O`quvchi-yoshlarda global fikrlashni shakllantirish tamoyillari va mezonlari.
Rivojlangan davlatlarning boshqa mamlakatlar iqtisodiy-jtimoiy va siyosiy hayotiga ta’siri transmilliy korporatsiyalarning jahon xom ashyo va iste’mol bozorida hukmronlik qilishga intilayotganida namoyon bo‘lmoqda. XIX asrning oxirida paydo bo‘lgan dastlabki transmilliy korporatsiyalar quyidagi tamoyillar asosida faoliyat yurita boshlagan:
Ishlab chiqarishni chetdan keltiriladigan xom ashyo bilan ta’minlash;
Xorijiy bozorlarda tarmoqlar tashkil etish orqali mavqeini mustahkamlash;
Mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini harajati kamroq bo‘lgan mintaqalarga joylashtirish;
Jahon bozorlarini doimiy nazorat etish imkoniyatini beruvchi o‘ziga xos texnologik-moliyaviy strategiya asosida faoliyat yuritish.
Shu tamoyillar asosida taraqqiy etgan transmilliy korporatsiyalar XX asr oxiriga kelib globallashuv jarayonining asosiy «ishtirokchisiga» aylandi. Bunga mazkur korporatsiyalar jahon bozoridagi vaziyat va raqobatlashuv jarayonini teran tahlil etish, zarur hollarda ish uslubi va chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, asosan yuksak texnologiya sohalarida faoliyat yuritishi, ishlab chiqarishni mahsulot rentabilligi yuqoriroq bo‘lgan hududlarga joylashtirish, o‘z tarkibidagi korxonalar faoliyatini yagona tizimga birlashgan, o‘ta moslashuvchan ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari vositasida muvofiqlashtirish, ixtisoslashgan tarmoqlarning yagona xalqaro boshqaruv tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali erishdi. Bu hol zamonaviy texnologiyalar ayniqsa, kommunikatsiya va kompyuter tizimi sohasida aniq ko‘zga tashlanmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalar bir tomondan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyotiga hamda sayyoramiz taqdiri uchun mas’uliyatni anglagan umumjamoaga aylanishiga xizmat qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan dunyoning parchalanishi va jahon maydoniga o‘zaro keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Globallashuv jarayonini kengroq tasavvur etish uchun ushbu masalaning har ikki jihatiga to‘xtalish lozim.
Postindustrializm kontseptsiyasi asoschilaridan biri D. Bell o‘tgan asrning 70-yillarida vujudga kelayotgan yangi davrga (ilmiy adabiyotlarda u «informatsion» yoki «texnotron» davr deb ham ataladi) xos ayrim muhim belgilarga e’tibor qaratgan edi. Uning nazarida asosiy ishlab chiqarish omili industrializmdan oldingi davr-qo‘l mehnati, industrializm davrida-texnik qurilma bo‘lgan bo‘lsa, postindustrial bosqichda bilim, aqliy salohiyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi lozim edi. Bu davrda ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning miqdori emas, sifati, aniqroq aytganda, odamlarning turmush darajasi ijodiy intelektual mehnat asosiy omiliga aylanishi kutilgan edi. Bugungi kunda yuksak aqliy salohiyatga ega bo‘lgan olimlar, muhandisligi borasida erishilgan yutuqlar tufayli millionlab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan irsiy kasalliklarni bartaraf etish imkoniyati tug‘ilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |