Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Ta`limning ichki va tashqi qonuniyatlari



Download 8,64 Mb.
bet58/239
Sana12.07.2022
Hajmi8,64 Mb.
#779214
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR [1]

Ta`limning ichki va tashqi qonuniyatlari


Ta`lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat o`sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O`sha davrdayoq ta`lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan.
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an`analar tarzida umumlashtirilib, amaliy ta`lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar to`plami ko`rinishida amaliyotiy ta`lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.
SHarqdagi Uyg`onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining YAqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma`naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos – birlashish, yaxlitlik, qo`shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo`ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. SHarq mutafakkirlari o`z asarlarida ta`lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta`lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta`lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug`ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta`limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o`rgatish san`ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. SHarq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo`llanilmoqda.
Quyidagi jadvaldan SHarq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa`diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta`limning ilmiyligi, ongliligi, ko`rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta`limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi.
XVII asrda pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya qonuniyatlariga bo`ysunishi e`tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to`la qayta qurishni chex olimi YA.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko`ra guruhlaganlar:

  1. Ijtimoiy-tarixiy.

  2. Tabiiy-tarixiy.

  3. Psixologik.

Keyinchalik bir guruh ilg`or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, YA.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko`ra guruhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi:

  1. “Ta`lim va oson o`qishning asosiy qoidalari” (“Buyuk didaktika” - XVII bob);

  2. “Tabiiy o`qish va ta`limning asosiy qoidalari”;

  3. “Fanlarga o`qitish san`atining to`qqiz qoidasi” (XX bob) va boshqalar.

Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo`lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko`ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh – o`qituvchiga nisbatan, ikkinchisi – dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi – o`quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). SHu bilan birga Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.
SHaxsni har tomonlama rivojlanishi, unda boy dunyoqarashni, e’tiqodni tarkib toptirish, bilishga nisbatan qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi aniq belgilangan, tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmini belgilash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Ushbu holatlarning barchasi ta’lim mazmunida o‘z ifodasini topadi. SHu bois ta’lim mazmunini belgilashga jiddiy yondashish talab etiladi. Ta’lim mazmunini belgilashda mavjud ijtimoiy ehtiyojlar inobatga olinadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim mazmunini belgilashda komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalashdan iborat ijtimoiy ehtiyoj etakchi asos bo‘lib xizmat qiladi. SHuningdek, ta’lim mazmunini belgilashda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- ilmiy bilimlar insoniyat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun zarur omil ekanligi to‘g‘risidagi yondashuv;
- shaxs tomonidan umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarni egallab olish zarurligi borasidagi muhim talab;
- shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning dunyoqarashin tarkib toptirish zaruriyati;
- ta’lim va tarbiya jarayonlarining hayot bilan, insoniyatning tarixiy tajribasi bilan bog‘liqligi haqidagi qarashlar;
- ta’lim va tarbiyaning aniq bir maqsadga yo‘naltirilishi zarur ekanligi borasidagi xulosa;
- oila hamda ta’lim muassasalarida olib borilayotgan pedagogik faoliyat mohiyatining umumiy didaktik va tarbiyaviy tamoyillarga mosligi qoidasi.
Ta’lim mazmuni o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi. Ilm-fan, texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, shaxslararo ijtimoiy munosabatlarning tobora takomillashib borishi ta’lim mazmunini shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojlarni tarkib toptiradi. SHuningdek, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishi ta’lim mazmunini yangilash, boyitishni taqozo etiadi va bu jarayon tezlashadi.
O‘qitish uchun etakchi asos bo‘lgan ta’lim mazmuni shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash va rivojlantirish kabi vazifalarning ijobiy hal etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim mazmunini ishlab chiqishda quyidagi tamoyillarga muvofiq ish ko‘riladi


Davr nuqtai nazaridan ta’lim mazmuniga muayyan davrlarda kiritilgan g‘oyalar eskirishi mumkin. SHu sababli mavjud ijtimoiy taraqqiyot, rivojlanishni inobatga olgan holda uni doimiy ravishda yangi, ilg‘or g‘oyalar bilan boyitib borish taqozo etiladi.


Zamonaviy sharoitda quyiagi pedagogik muammolar echimlarining topilishi ta’lim mazmunini yanada boyitishga xizmat qiladi:

  • shaxs haqidagi fanlarning umumiy tizimida pedagogik bilimlarning integratsiyachi muammolarini, yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonda ilg‘or an’analarning rivojlanishini tadqiq etish;

  • pedagogikadagi innovatsion jarayonlarni o‘rganish, yoshlarni tarbiyalash va o‘qitishning muhim tajribasini vujudga keltirish;

  • o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini sifat va miqdor jihatdan baholash metodlari va texnologiyalarini takomillashtirish;

  • milliy-madaniy va o‘tmishga xos xususiyatlarni, ma’naviy-axloqiy an’analar, xalq pedagogikasi vositalarini hamda umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda tarbiya qonuniyatlarini aniqlash va o‘rganish;

  • uzluksiz ta’lim tizimida yangi o‘quv-metodik adabiyotlar majmuini yaratish va joriy etish;

  • kasbiy tashxis ko‘nikmalarini, kasb-hunar tanlashda, shaxs kamoloti muammolarini tadqiq qilish;

  • shaxsning yosh xususiyati, qobiliyat darajasi va aql-zakovati, uning ijtimoiy hamda kasbiykelib chiqishini inobatga olgan holda psixologik muammolar qo‘yish va shakllanish qonuniyatlarini aniqlash;

  • axloqan qusurli bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-pedagogik himoyalash tizimini yuzaga keltirish hamda psixologik-pedagogik va kriminal asoslarini ishlab chiqish;

  • sog‘lom avlodni shakllantirishning pedagogik va fiziologik-gigienik asoslari, uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiya jarayonida sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida tarixiy-madaniy va ta’limiy an’analarni, milliy psixologiya vositalarini, xalq pedagogikasi, jahon madaniyati va ta’limi tizimi yutuqlarini o‘rganish.

Ta’lim mazmuni ta’limiy-me’yoriy hujjatlar talablari, o‘quv manbalari (davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, dastur, darslik va qo‘llanmalar)ning mazmuni, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida ishlab chiqiladi.



Download 8,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish