Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Bo`lajak o`qituvchilarning pedagogik-psixologik tayyorgarligini tarkib toptirish modellari



Download 8,64 Mb.
bet49/239
Sana12.07.2022
Hajmi8,64 Mb.
#779214
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   239
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR [1]

Bo`lajak o`qituvchilarning pedagogik-psixologik tayyorgarligini tarkib toptirish modellari



  1. Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash taktikasi.

  2. Pedagog shaxsini tarkib toptirish modellari: kommunikativ model; faol izlanish modeli; bo’lg’usipedagog shaxsini rivojlantirishning refleksiv modeli; imitatsion model; amaliy faoliyat modeli; kasbiy-fikriy uz-uzini rivojlantirish modeli.

Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash taktikasi.
1. Oliy o‘quv yurtining talabasi belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ta’lim sohasining biror yo‘nalishi yoki muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan kishidir. o‘qishga kirgan yigit, qizga rasmiy nusxadagi talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi topshiriladi. U shu o‘quv yurti talabalari jamoasining a’zosi hisoblanadi va «Oliy ta’lim haqida nizom» (1998)da belgilangan huquq va burchlarga amal qiladi.
2. Talabaning maqsadi - mamlakatda mavjud oliy ta’limning maqsadi, vazifalariga mos bo‘lib, oliy ma’lumot olish, barkamol shaxs, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishdan iborat.
3. Talabaning me’yoriy hujjatlarda belgilangan huquqlari, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- oliy ta’limning davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlarni fan, texnika va madaniyatning zamonaviy rivojlanish darajasida egallash;
- o‘quv rejasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha kurslarni tanlash;
- ta’lim muassasasi faoliyatining muhim masalalarini muhokama qilish va hal etishda qatnashish;
- kutubxona, axborotlar fondi, kompyuter markazi, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa bo‘linmalar xizmatidan tekin foydalanish;
- ilmiy - tadqiqot ishlari, anjumanlar, simpoziumlarda ishtirok etish, o‘z ilmiy ishlarini chop etdirish kabilar.
4. Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida bilimlar, kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallash; ko‘rsatilgan muddatlarda o‘quv rejalari va dasturlarida ko‘zda tutilgan barcha topshiriqlarni bajarish, ta’lim muassasasining ichki tartib - qoidalari, axloq - odob normalariga rioya qilish; jamoat tashkilotlari faoliyatida faol qatnashish talabalik burchi hisoblanadi.
5. Oliy o‘quv yurtining talabasi balog‘at (yetuklik) yoshidagi inson. U o‘rta umumiy ta’lim maktabi, akademik litsey yoki kasb - hunar kollejida fan asoslarini o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti darajasida o‘zlashtirgan, muayyan o‘qish tajribasiga ega. Oliy ta’lim muassasasida u, maktabdagidan keskin farq qiladigan shart - sharoitlarga duch keladi va bu yangi tartib - qoidalarni bilib olishi, ularga ko‘nikma (adaptatsiya) hosil qilishi zarur.
6. Talabaning oliy o‘quv yurtida o‘qish davri, asosan, 18 - 25 yoshlarga (yoshlik davriga) to‘g‘ri keladi. Bu davr ruhiy jihatdan bir qancha muhim xususiyatlarga ega bo‘lib, ayrim ziddiyatlarni ham o‘z ichiga oladi.
O‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarda aqliy faoliyatining barcha tomonlarini izchil ravishda o‘stirib, ularni Oliy ta’limda ta’limni davom etdirishga tayyorlaydi. Mustaqil fikrlashning tahlil va sintez qilish, mavhumlash va umumlashtirish sifatlari o‘rta maktabda shakllana boshlaydi, oliy o‘quv yurtida esa ular o‘sib kamolatga erishadi.
Oliy o‘quv yurti talabasida tanqidiy mulohaza yuritish qobiliyati kuchli bo‘ladi. Bu yosh davri o‘z-o‘zini tahlil qilish va - o‘zini baholash davridir. Oliy o‘quv yurtiga kirish va o‘qishning dastlabki oylarida mavjud bo‘lgan umid, ko‘tarinki ruh, ba’zan, o‘quv tartibi va professor - o‘qituvchilardan ayrimlariga ishonchsizlik munosabati bilan almashinadi.
7. YOshlik davri kishi hayotida aqliy o‘sish, intellektual rivojlanish uchun eng qulay, samarali yillar hisoblanadi. Bu davrda talabalarning qiziqishlari doirasi kengayadi, ular faqat o‘qish bilangina cheklanib qolmay, san’at, sport, jamoat ishlari, shaxsiy turmush masalalari bilan ham shug‘ullanadilar. Bu davrda kishi muayyan bir kasb yo‘nalishi, mutaxassislikni tanlab o‘z hayot yo‘lini belgilaydi, kasb egallaydi, turli sohalarda o‘z kuch - qobiliyatini sinab ko‘radi. U o‘z e’tiqodi, fikri va harakatlarini faol quvvatlaydi. Bu davrda egallangan bilimlarni, ma’lum hayotiy tajribani, o‘zining mustaqil fikri, hatti - harakatlarini umumlashtirish asosida kishida dunyoqarash, axloqiy va estetik did shakllanadi. Muhabbat, nikoh, oila kabi bir qancha tushunchalar nazariy tasavvurlardan amaliy faoliyat sohasiga aylanadi.
8. Talabalik davrining muhim xususiyatlaridan biri shaxsiy turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatida mustaqillikning kuchayishidir. Endi u turmush tarzi bilan bog‘liq bir qancha hayotiy masalalarni amalda o‘zi mustaqil hal etishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik talabalar boshqa shaharga borib, oiladan uzoqda talabalar turar joylarida, qarindoshlarinikida yoki shaxsiy kvartiralarni ijaraga olib yashaydi o‘zining turmush ehtiyojlarini mustaqil qondiradi. Tanlagan kasbiga doir bilimlarni egallash masalasida ham mustaqil ishlar, mustaqil ta’limning salmog‘i va ahamiyati keskin ortadi.
9. Talabalik yillarida yoshlarda barkamol shaxsga xos fazilatlar, ayniqsa, professional axloq, kasb odobiga oid sifatlar jadal shakllanadi. Talabalik davrida yoshlarning turli xil axloqiy, estetik, ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqishlari, ijtimoiy - ma’naviy qadriyatlarga tanqidiy munosabati kuchayadi, yoshlarning fikri, qarashlari adolatli bo‘lishi ham, ba’zan yuzaki bo‘lishi ham mumkin. SHuning uchun bu davrda ma’naviy - axloqiy tarbiya, mustaqillik mafkurasi, milliy istiqlol g‘oyasini egallashning ahamiyati nihoyatda ortadi.
10. Talabalik davrida yoshlar jismoniy jihatdan balog‘atga erishadi, estetik shakllanishi nihoyatda kuchayadi. YOshlarning fizkultura va sport sohasida erishadigan jahonshumul yutuqlari, ko‘pincha, shu yosh davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yoshlarning jismoniy va aqliy rivojlanish imkoniyatlari eng yuqori darajada bo‘ladi, ta’lim - tarbiya jarayonida bu ruhiy xususiyatlar, albatta, e’tiborga olinishi lozim.


Pedagog shaxsini tarkib toptirish modellari: kommunikativ model; faol izlanish modeli; bo`lg`isi pedagog shaxsini rivojlantirishning refleksiv modeli; imitatsion model; amaliy faoliyat modeli; kasbiy-fikriy o`z-o`zini rivojlantirish modeli.

1. Motiv – kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi ichki ruhiy kuch, da’vat, turtki hisoblanadi. Motiv atamasi ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi ma’nolarni ham anglatadi. Pedagogik, psixologik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, agar o‘quv ishi (o‘quv- biluv vazifasi) talaba uchun biror shaxsiy va ijtimoiy qimmatga ega bo‘lsagina, kishida unga qiziqish, motiv uyg‘onishi va ta’limning maqsadi talabaning o‘z ehtiyojiga aylanishi mumkin. Professor – o‘qituvchilar talabada o‘qishga motiv hosil qilishga intilishlari, ta’lim jarayonini mavjud motivlarni hisobga olib va rivojlantirib tashkil etishlari, boshqarishlari zurur.


2. Biror ish-harakatga, faoliyatga motiv hosil qilish – bu, murakkab ruhiy jarayondir. Motivlarni shakllantirish malakasi individual - shaxsiy xususiyatga ega bo‘lib, ta’limning maqsadi, shart-sharoiti, vaziyati bilan o‘qishni tashkil etish shakllari, usullari mutanosibligini taqozo qiladi.
3. Talabada bilim egallashga intilish (motiv) uyg‘otish - ilg‘or, ijodkor o‘qituvchilarga xos xususiyatdir. Kishida o‘qishga motiv hosil bo‘lgani (mavjudligi)ni ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biri – o‘quv topshirig‘ini bajarishga tezda va astoydil kirishib ketishi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishining barqarorligidir. Talabaning bilim olish motivlari kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Motivlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lavermaydi. Motiv hosil qilishning turli yo‘llari, usullari mavjud.
4. Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri – o‘quv mashg‘uloti yoki darslikdagi matnning qiziqarliligidir. “Qiziqarli fizika”, “qiziqarli himiya”, “mo‘‘jizasiz mo‘‘jiza” kabilar bunga misol bo‘la oladi. Demak, talabada shu fanni o‘rganishga motiv hosil bo‘lishi uchun professor-o‘qituvchi, avvalo, o‘quv mashg‘ulotini qiziqarli, faol shakl-usullarda tashkil eta bilmog‘i lozim.
5. O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish yoki shu fanni, mavzuni o‘rganishda talaba uchun shaxsiy qimmatli, ahamiyatli o‘quv-biluv vazifalarini qo‘ya bilish – motiv hosil qilish yo‘llaridan biridir.
Talaba o‘zi tanlagan kasbini chuqurroq, puxtaroq egallashi, kelajakda raqobatbardosh mutaxassis, jamiyatda obro‘li kishi bo‘lishi uchun bu predmetni yaxshi, mukammal egallashi zarurligini anglashi ham motiv hosil qilishning muhim usullaridan hisoblanadi.
6. Ta’limning maqsadi real, aniq va diagnostik bo‘lishi – motiv hosil qilishning muhim omillaridan hisoblanadi. O‘qitish va bilim o‘zlashtirishning maqsadi mavhum, noaniq bo‘lsa, talaba o‘qishga, bilim egallashga qiziqmay qo‘yadi. Domlalar, ota-onalar uning o‘qigisi kelmaydi deb nolib yuradilar. Aslida bu, talabada motiv hosil bo‘lish darajasi bo‘shligidan dalolatdir. Bunday vaziyatda talaba professor-o‘qituvchining talablarini to‘g‘ri tushunmay, o‘quv topshiriqlarini hafsalasiz, nomigagina bajarib yuradi.



Download 8,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish