Funktsional materializm konsepsiyasi.
Ta`lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o`rin tutuvchi ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bu ta`lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta`siri ostida o`zgarib borishini anglatadi. Ta`lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan pragmatik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u odamlarga hayot faoliyatlarini yo`lga qo`yish uchun zarur. Bilimlarni to`plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o`sib borishi bilim tomonidan tashkil etiluvchi funktsiyalari ko`lamini oshishini ta`minlaydi. Mazkur yondashuvlar (pragmatik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta`lim mazmuni yo`nalishlarni belgilab keladi.
Evropa uyg`onish davri (XIV-XVI asrlar) ma`rifatparvarlari XVIII-XIX asrlarda ham shaxsning barkamol rivojlanishi g`oyalarini ilgari surganlar. Misol uchun, Italiya ma`rifatparvari V. De Feltre (XV asr) “Quvonch maktabi”ni tashkil etadi. Bu maktabda bolaga erkin jismoniy va aqliy rivojlanish imkoni berilgan. J.J.Russoning erkin tarbiya nazariyasi, I.G.Pestalotstsining odamni faol hayotiy faoliyatga jalb etish yo`li bilan uni rivojlantirish haqidagi g`oyasi XX asr pedagogikasining rivojiga o`z ta`sirini ko`rsatdi.
Hozirgi zamon bosqichida ta`lim mazmunini belgilovchi muhim g`oyalar (asoslar). Ta`lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma`naviy rivojlanishi darajasiga qo`yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Ijtimoiy tajriba quyidagi to`rt element bilan tavsiflanadi:
- inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari
- faoliyatning ko`nikma, malaka va usullari;
- yangi vazifalarni hal etish bo`yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
- atrofdagilar bilan o`zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli munosabatlar tajribasi.
SHularga muvofiq zamonaviy didaktika g`oyalariga ko`ra ta`lim mazmunining tarkibida quyidagilar o`z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga emotsional (hissiy) qadriyatli munosabat tajribasi.
Bilim va ko`nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo`lib qolishi mumkin, lekin unga tayyorlikka kafolat bo`la olmaydi. Ijodga, ta`limning o`ziga xos turi sifatida maxsus o`qitish kerak bo`ladi. Atrof-muhitga emotsional-umumiy munosabatda bo`lish u haqida bilish, lekin ularga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lmaslikni nazarda tutadi. Uni rivojlantirish uchun o`qitish jarayonida maxsus ishlash olib berish zarur.
Ilmiy asoslangan ta`lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta`lim mazmuniga nima ta`sir ko`rsatadi? U nimaga bog`liq bo`ladi?
Ta`lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo`ladi:
fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
ta`limning maqsad va vazifalari;
o`quvchilarning yoshi xususiyatlari;
o`quvchi shaxsining ehtiyojlari.
Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim mazmuni o`quvchilarda atrof-muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o`zlarining amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo`llashga o`rgatishi kerak. Ta`lim mazmuni o`quv rejalari, o`quv dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi,
XX asr 80-yillarida amaliy qo`llanilgan o`rta umumta`lim maktabi namunaviy o`quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, o`quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil qilishga mos kelmas edi. Bu o`quv rejasining eng asosiy kamchiligi – uni shakllantirishning haddan tashqari markazlashtirilishidir, bu esa maktablarning hammasi bir xil bo`lishi, taklif etilayotgan ta`lim idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning turli ta`limiy talablari hisobga olinmaydi; ko`p predmetlilik, o`quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og`irlik qiladi va ta`lim mazmunining sun`iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu ta`limning texnokratik yo`nalishi uning insonparvarlik va madaniy, badiiy-yaratuvchilik rolini yo`qotishiga olib keladi. O`quv rejasining ana shu va boshqa ko`plab kamchiliklari didakt olimlar va amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
1991 yilda O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz ta`lim tizimini takomillashtishrishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta`lim, yangi demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma`naviy tiklanish, demokratik jamiyat va bozor munosbaatlari shakllanishi, milliy fan va texnikaning rivojlanishini dunyo standartlari talablari darajasiga ko`tarishning asosi bo`lib qolishi kerak.
Umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi mazmuniga talablar ta`limni rivojlantirish davlat strategiyasi bilan belgilanadi. Bu strategiya respublikaning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan (1997 yil), ta`limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy tizimni yaratish hisoblanadi. Ta`lim mazmunida quyidagi ikki jihat ko`zga tashlanadi: milliylik va umuminsoniylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |