Urganch Davlat universiteti “iti va mdt” fanidan



Download 0,88 Mb.
bet1/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#823515
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5215698066811657359


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat universiteti



ITI VA MDT” FANIDAN


KURS ISHI




Mavzu: maktab o’quvchilarini dunyoqarashini shakllantirishda zamonaviy vositalardan foydalanish usullari


Kurs ishi rahbari: ________________Abdullayev A.


Loyihalovchi: Geografiya (o’rganish obekti bo’yicha)


211M-guruh talabasi____________Rustamova M.

Urganch-2022
KURS ISHINI BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ
Talaba __________________________________________________________________
Kurs ishi mavzusi __________________________________________________________________
Kurs ishining tarkibi
Titul varag‘i
Topshiriq varaqasi
Bayonnoma
Reja
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Mundarija
Ilova (rasmlar, chizmalar va kurs ishining electron varianti yozilgan DVD disk)


Kurs ishini bajarish kalendar rejasi



Kurs ishini bo‘limlari

Ish xajmi

Bajarish muddati

Bajarilganligi to‘g‘risida belgi

1

Kirish










2

Asosiy qism










3

Xulosa










4

Kurs ishini rasmiylashtirish










5

Kurs ishini himoya qilish













Kafedra mudiri
__________________
___” ___________2022y.

Loyiha rahbari
________________
___” ___________2022y.



Kurs loyihasini baholash mezonlari



Baholanadigan bo’limlar

Eng yuqori ko’rsatkich ball hisobida

1

Kurs loyihasining “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarning yoritilishi

0,5

2

Loyihaning asosiy (tushuntirish) qismining Nizom talablariga mos xolda bajarilishi

1,5

3

“Xulosa” qismida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarning mavjudligi

0,5

4

Loyihani bajarishda mavzuga oid manbaalarning tahlili. Chet el adabiyotlaridan va internet materiallaridan foydalanish

0,5

5

Loyihadagi ilovalarning mavzu mazmuniga mosligi

0.5

6

Loyihani bajarishda grammatika qoidalariga amal qilinganligi

0,5

7

Himoyaga loyiha mazmunini bayon qila bilganligi. Savollarga berilgan javoblar darajasi

0,5

8

Kurs loyihasi mavzusi bo’yicha rasm, xarita va turli illyustrativ materiallar bilan jihozlanganligi.

0,5

JAMI

5



Bayonnoma
Urganch Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Geografiya ta’lim yo‘nalishi _____ guruh talabasi _______________________________________________ ning _____________________________________________ mavzusida bajargan kurs loyihasini 2022 yil «____» «____________» da komissiya majlisida himoya qildi.
Komissiyasi kurs loyihasiga quyidagi o`zlashtirish ko`rsatkichlarini belgilaydi.





Baholanadigan bo’limlar

Eng yuqori ko’rsatkich
ball hisobida

Komissiya belgilagan
foiz

1

Kurs loyihasining “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarning yoritilishi

0,5




2

Loyihaning asosiy (tushuntirish) qismining Nizom talablariga mos xolda bajarilishi

1,5




3

“Xulosa” qismida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarning mavjudligi

0,5




4

Loyihani bajarishda mavzuga oid manbaalarning tahlili. Chet el adabiyotlaridan va internet materiallaridan foydalanish

0,5




5

Loyihadagi ilovalarning mavzu mazmuniga mosligi

0.5




6

Loyihani bajarishda grammatika qoidalariga amal qilinganligi

0,5




7

Himoyaga loyiha mazmunini bayon qila bilganligi. Savollarga berilgan javoblar darajasi

0,5




8

Kurs loyihasi mavzusi bo’yicha xarita va turli illyustrativ materiallar bilan jihozlanganligi.

0,5




Jami:

5




Komissiyasi majlisining qarori______________________________________
_____________________________________________________________ mavzusida
bajargan kurs loyihasi uchun ____________________ lik o`zlashtirish ko`rsatkichi belgilansin va «_____________________» deb baxolansin.
Komissiya raisi:______________ Abdullaev A. – kafedra mudiri
A’zo: ______________________ A’zo:_______________________


Reja: Kirish I bob. Maktab o’quvchilarini dunyoqarashini shakllantirishda pedagogik texnologiya, texnikalarni qo`llash metodik asoslari 1.1. Maktab o’quvchilarini dunyoqarashini shakllantirishda ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llashning metodik asoslari. 1.2. O‘qitishning texnik vositalarining didaktik va nazariy asoslari. II bob. Maktab o’quvchilarini dunyoqarashini shakllantirishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo`llari 2.3. Maktab o’quvchilarini dunyoqarashini shakllantirishda didaktik o’yinlarni texnika vositalari asosida tashkil etish 2.2. Maktab o’quvchilarini dunyoqarashini shakllantirishda interfaol metodlarni qo`llash yo`llari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqiyotini ta`minlashga yo`naltirilgan uzluksiz ta`lim tarbiyaning yangi modelini ilmiy-pedagogik jihatdan ta`minlangan holda muntazam takomillashtirib borishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limnin yangi, zamonaviy usullarini jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar.
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasi(1997-yil 29-avgust) qabul qilingan hamda bugungi kunda g`oyalari amaliyotga keng ko`lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida “o`quv-uslubiy majmualarning hamda ta`lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish” “… ta`lim muassasalarining moddiy texnik bazasi axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o`quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash “ hamda “… ta`lim muassasalarining resurs kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash o`quv tarbiya jarayoni yangi o`quv uslubiy majmualar ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to`liq ta`minlash ” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etish lozimligi alohida ta`kidlab ko`rsatilgan.
Mazkur vazifalar muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi ya`ni uzluksiz ta`lim tizimni xodimlari, pedagog o`qituvchilar tomonidan zamonaviy ta`lim texnologiyalar mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta`lim jarayonida samarali qo`llay olishda, shuningdek ta`lim jarayonida tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bo`lajak o'qituvchi-pedagoglarining xususiy fanlari asoslarini o`qitishga yo`naltirilgan mashg`ulotlar jarayonini noan`anviy shakllarda tashkil etish, ta`lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalarda oqilona foydalana bilish ko`nikmalariga ega bo`lishi ta`lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o`zlashtirilishi, ularda amaliy ko`nikma va malakalarning hosil bo`lishini kafolati bo`la oladi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O'quv jarayonida ta'lim oluvchilar va pedagoglar o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. Shuning uchun ham ta'lim jarayoni ikki tomonlama harakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta'lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta, bu jarayonda pedagog yo'naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko'zlab reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o'zlashtirib olishlari kerak.
Ta'lim jarayonida pedagog o'rgatish, bilim, malaka, ko'nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o'zlashtirish jarayonini o'z boshidan kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo'lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. O'qish o'quvchilarning o'zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki talabaga noma'lum bo'lgan haqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir.
Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan bilimlar, malaka va ko'nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni echimini topish ustida bosh qotirmoqda.
Ba’zi chet el pedagoglari o‘quv jarayonida o‘qitishning texnika vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish o‘qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o‘qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o‘qitish jarayonida faqat bilim berilibgina qolmay, o‘qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o‘quvchining dunyoqarashi, xulq – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo‘ladi. Bunga esa o‘qituvchining ishtirokisiz erishib bo’lmaydi: uning axloqiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intellektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz oqibat natijada o‘qitish va tarbiyalashda muvaffaqiyat qozonish mumkin bo'lmaydi.
Darslarda yangi materialni bayon etishda o‘qituvchi go‘yo eshittirib fikrlaydi, bunda u o‘quvchilarga bilim beribgina qolmasdan, ularga mantiqan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish uquvlarini singdiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun bilimlar manbai va o‘quv jarayonini rahbarigina emas, balki taqlid qilish uchun namuna hamdir. O‘qituvchini o‘qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o‘quv jarayonida juda muhim narsani – o‘quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chiqarib tashlaydi, bu esa o‘quv jarayonini juda kambag’allashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o‘qitish mashinalarining ham imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
Kasb – hunar maktablarida yuqori malakali usta va o‘qituvchilar, boy texnikaviy imkoniyatlar, o‘quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng rivojlanganligi tufayli o‘quv xonalarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda ishlab chiqarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda.
Ma'lumki, geografiya ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, tasavvur qilish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda geografiya ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi.
Kichik sinflarda geografiya darslarini tashkil qilish va o`tkazish masalasi darslarda texnika vositalaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo`llari yaxlit holda o`z tadqiqini topmagan masalalardan hisoblanadi. Bu esa mazkur masalaga bag`ishlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligini ko`rsatadi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish