Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solisbda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar



Download 80,18 Kb.
bet11/12
Sana24.12.2022
Hajmi80,18 Kb.
#895723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi NAMUNA

2.4. Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solisbda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar
Iqtisodiyotga davlat aralashuvining keynscha nazariyasi
1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan so‘ng keynschilik nazariyasi iqtisodiyot fanida yangi oqim sifatida yuzaga keldi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning asoschisi edi. U mazkur nazariyani o‘zining 1936-yilda nashrdan chiqqan «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asarida bayon qilib berdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soha mutaxassislari orasida Keyns iqtisodiyotga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi hisoblanmagan. Keynsning o‘tmishdoshlari bo'lmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler o‘zinmg «Ravnaq va turg'unlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jamg‘arilishi bilan yoki yetarlicha iste’mol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan multiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan bir vaqtda o‘tkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning o‘tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ish- lab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli ro‘y beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini e’lon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi bo'lib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillami bayon qilib berdi, bunda u o‘zigacha hukmron boMgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o‘z ichiga oladi: birinchidan, unda o‘z-o‘zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida paydo bo‘ladigan qiyinchilik va ziddiyatlaming sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklami bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. Keyns o‘zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab1 nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha bo‘lgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan bo'lib, unga muvofiq taklif o‘z talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o‘z taklifini yuzaga keltirishi g'oyasini ilgari surdi. Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki mehnat) muayyan miqdori taklifning bahosi, deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlaming ushbu mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga bo'lgan rag‘bati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab funksiyasi, deb ataladi. Bu yerda shuni aytib o‘tish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotganlaridan so‘nggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab tunksiyasi deb ataladi. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida ko‘zda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past bo‘lsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko‘zda tutilayotgan daromad va taklif bahosi o‘rtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda bo‘ladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funksiyasi bilan jami taklif funksiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funksiyasining qiymati samarali talab, deb ataladi. Jami talab esa daromad darajasini belgilab beradi.


Download 80,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish