Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


-Mavzu. O`quvchi-yoshlarning global fikrlashini shakllantirish



Download 8,64 Mb.
bet134/239
Sana12.07.2022
Hajmi8,64 Mb.
#779214
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   239
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR [1]

45-Mavzu. O`quvchi-yoshlarning global fikrlashini shakllantirish
Ma`ruza mashg`ulotning texnologik modeli



  1. Global ta`lim konsepsiyasi.

  2. O`quvchi-yoshlarda global fikrlashni shakllantirish tamoyillari va mezonlari.

  3. O`quvchi-yoshlarda global fikrlashni shakllantirish modeli.

Global ta`lim konsepsiyasi.

Ilmiy adabiyotlarda va ommaviy axborot vositalarida «Globallashuv», «Global dunyo», «Iqtisodiy moliyaviy globallashuv», «Aksilgloballashuv», «Madaniy globallashuv» kabi iboralar ko‘p qo‘llanilmoqda. Ayniqsa dunyo sotsial-iqtisodiy jarayonlarida ro‘y berayotgan salbiy jarayonlar haqida so‘z borganda shubhasiz, muhokamalar globallashuv jarayoniga borib taqaladi.


XX asr oxiri XXI asr boshida jahon taraqqiyotida yangi umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar o‘rtasidagi aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital tovar hamda ishchi kuchi bozoriga tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrof muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishi, xullas jamiyat hayotining barcha sohalari-iqtisod, siyosat, mafkura, madaniyat hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog‘lanmoqda. Mazkur jarayon global kommunikatsiya tarmog‘ining vujudga kelishiga imkon yaratgan informatsion inqilob, kapitalning internatsionallashuvi, jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zaxiralar va ularga egalik qilish uchun kurashning keskinlashuvi, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, umumsayyoraviy falokat kabi omillar bilan belgilanadi. Ana shu omillarning o‘zaro bog‘liqligi, bir-biri bilan tutashib ketishida globallashuv jarayonining ziddiyatli hamda murakkab mohiyati namoyon bo‘ladi.
XX asrning 70-yillarigacha dunyo mamlakatlarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda siyosiy taraqqiyoti har bir davlatning o‘z hududi doirasidagi rivojlanish sur’atlari yohud ularning o‘zaro munosabatlari darajasidan iborat jarayon sifatida talqin etilar edi.
Globallashuv davriga kelib esa taraqqiyot borasida o‘zgacha qarash voqea-hodisalarni makon va zamondan ajratmagan holda sinxron tarzda talqin etish tamoyili ko‘zga tashlana boshladi. Shu ma’noda globallashuv jarayoni boshlanadigan aniq bir tarixiy davr va makonni ajratib ko‘rsatish qiyin. Negaki nazariy jihatdan qaraganda, tarixiy taraqqiyot xususiyatlaridan qat’iy nazar, xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga uy g‘unlashib borayotgan, xorijiy sarmoyalarni o‘z iqtisodiyotiga izchil qilib jalb etayotgan hamda zamonaviy texnologiyalar sari intilayotgan har qanday mamlakat uchun globallashuv jarayoni tufayli vujudga kelgan iqtisodiy afzalliklardan foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Ammo uning salbiy jihatlaridan ham qochib qutilib bo‘lmaydi.
«Globallashuv» atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983 yili «Garvard biznes revyu» jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olgan edi. Bunda olim yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini nazarda tutgan edi.
Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara hamon davom etib yagona bir umumiy qarash shakllanmagan bo‘lsada, gumanitar ilmlarning turli sohalarida muayyan kontseptsiya va yondashuvlar mavjud. Jumladan, iqtisodiyot fani nazariyachilarining diqqat e’tibori asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalar tahliliga qaratilgan. Tarixiy asarlarda bu jarayon kapitalizmning ko‘p asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyosatshunoslar transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligining kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishini har tomonlama chuqur tadqiq etmoqda. Sotsiologlar madaniyatning universallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi va birxillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Faylasuflar esa, Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy hukumat haqidagi g‘oyasiga tayanib turli millat va xalqlar qadriyatlarining uyg‘unlashuvini asoslashga intilmoqda. Bunday globallashuv jarayonining yagona ta’rifi, mazmun-mohiyatini aks ettiradigan yaxlit kontseptsiyasi ham yaratilmaganligi kelib chiqadi. Umumiy jihatlariga e’tibor bersak, ular quyidagicha e’tirof etilishi mumkin:
Birinchidan, XX asr 2-yarmiga xos asosiy texnologiya-yadro qurolini ishlab chiqarish bilan bog‘liq edi. Global davr texnologiyalari esa televidenie, reaktiv samolyot, kosmik yo‘ldosh, kompyuter, uyali telefon, internet kabi aloqa vositalari bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, insoniyatning globallashuv davriga qadam qo‘ygan kommunistik g‘oya, mafkura va siyosatning tanazuli va shuning natijasida liberal-demokratik qadriyatlar g‘alabasini anglatadi. Ammo bu qadriyatlar jahonning ko‘pgina mamlakatlarida qaror topayotgan bo‘lsada ularning shakl-shamoyili va mohiyati ba’zan haqiqiy demokratik g‘oya hamda tamoyillardan farq qilayotgani ham sir emas. Muayyan mamlakatda demokratik institutlarning joriy etilishi hali jamiyatning tub manfaatlarini ifodalaydigan tuzum to‘la shakllanganligidan dalolat bermaydi. Belorussiya yoki Turkmanistonda AQSh konstituttsiyasini targ‘ib etish bilangina demokratik tuzumni qaror toptirib bo‘lmaydi. Qolaversa muayyan mamlakatga og‘ir shartlar asosida kredit ajratish yoki boshqa taziyq usullarini qo‘llab, uning ichki siyosatiga aralashish ko‘pincha teskari natija beradi. Shu bois Sharqiy Evropa va Boltiqbo‘yi davlatlari iqtisodiyotining liberallashuvi hamda xalqaro tashkilotlar (Evropa Ittifoqi) bilan uyg‘unlashuvi ushbu davlatlarning tub milliy manfaatlari, o‘sha mamlakatlar alqlarining mentaliteti va qadriyatlari bilan belgilanadi.
Uchinchidan, ba’zan globallashuv bilan bir vaqtda unga teskari bo‘lgan mintaqaviylashuv jarayonining, jumladan, mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamda siyosiy tashkilotlar faoliyat doirasi va obro‘-e’tiborining kuchayishi jarayoni kuzatilmoqda. To‘rtinchidan, globallashuv jarayonining oldingi saflarida borayotgan (asosan yirik, taraqqiy etgan) mamlakatlar hamda rivojlanayotgan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutning kuchayib ketayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Jahon bankining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi vaqtda dunyo aholisi yarmining kunlik sarf-harajati ikki dollorga yaqin, 1200 mln kishiniki esa bir dollorga to‘g‘ri keladi.
Globallashuv xalqaro munosabatlarning an’anaviy ishtirokchisi, davlatlardan tashqari umumdunyoviy jarayonlarga bevosita ta’sir etuvchi yangi sub’ektlarni-xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yunesko, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, katta sakkizlik (AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Frantsiya, Kanada, Italiya, Rossiya), mintaqaviy tashkilotlar (Evropa hamjamiyati, ASEAN, GUUAM va hokazo), transmilliy korporatsiyalar, nodavlat tashkilotlar (M: «yashillar» harakati), J. Soros va B. Geyts singari badavlat kishilarni siyosat maydoniga olib chiqadi.
Sovet Ittifoqi barbod bo‘lgandan keyin AQSh dunyodagi eng qudratli davlat sifatida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy sohada globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi va o‘ziga xos inov lobaratoriyasiga aylanib qoldi. Parijdagi siyosiy tadqiqotlar institutining professori A. Valladao Frantsiyada chop etiladigan «Ijtimoiy fanlar» jurnalida ta’kidlashicha turli xalq va millatlar sintezi negizida shakllangan amerika jamiyatining madaniy qadriyatlari o‘zga mamlakatlar qabul qilishi uchun oson kechadi.



Download 8,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish