44-Mavzu. O`quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash
O`quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari.
O`quvchi-yoshlarni mustaqil hayotgga tayyorlashda oila-mahalla-ta`lim muassasasi hamkorligi.
O`quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash tizimi
O`quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari.
Har bir ota-ona farzandi oldida o’z otalik, onalik burchini to’liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan anglab etishi lozim.
Oila qurmoqchi bo’lgan har bir yigit-qiz o’ziga umr yo’ldoshi tanlashda bo’lajak farzandlarining otasi yo onasining shaxsiy fazilatlariga e’tibor berishi kerak. CHunki otaning ahloqi, odobi, onaning fazilatlari bolaga o’tishi isbot talab qilmas haqiqatdir. Xullas, o’g’il ham, qiz bola ham eng avvalo, oila muhitida g’uncha ochadi. Ana shu g’uncha uning ma’naviyatida, qalbida bir umr yo’lchi yuldo`z kabi nur sochib turadi. Rizouddin ibn Faxriddinning «Oila» risolasida: «Tarbiyali xotin ota-onasini, eri hamda bolasini, butun oila ahlini oilaga munosabati bo’lgan do’stu-qo’shnilarini, xodimu xodimalarini xulqi bilan mamnun qilur», — deyiladi.
Ota-onalar farzandlarini yoshlikdanok mustaqil xayotga tayyorlab boradilar.Ota O`g`il farzandni ona esa kiz farzandni tarbiyasiga ma’suldir.Ota farzandinini mard ,jasur,xunarli,sadokatli,ma’suliyatli,bir so`zli ishbilarmon ,ro`zgorni boshkara oladigan kilib tarbiyalashi zarurdir.
Olimlar O`g`il bolalarda 3 ta xislatni, ya’ni erkaklik burchi, erkaklik mas’uliyati va erkaklik gururi va xamiyatining qaror toptirishga aloxida e’tibor berish zarur deb ta’riflaydilar. Erkaklik burchi: Er kishi erkaklarga xos ruxiy va jismoniy tetikligiga rioya qilish, o`ziga yuklangan ota-ona, oilasi, vatan, dust va urtoqlari oldidagi burchidan yo`z ugirmasligi, kucha- kuydami, jamoa orasidami, xamma erda xaqiqiy erkakligini kursatishi, mard bo`lishi, yigit degan nomga isnod keltirmasligi lozim. U kuchli tomon bulgani xolda xamisha zaiflarga, yordamga muxtojlarga qul cho`za bilishi zarur. Xayotda xamisha er kishiga uxshab ish tutishni bilishi xam erkaklik burchidir. Erkaklik masouliyati: Bu o`z yaqinlari: ota-ona, umr yuldoshi, bolalari, aka-uka, opa-singillari, qarindosh urug, yoru-dustlariga mos mexribon, oqibatli bo`lishni, qiyin damlarda ularga moddiy, ma’naviy madad bera olishi, zarur bulganda vatan ximoyasiga xamisha shayligigadir. Xayotda erkak kishi o`z yaqinlari, tugishganlari xam, qadrdon dustlari xam, xamma faxrlanib baraka topkur, u bizning suyangan togimiz, ishongan bogimiz deydigan bo`lishlari kerak. Bunday kishilar o`z xatolarini tan oladigan va ularni bartaraf etishga irodasi etadigan, shuningdek, vaodasining ustidan chiqa oladigan, uni xalol, printsipiallik bilan bajara oladigan buladilar.
Erkaklik gururi: Erkak kishi shu toifaga mansubligidan, erkaklarga xos fazilatlar: mardligi, kuchliligi, dovyurakligi, or-nomusi, so’zidan qaytmasligi, ruxining tetikligi va kuchli irodasi bilan faxrlana bilishi lozim. U qatoiy maqsadni ko`zlab ish tutadigan har qanday qiyinchiliklar oldida tiz chukmaydigan, zabardast bo`lishi kerak. Xayotda uchraydigan har qanday qiyinchilikni engish, xal eta olish imkoniyatiga ega bo`lishdek fazilat er kishi gururining asl manbai xisoblanadi. Uning gururi xayotdagi maqsadiga, tevarak-atrofdagilarga, o`z ishiga munosabatiga asoslanadi. O`g`il bola tarbiyasida erkaklik xususiyatlarini tarkib toptirish bilan birga unga kelajakda oila boshligi, otalik burchi, mas’uliyatini xam singdirish kerak. Albatta tarbiya ijodiy harakterga ega. Xayotiy tajribalar shuni kursatadiki, oilada bolani tugri tarbiyalashda ota bilan onaning birgalikda qaygurishi, turmushda uchraydigan qiyinchiliklarni birgalikda va o`z vaqtida bartaraf etish muxim axamiyatga egadir. Oila davrasida ota-onalarning ko`zatuvchanligi, sezgirligi va xozirjavobligi muxim axamiyatga ega. Mayda-chuyda narsalar xam diqqat-e’tibordan chetda qolmasligi, ularga shaxsiy fikr-muloxazalar bildirishlari farzandni xushyor torttiradi. Odatda bolalar otaning mexr-muxabbatiga, erkalashi, diqqat e’tiboriga muxtoj buladilar. Buni tushunib etmagan ba’zi otalar ish bilan bandligini vaj qilib, bola tarbiyasiga e’tibor bermaydi. Bola tarbiyasini tugri yulga quygan qator oilalarni bevosita ko`zatishda bolaning yaxshi yoki yomon tarbiyasi ana shu maqsad uchun sarflangan vaqtga emas, balki tarbiyaning saviyasiga bogliqligi aniqlangan. SHak-shubxasizki, O`g`il bola ota izidan boradi. Ularning oilasida yulga quyilgan yaxshi odatlar xammaga taalluqli. Bu oilani chinakam axil va mexnatkash oila deb atasak yanglishmaymiz. Oilada kattalarning xam, kichiklarning o`zaro xurmat, bir-birlariga gamxurlik odat tusini olgan. O`zbek oilalarida qadim-qadimdan qizlar tarbiyasiga aloxida e’tibor berilgan. Ularning xulqi, odobi, tarbiyasi xamisha diqqat markazda bulgan. “Bir qizga etti maxalla ega” degan naqlning yashab kelayotgani esa qizlar tarbiyasi bilan keng jamoatchilik shugullanganidan, bu masala ijtimoiy rux kasb etganidan dalolatdir.
O`zbek xonadonidagi qizlar birinchi navbatda ota-onaga itoatda, odobning nozik tomonlariga urgatilgan. SHuning uchun xam ular har doim sernazokat bo`lishgan, ayniqsa mexmonlar oldida muloyim odob saqlashgan. Ular yoshlik choglaridanoq belgilangan xulq odobni o`zlashtirgan. Masalan: qizlar utirgan uyga tashqaridan ota yoki katta akalari kirib kelishsa, ular darrov urinlaridan turib salom berishga urgatilgan. Kattalar bilan bulgan muloqotda o`zlarini vazmin tutishga, berilgan savollarga erkak kishining yo`ziga deyarli qaramay, gavdani biroz egib, osoyishta oxangda javob berishga undalgan. Qiz bola bir yoshga etganda ikki qulogini teshib isirga taqishgan. Ulgaygach sochlarini mayda urib, qirq kokil qilib orqasiga tashlab, boshiga duppi kiyib yurishgan. Sochining o`zunligi, go`zalligi ramzi xisoblangan. Qiz bola etti yoshdan oshgach, na otasi, na aka-ukalari upib erkalatmaganlar. Ular akalari va ota-onalari bilan bir xonada yotqizilmagan. Onalar ijtimoiy foydali mexnatga keng jalb etilishi munosabati bilan O`zbek oilalarida ota-onalarning tarbiya vazifalarida qayta taqsimlash sodir buldi. Masalan: otaning qizlar tarbiyasiga faol aralashuvi oqibatida qizlar, dovyurak, jangovarroq, churtkesar, so’zamol, epchil bulib tarbiyalanganlar. Qizlar harakteridagi bu o`zgarish jarayoni shu qadar tez va shiddatli buldiki, ko`p vaqt utmay oilalarda “qizlarni asliga qaytarish” muammosi kundalang turdi. Ayol qudrati, jami xatti-harakatda erkaklar bilan tenglikda emas, nazokat va mexr shafqatda ekanini yoshlarga singdirish zarur bulib qoldi. Bu borada yana sharqona, O`zbeklarga xos odob-axloqni joriy etish, latofat bosiqlik, muloxazalilik, andisha o`zini tuta bilishlikni tarbiyalash, xalq pedagogikasi durdonalaridan unumli foydalanish zarurligi borasida ko`p gapirila boshladi. O`zbek oilalarida kichik yoshidanoq qizlarning kiyinishi, shaxsiy gigienasi, xatti-harakati nazoratga olinadi. Qizlarga ogir ish buyurilmaydi. Ularning ma’naviy tarbiyasiga katta e’tibor beriladi. Qizlarning o`ziga xos iffati, odobi, kiyinish etikasi, kishilar bilan munosabatda iboli, andishali bo`lish kabi axloqiy sifatlar singdirib boriladi. Qizlarning odobi, ibosi va ma’naviy kamolotiga faqat oiladagina emas, balki jamiyat nuqtai nazaridan ko`proq e’tibor berish, ularning didi, madaniyatlaridan foydalanish darajasini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.
O`zbek xalqida chuqur madaniyatdan xabar, dalolat beruvchi kichik bir udumi bor. Qadim-qadimdan qiz bola uyda yolgiz qolgan bo`lsa, o`zoqdan kelgan erkak mexmon xam bu xonadonga bostirib kirmagan. YUkini tashlab, xonadon soxibi kelguncha, kucha kuyda aylanib yurgan. Qizlarning xayosi, ibosi, or-nomusi juda qadrlangan. Dono xalqimiz turmush tajribalariga tayanib qiz bolaning baxti ko`proq onaning tarbiyasiga bogliq ekanini uqtiradi. Qizni baxt yo`liga dastavval ona etaklaydi. U o`z ketidan ergashtirib, xayot suqmoqlaridan chiniqtiradi, avaylab yorug yulga olib chiqadi. Qiz bolaning baxti asosan onaga bogliq. Qiz bola baxtli bo`lishi uchun ona lozim bulgan barcha chora-tadbirlarni kurib qo`yishi xam qarz, xam farzdir. SHuning uchun ona qunt qilishi, sabr chidamli bo`lishi, qiziga xayotning maqsadi va maonosini, turmushda murakkab vaziyatlarni tushuntirishi, har xil ishni tugri bajarish qoidalarini urgatmogi lozim. Ba’zi onalar ana shu qunt, sabr chidam yoki xayotiy tajriba etishmasligi sababli qizlar noshud, ba’zan esa engiltak bulib qoladilar. Ayrim onalar “xali qizim yosh, uynab kulsin, uy ishlarini, odatlarimizni urganadigan vaqti kelar” deb qizlarning tarbiyasiga unchalik e’tibor bermaydilar. Qiz bolani yoshligidanoq pok tabiatlikka, vaqtida yuvib taranishga, ust-boshlarini vaqtida almashtirishga, extiyotlashga urgatish kerak. Qiz bola uy sharoitida onasiga dastyorlik qiladi. Unga uxshab ish tutishga harakat qiladi, tirishadi. Ona xam qizini kuchi etadigan ishga solib, yoshi usgan sayin yumushlarining turi va xajmini kengaytirib borishi kerak. Ona qiziga ish buyurganda uni oson va tez bajarish yulini xam kursatishi lozim. Qiz bola uy tutish, saranshom-sarishtalikni asosan o`z onasidan urganadi. SHunday ekan ona uy yumushlarini, ovqat tayyorlash, stol to`zatish, dazmol bosish, bichish-tikish, mexmon kutish va xakozolarni qizining dastyorligida bajarsa, o`zi uchun xam, qiziga xam foydali buladi. CHunki xalqda “Qilganing menga, urganganing o`zingga”, “Qush uyasida kurganini qiladi”, “Onasini kurib qizini ol” degan bir qancha naqllar mavjud. Qizlar o`z onalarining yurish, turishiga, odati, voqea-xodisaga munosabati va xakozolariga taqlid qilishga urinadilar. SHu tariqa onalaridagi ajoyib fazilatlar bilan birga salbiy xislatlar xam qizlarning harakteriga singib ketadi. SHuning uchun onalar ibrat tarbiyada muxim omil ekanligini unutmasligi kerak. Qiz bola, ayniqsa, balogat yoshiga etganida sirli xis-tuygularga beruluvchan buladi. Qiz bola bu xaqda ma’lumotlarini yaqin dugonalaridan, qarindosh-urugidagi qizlardan surab bilib oladi. Ona qizidagi yosh bilan bogliq o`zgarishlarni vaqtida payqay olishi lozim. Ona qizining intim munosabatlarga qiziqishini xisobga olib, onaning o`zi ma’lumot bergani ma’qul.
O`zbek oilalarida qiz bola tarbiyasiga aloxida e’tibor beriladi. Qizlarni xayoli, iboli, latofatli, iffatli, go`zal xulq egasi qilib tarbiyalash ota-onalarning asosiy vazifasi xisoblanadi. O`zbek qizlari boshqa xalq qizlaridan o`zining xayosi, ibosi, nazokati, odob-axloqi, latofati bilan ajralib turadilar. Latofatli qizlar boshiga rumol solib, erkak kishilar nazarini tushirmasdan, kuchada odobsiz so’zlarga quloq solmaydilar. Uylarida duppi, libos tikish, har xil taomlarni tayyorlash kabilar bilan mashgul buladilar. Oilada, jamiyatda o`z obrusini saqlaydilar. Ota-onalarining xurmatini, izzatini joyiga quyadilar. Ibratli, odoblari, yaxshi xulqlari bilan yuksak nomga loyiq buladilar. Latofatli qizlarni xamma xurmat qiladi. Oilada, ro`zgor tutish va mexmon kutishda, yurish-turishlarida, xulq-atvori, insoniy fazilatlari bilan ajralib turadi. Odamlar latofatli qizlarning dasturxon to`zish maxorati, qo`yishlaridan boshlab uy va xovlilarning toza va saranjomligini zavq bilan ko`zatadilar. SHuning uchun xam xalqimiz latofatli qizlarni atirgulga uxshatadi. Ular o`zlarining go`zal xulqlari bilan boshqa qizlarga urnak buladilar. Har bir ota-ona o`z farzandi baxtli bo`lishni istaydi va shu yulda qulidan kelganini qiladi. Amoma binti Xoris ismli ayol tajribasidan misol. U o’z qizlarini kelin bo’lib, kuyovning uyiga ko’chirilishdan oldin saodatli oila asoslarini bayon qiluvchi nasihatlarini qilib ko`zatgan ekan: «Ey qizginam, agar ahli fazl va ahli odoblarga nasihat kerak bo’lmaganida edi, senga nasihat qilmas edim. Lekin nasihat — g’ofilga eslatma, oqilga yordamdir. Agar qiz bola ota-onasining kambag’alligi sababli erga berilishi kerak bo’lganida, sen hech qachon o`zatilmagan bo’lur eding. CHunki otangning boyligi ham, martabasi ham etarli. Lekin hayot qonunlariga ko’ra ayollar erkaklar uchun va aksincha erkaklar ayollar uchun yaratilgandir.
Ey qizginam, endi o’zing o’sgan havodan ayrilding. o’zing yayrab-yashnagan oshiyondan chiqding va notanish joyga borib, avval o’zing bilmagan sherikka uchraysan. U endi sening xojang, do’sting, mahbubingdir. Sen unga cho’ri bo’lsang, u senga qul bo’ladi. Sen unga er bo’lsang, u senga osmon bo’ladi. Sen uning uchun 10 hislatni ado qilsang, oilada mas’ul va baxtiyor hayot kechirasizlar:
1. Qanoat sohibasi bo’l, undan xayiqib tur, ering uyga nima ko’tarib kelsa, xushfe’llik va odob-nazokat bilan qabul qilib ol va tashakkur ayt.
2. Eringga hamisha itoatda bo’l, amrlarini yaxshilab tingla va bajar.
3. Eringning nazari tushadigan joylarga e’tibor qil. Uy ichi va hovlini nihoyatda ozoda va tartibli tut.
4. Eringning burniga xushyor bo’l, dimog’iga yomon
hid kirmasin, xushbo’ylik sezsin.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla, aslo kechiktirma, kelishi bilan dasturxon yoz.
6. Uning ovqatlanish va uyg’onish paytini bilib ol, chunki ochlik va uyquning bo`zilishi erkaklarning g’azabini qo’zg’aydi.
7. Xojangning moli va ashyosiga e’tiborli bo’l, isrof qilma. Avaylab asra, chunki uning molu-dunyosi senikidir.
8. Eringning yaqinlari va qarindoshlarini hurmat qil. Bu bilan xojangni hurmat qilgan bo’lasan.
9. Eringning sirlarini boshqalarga aytuvchi bo’lma, uning ishonchini yo’qotasan.
10. Xojangning amriga osiy bo’lma, uning diniga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil. SHuni yaxshi bilib olginki, xojang xafa bo’lganda xursand ko’rinishdan, quvongan paytida g’amgin bo’lishdan o’zingni ehtiyot qil.
Beruniy oila qurayotgan qizlarga ota-onaning pand-nasihatlarini keltirib, oiladagi tinch-totuvlik ko’proq ayollar zimmasiga tushishini
ta’kidlab shunday yozadi: «Ey qizim! Sen o’rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan.
Sen bo’lajak kuyovingning hamma hislatlarini bilmaysan. Sen er bo’l, u esa osmon bo’ladi. Demak, sen u bilan shunday yo’l tutki, uning oldida er kabi kamtar bo’lsang, u osmon kabi olijanob bo’ladi. Osmon shifobaxsh yomg’iri bilan erni ko’kartirgani kabi ham o’z mehru shafqati ila seni xushnud etadi. Ering sendan faqat yumshoq va shirin so’zlar eshitsin, yaramaydigan va eski libosda yoki sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o’tirma. Qizim, kuyovingdan kuchi etmagan va sotib olishga qudrati etmagan narsalarni talab qilma. Bunday qilsang orada totuvlik yo’qoladi, turli xil janjallar paydo bo’ladi. Qizim, rashq qilishdan saqlangin, chunki u ajralib ketishning kalitidir. Eringga hadeb gina qilaverishni man etaman. YAxshisi, sen u bilan xushmuomalada, shirin so’zli bo’lgin, bu ishing har qanday sehru jodudan yaxshidir. o’zingga xushbuy narsalar bilan oro bergil. Pokizalik hamisha yo’ldoshing bo’lsin».
Qiz bolaning baxti uning aql idrokida, xushyorligi, epchilligi, lobarligi, odobliligi va xayo-iboligidadir. Xalqimizda “Ona qiziga taxt emas, baxt yasaydi” degan naql bor. Bu naql chuqur maonoga ega. Qadim zamonlarda ona qiz kurgan kunidan boshlab uning uchun sep yigishga kirishgan. CHunki, ular xonadonga sepli qiz tushsa izzatli bulib, tinib- tinchib ketar, degan tushunchaga ega bo`lishgan. Ota-onalar qizlarining kelajaklari xaqida ko`proq qaygurib, bobo va buvilarimizning an’anaviy uslublariga tayanib, ularni ro`zgor mexnatiga ko`proq jalb etganlar. Qizlar uy yumushlariga ko`proq tortiladi. Ular yoshligidanoq epli qilib tarbiyalanadi. Uyni yigishtirish, tongda turib eshik ochish, xovli va kuchani chinnidek qilib supirish, kiyim bichish-tikish (yuvish va ko`plab) magazinlardan oziq-ovqat harid qilish, kir yuvish va ko`plab boshqa ishlarga urgatiladi. Ota-onalarning qizlar tarbiyasiga bulgan bunday masouliyati, ularni bulajak oilaviy xayotga iloji boricha yaxshi tayyorlashdan iboratdir. Ota bobolar o`z maqollarida qizlarning ajoyib xususiyatlarini ifodalab, ota-onalarga qizini axloqli, odobli, har ishga moxir va mexnatsevar qilib tarbiyalash, buyi etgach, tengini, sevganini, har jixatdan yaxshi oilani topib o`zatish, uy-joyli, baxt saodati xaqida pand-nasixat qilganlar: “Qizni tiymagan, tizin quchoqlar”, “Qizini onasi tiysin, uglini otasi”, “Qizning qiligi kuchada bilinadi”, “Qizim uyda, qiligi to`zda”, “Qiz bor nap tegizar, qiz bor gap tegizar”, “Qiz bola birovning xasmi”, “Qizning boshi, palaxmonning toshi” kabi pand nasixatlar qilganlar.
Turmushga chiqayotgan qizlarga onalari pand nasixat berganlar. Ular qizlariga borgan xonadonidagilarga yaxshi munosabatda bo`lishni uqtirganlar.,
Ota-onalar farzandlarini oilaviy xayotga tayyorlar ekan farzandlarni jinsiy tarbiyasiga xam katta e’tibor berishlari zarurdir .Farzadlarga oilaviy xayot malumotlari suxbatlar orkali,maxsus adabiyotlar orkali ,mutaxasislar Bilan uchrashuvlar orkali olib borish maksadga muvofikdir. Yigit va kizlarni totuv oila ko`rishga tayyorlash xozirgi davrning dolzarb muommolaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |