishlata bilish esa ayrim o‘quv elementlari (bo‘laklari) va butun o‘quv predmeti mazmunini o‘zlashtirish sifatiga ta’sir etadi. Bunda qanday harakat qilishning oldin bilib olingan mo‘ljal asosi – yo aynan oldin bajarilganidek, yoki faoliyatning shart-sharoiti (vaziyati)ga qarab o‘zgartirilgan holda ishlatilishi ham mumkin.
5. Oldin bilib olingan axborotlardan foydalanish usuliga ko‘ra o‘quv-biluv faoliyati reproduktiv (nomahsul) va mahsuldor (produktiv) turlarga ajratiladi. Reproduktiv faoliyat mahsuldor faoliyatdan oldin keladi (bajariladi) va mahsuldor faoliyat uchun zamin bo‘lib hizmat qiladi. Mahsuldor faoliyat reproduktiv faoliyatga asoslanadi, undan o‘sib chiqadi.
6. Reproduktiv faoliyatda harakat qilishning oldin bilib olingan mo‘ljal asosi, uning algoritmlari va qoidalari har - xil ko‘rinishlarda aynan qayta ishlab chiqiladi (ta’limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o‘xshash vaziyatlarda biroz o‘zgartirib aytishgacha). O‘quv predmetida dastlab bilib olingan ma’lumotlarga talaba faoliyati davomida biror yangi axborot qo‘shmaydi. Algoritmik harakatlar ya’ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq ko‘rsatilgan qoidalarga binoan harakat qilish reproduktiv faoliyat hisoblanadi. Masalan, talaba ijtimoiy-gumanitar, ixtisoslik va boshqa o‘quv predmetlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmasidagi barcha masalalar (o‘quv-biluv vazifalari)ni ilgari bilib olingan qoidalar va algoritmlarga binoan bajaradi. Bu, talabaning reproduktiv faoliyatidir.
7. Mahsuldor faoliyat jarayonida talaba o‘quv predmetida ilgari o‘zlashtirib olinganiga nisbatan yangi harakatni yaratadi (bajaradi) ya’ni u, darslik, o‘quv qo‘llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. YAngi axborotni yaratish – izlovchilik, tadqiqotchilik faoliyati bo‘lib, u ham, albatta, oldingi tajribaga tayanadi, asoslanadi.
8. Reproduktiv va mahsuldor faoliyatlar o‘zaro bog‘langan bosqichlar bo‘lib, bilim egallashda shu ikki bosqichga mos yaxlit bir tuzilmani hosil qiladi. Talaba reproduktiv va mahsuldor faoliyatlarga doir har bir harakatni masalani (o‘quv-biluv vazifasini) echish jarayonining elementi (bir qismi) sifatida bajaradi.
9. Pedagogika fanida masala (o‘quv vazifasi) deganda ma’lum bir vaziyatda (shart-sharoitda) ma’lum harakat yordamida bajarish mumkin bo‘lgan ma’lum bir maqsad (o‘quv vazifasi) tushuniladi. SHunday qilib, maqsad, vaziyat va harakat masalaning komponentlari (qismlari) hisoblanadi. Reproduktiv yoki mahsuldor faoliyatni qo‘llash masala variantida ko‘rsatilgan komponentlarga bog‘liq bo‘ladi.
10. Pedagogik adabiyotlarda (masalan, V.P.Bespalkoning “Slagaemыe pedagogicheskoy texnologii” kitobida) inson faoliyatining mumkin bo‘lgan barcha tuzilmasini, turli masalalarni echish qobiliyati sifatida, quyidagi to‘rtta izchil o‘zlashtirish darajalari (a) shaklida taqdim etish mumkin: a-I; a-II; a-III; a-IV darajalari. Bu darajalar ta’lim jarayonida shu predmetdan talabaning bilim saviyasi o‘sib-yuksalib borish pillapoyalari (darajalari)ni ifodalaydi.
A – IV
Ijodiy
A – III
Evrestik
A – II
Mahsuldor
A – I
Reprodiktiv
Talabalarning bilim o‘zlashtirish darajalari chizmasi.
(O-boshlanish nuqtasi; A- yuqorilab borish darajalari; t-vaqtni bildiradi.)
11. YUqorida keltirilgan nazariyaga binoan talaba o‘quv-biluv faoliyatining quyidagi to‘rtta darajasini ifodalash mumkin:
a). Agar ta’limning maqsadi o‘quv materialini eng quyi darajada (a-I darajasida) o‘rganish bo‘lsa, o‘qish talabaning reproduktiv faoliyati darajasida tashkil etiladi. Reproduktiv ta’limda talabaning o‘quv-biluv faoliyati professor-o‘qituvchining so‘zlarini diqqat bilan tinglash yoki darslik bilan ishlashdan, yoki o‘rganilayotgan obyektlarni kuzatishdan, ko‘rsatmaga binoan biror amaliy harakatni tajriba tariqasida bajarishdan iborat bo‘ladi. Bu, ish-harakatni barcha o‘quv elementlarini bilib olish uchun uni bir necha marta bajarish (takrorlash) – uni zarur, yuqoriroq koeffitsient (K-I) darajasida o‘zlashtirishga olib keladi. o‘zlashtirish koeffitsienti 0,7 (K – I = 0,7) bo‘lsa, ya’ni talaba test vazifalari (topshiriqlari)ni 70 foizini to‘g‘ri bajarsa, ta’lim tugallangan (ta’limdan kutilgan natijaga erishilgan ) hisoblanadi, shunda talaba ta’lim olishni davom etdirishi mumkin, chunki talabaning bilim o‘zlashtirish bo‘yicha bundan keyingi faoliyati K–I darajadan yuqorilasha boradi.
b). Ta’limning maqsadi o‘zlashtirishning yuqoriroq – ikkinchi darajasida (a-II) bo‘lsa, talabaning o‘quv – biluv faoliyati yuqoriroq shaklda bo‘lishi ya’ni faoliyat (ish-harakat)ning asosiy algoritmlarini ongli va mustahkam esda qoldirishni ta’minlashi lozim. Bu darajada talaba o‘quv materialini qayta ifodalay olishi (masalan matematika tilida qayta ifodalashi), tanqidiy mushohada yuritishi, o‘quv topshirig‘ini bajarish variantlaridan ratsional usulni tanlay bilishi kerak. Ta’limning bu darajasida talabaga o‘quv materialidan matn, referat tayyorlash, munozarada so‘zga chiqish, ma’ruza, doklad qilish, barcha o‘quv elementlariga oid masalalarni echish, didaktik o‘yinlarda qatnashish tavsiya etiladi. Ikkinchi daraja pedagogik test topshiriqlarini bajarish koeffitsienti K-II = 0,7 bo‘lsa, bu darajadagi ta’lim (bilim o‘zlashtirish) tugallangan hisoblanadi.
v). Bilim o‘zlashtirishning uchinchi darajasi (a-III)ga erishish uchun talabaning o‘quv-biluv faoliyati tadqiqiy, evristik shaklda tashkil etiladi. Buning uchun talaba shu predmetdan o‘quv materialini avval birinchi (a-I), va so‘ngra ikkinchi (a-III) darajalarida o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Ta’limning a-III darajasida talabadan muammoli ta’lim, ish o‘yinlari, biror o‘quv vazifasini real mo‘ljallash (loyixalashtirish) kabi didaktik vazifalarni bajarishi talab etiladi.
g). Ta’limning maqsadi to‘rtinchi darajada (a-IV) o‘zlashtirishni ko‘zlaganda, masalan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash kabilarda o‘quv jarayoni tadqiqot natijalari va metodikasini tahlil qilish bo‘yicha munozaralar, muommoli vazifalarni qo‘ya bilish, individual va jamoa bo‘lib tadqiqot ishlarini bajarish kabi shakllarda tashkil etiladi.
Oliy ta’limda o‘quv jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |