Paradigma – (yunoncha. Paradigma – namuna – o`rnak ma`noloarini anglatadi) – ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, tug`ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differentsial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki talaba – yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash milliy g`oyalar asosida hal etiladi va hakoza.
Pozitivist R.Berkman ilmiy metodologiyadagi me`yorni tavsiflash uchun birinchi bo`lib paradigma tushunchasini qo`lladi. Lekin amerikalik olim fan tarixchisi G.Kun o`zining “Ilmiy revelyutsiyalar strukturasi” asarini e`lon qilganidan so`ng paradigma tushunchasi yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. G.Kun ilmiy revelyutsiya nazariyasini ishlab chiqish jarayonida qator tushunchalarni taklif etdi va bunda paradigma deganda, ma`lum davr ichida ilmiy jamoatchilik ilmiy muammoni qo`yish va hal etish namunasi bo`lib xizmat qiladigan va ko`pchilik tomonidan e`tirof etilgan ilmiy nazariyani tushundi.
G.Kunning fikricha paradigmalarning almashinuvi ilmiy revelyutsiyaga olib keladi va u ilmiy jamoatchilik birligini ta`minlaydi. SHu sababli ham ilmiy jamoat ma`lum paradigmani e`tirof etgan olimlardan tashkil topadi. Paradigma u yoki bu fan sohasining asosiy muammosini tashkil etib, darsliklar va olimlarning mumtoz (klassik) asarlarida o`z ifodasini topadi. G.Kun bunga misol qilib Aristotel dialektikasini, Ptalemey astronomiyasi va Nyuton mexanikasini qayd etadi.
Demak, A.Navoiyning komil inson haqidagi ta`limoti, Abu Nasr Farobiyning fozil odamlar shahri haqidagi ta`limoti, Al – Xorazmiyning sonlar nazariyasida buyuk inqilob (“O” – nol sonini arab raqamlariga (1,2,3,4,5,6,7,8,9) qo`shib pozitsion sanoq sistemasini kashf qilganligi) yasaganligi, ayniqsa “algoritm” terminining fanga iste`molga kiritilishi, V.Q.Qobilovning algoritmlash nazariyasi va shu kabi ta`limotlar ham paradigmaga misol bo`la olar ekan.
Ilmiy namunani universal qonunlar orqali konkret hodisalarga tadbiq etish asosida fan rivojlanadi. Masalan, kibernetika, informatika, sinergetika, globalistika, suniy tafakkur, ijtimoiy psixologiya, fanlari.
“XII asrdan boshlanib XX asr oxirida ko`plab o`quv yurtlarida juft – guruhli ta`lim shakllari: bilim – tajriba – o`quvchi (talaba)lar modeli asosida amalga oshirilgan.
Mazkur paradigma guruhli deb nomlanib, talabalarning o`quv faoliyati doirasida o`z – o`zini anglash, talabalarning ilk vaqtlarini samarali o`tkazish, qayta aloqa sifati va sonini orttirish, didaktik materiallar sifatini yaxshilash, talabalarning o`z – o`zini boshqarish tizimini kengaytirish, rivojlangan ta`lim tizimini joriy etish, yangi kurslarni loyihalash, o`quv rejasi mazmunini takomillashtirish, talabalarning o`quv imkoniyatlari va muvaffaqiyatlarini orttirish, talabalarni baholashda qulay imkoniyatlarga erishishga xizmat qilgan.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaga asoslangan paradigma to`liq interfaol ta`lim jarayonidan iborat [Boltaev N., Narimov SH., Abdalova S. Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish usullari // Ta`lim texnologiyalari. – Toshkent: 2006. - №3. – B. 6-7].
Demak, paradigma – ilmiy faoliyatning muayyan bir bosqichida aniq ilmiy tadqiqotni olib borishda foydalanish uchun nazariy metodologik asosdan iboratdir.
Paradigmaning epistimologik jihati fundamental bilimlar, qadriyatlar, ishonchlar va texnikaviy usullar majmuasi, ilmiy faoliyatining namunasi sifatida qabul qilinadi.
Ijtimoiy paradigma muayyan ilmiy jamoa tomonidan qabul qilingan bo`lib, uning yaxlitligi va chegaralari aniq.
Paradigmalarning almashishi ilmiy inqirozlar asosida ro`y beradi. Bu jarayonda boqiy olamda sodir bo`layotgan hodisalar mohiyatini teran anglay olish, tafakkurning rivoj topishi, ilmiy jamoalarning faolligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari yangi paradigmalarning shakllanishi va evolutsiyasiga e`tiborli ta`sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |