O’TV ning boshqa fanlar bilan boglanishi va nazariy asoslari
|
Tuzilish prin- sipiga ko‘ra
|
Tahlil turiga ko‘ra
|
Dastur turiga ko‘ra
|
Sezgi organlariga ta’siriga ko‘ra
|
Informatsiya uzatuvchi
|
Tovush texnikasi
|
Yakka
|
Chiziqli
|
Ko‘rish, eshitish
|
Tekshiruvchi
|
Proyeksion apparatlar
|
Juft
|
Tarmoqlangan
|
Diaproektor, kodoskop
|
Trenajerlar
|
Kichik kibernetika
ko‘rilmalari
|
Guruhli
|
Kombinatsiyalashgan
|
Magnitofon
|
Kombinatsiya
|
EDM
|
Potokli
|
Qisman
|
Elektrofon
|
1.2.1 - jadval
Bo'lajak pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va boshqa shu kabi qobiliyatlarini oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari bo'lgan shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Rasmiy bilim berishdan ozod bo'lgan pedagoglar, butun diqqat e‘tiborini o'zlari o'qitayotgan talabalar bilan o'zaro aloqani mustahkamlashga qaratishlari lozim bo'ladi, bu esa ularning ish mohiyatlarini tashkil etadi. Gap, talabalarni u yoki bu fanlarda ularning induvidual imkoniyatlarini, talablarini va ularning oldida turgan muammolarni birgalikda munozara, loyihalash hamda olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilish orqali, nostandart yechimlarni topish kabilarni ishlab chiqishga yondashish ustida ketayapti. Kelajak pedagoglarini tayyorlaydigan bilim yurtlarida, juda muhim an‘anaviy auditoriya shaklidagi ish olib borish vaziyati ham yangi mazmun bilan boyitiladi, chunki axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni qo'llash natijasida tejalgan vaqt, pedagoglarda ta‘lim berayotgan o'quvchilarining mutaxassislik malakalarini yanada oshirish uchun juda zarur bo'lgan shaxsiy muloqotlari uchun qoladi.
Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari (AT) keng ko’lamda rivojlanmoqda. Shubhasiz, ta‘lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjaxon axborot tarmog'idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi.
Multimedia va internet texnologiyalarining paydo bo'lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o'zbelgilash va "oyoqqa turish"dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi.
Maktabdagi ta‘lim jarayonida o'quvchilar AT yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy ob‘ektlarni va ma‘lumotlar bazasini yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o'rganadi. O'quvchilar axborot yig'ishning yangi usullarini,ulardan foydalanishni o'rganishadi, ularning dunyoqarashi kengayadi. Darslarda AT ning ishlatilishi o'qishga bo'lgan motivatsiyasini, o'quvchilarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter AT bilan birgalikda ta‘lim sohasida, o'quvchilarning o'qish va ijodkorligida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ilk bor ta‘lim AT shaxsning bo'lajak kasbining asosiy instrumenti bo'ladigan vaziyat vujudga keladi. Ta‘lim xaqiqattan ham hayotimizga butun hayot faoliyati davomida kirib kelaveradi.
ATni qo'llashda shaxsning barcha qobiliyatlarini – qiziquvchanlik, odob-axloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni ro'yobga chiqarishga harakat qilish kerak. Bu qobiliyatlar keraklicha yuqori darajada ro’yobga chiqishi uchun pedagogning AT sohasidagi bilimdonligi zarur. Pedagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy o’quv yurtlaridagi o'qish davomida boshlash kerak. AT sohasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo’ladi: zamonaviy axborot muhitida tajribani baholash va faoliyatda qo'llash qobiliyati; shaxsiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish; umumiy kommunikativ madaniyatning, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi; axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o'zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo'llash madaniyatini o'zlashtirish muhim hisoblanadi. O'qituvchi bu qobiliyatlar orqali texnika vositalardan foydalanish imkoniyati va dars samaradorligi ko'tariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |