Davlat tomonidan iqtisodiy siklni tartiblash
Iqtisodiyot va ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini tartibga solish moliyaviy rag‘batlar, davlat kapital qo‘yilmalari vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan yangi tarmoq va ishlab chiqarishlar hamda iqtisodiyot va tarmoq ichidagi progressiv tarkibiy o‘zgarishlar, uning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish rag‘batlantiriladi. Shu bilan birga, ayrim joylarda ishlab chiqarishning haddan tashqari konsentratsiyalashuvi va markazlashuvining oldini olish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. 18 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim unsurlaridan biri kapital jamg‘arish hisoblanadi. Ma’lumki, foyda olishga intilish, uni o‘zlashtirish hamda kapitalga aylantirish bozor iqtisodiyotida xo‘jalik yuritishning bosh maqsadi hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning iqtisodiy siyosati jamg‘arishni rag‘batlantirishga qaratiladi. Bu esa xo‘jalik subyektlarining manfaatlariga mos keladi. Davlat boshqaruv organlari iqtisodiy sikl va iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalariga ta’ sir etish uchun barcha investorlar va ularning ayrim guruhlari uchun turli davrlarda qo‘shimcha imtiyozlar hamda imkoniyatlar yaratadi. Aholining ish bilan bandligini tartibga solish ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o'rtasida bozor iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan normal nisbat va ularning muvozanatini qo'llabquwatlashni anglatadi. Bu nisbat iqtisodiyotning malakali va intizomli ishlovchilarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim. Ularning ish haqlari yetarli mehnat motivatsiyasini vujudga keltirishi kerak. Ammo ishchi kuchiga bo‘lgan talab bilan uning taklifi o'rtasidagi nisbat ish haqining haddan tashqari о‘sib ketishiga olib kelmasligi kerak. Aks holda, bu hoi milliy raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir etadi. Shuningdek, aholining ish bilan bandlik darajasi ham keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki buning oqibatida ishsizlar soni o‘sib, iste’mol talabi va soliq tushumlari kamayib ketadi, davlat tomonidan nafaqalar uchun xarajatlar o‘sadi. Eng yomoni, bu hoi ijtimoiy larzalaiga, xavfli ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim obyektlaridan biri pul muomalasidir. Pul muomalasini tartibga solishning asosiy yo‘nalishi inilatsiyaga qarshi kurash hisoblanadi. Pul muomalasini tartibga solish orqali davlat bilvosita jamg‘aiish sharoitlariga, narxlar va ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etadi. To‘lov balansining holati va uning ijobiy saldosiga erishish ham davlatning iqtisodiyotni tartibga solishiga bog‘liq. Shu boisdan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan barcha mamlakatlarda davlat to‘lov balansini operativ va strategik tartibga 19 solish bilan shug'ullanadi. Bunda davlat eksport va importga, kapital harakatiga, milliy valuta kursining ko‘tarilishi va tushishiga ta’sir etish hamda savdo-shartnoma siyosati va xalqaro iqtisodiy integratsiyalar, tashkilotlarda ishtirok etish orqali mamlakat to‘lov balansini tartibga soladi. Davlat narxlami to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita tartibga soladi. Narxlami to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solishda u yoki bu tarmoq mahsulotlariga, ayniqsa, tabiiy monopoliya mahsulotlariga yuqori narx chegarasini belgilaydi. Narxlami bilvosita tartibga solishda davlat ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar hamda aksiz yig‘imlari orqali tartiblaydi. Bulardan tashqari, davlat xususiy korxonalami ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga, tovarlami, kapitalni, to'plangan bilim va tajribalarni chetga eksport qilishga rag'batlantiradi. Iqtisodiy jarayonlami tartibga solishda davlat jahon amaliyotida to‘plangan chora-tadbirlar, ya’ni quyidagi dastaklardan foydalanadi: - iqtisodiy prognozlashtirish, ya’ni iqtisodiyot va uning tarkibiy sohalarining istiqboldagi ahvolini, holatini oldindan ko‘ra bilish, ularning istiqbolini belgilash; - mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining indikativ rejasini tuzish; - davlat organlari bo‘yicha manzilli rejalami ishlab chiqish va amalga oshirish; - xo‘jalik obyektlariga bilvosita, ya’ni iqtisodiy dastaklar orqali ta’sir etish dastak(richag)larini qo'llash; - mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish (1.4.5-rasm). Davlat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda ma’lum hujjatlar ishlab chiqadi. Ularning asosini iqtisodiy prognozlar tashkil etadi. Iqtisodiy prognozlar mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarini belgilash, uni amalga oshirish strategiyasini va taktikasini ishlab chiqish hamda indikativ rejalar tuzishning asosi hisoblanadi. Iqtiso20 diyotni tartiblashning muhim hujjatlaridan biri iqtisodiy rivojlanishni dasturlashdir.
Iqtisodiy dasturlar bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda davlatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri faol aralashuvining asosiy dastaklari hisoblanib, u butun iqtisodiyotni yoki uning alohida sohalari bo‘lgan tarmoqlar, hududlar, ko‘ptarmoqli komplekslar rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni anglatadi (1.4.6-rasm). Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi o‘z ichiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etish vositalarini oladi. Ular quyidagilar: - cheklangan ishlab chiqarish resursladni boshqarish; - iqtisodiyotni soliqlar orqali tartiblash; - iqtisodiyot tizimiga monetar usullar orqali ta’sir ko‘rsatish (1.4.7-rasm). Cheklangan ishlab chiqarish resruslarini boshqarish deganda davlat o‘ziga qarashli tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, kapital, investitsion resurslami to‘g‘ridan to‘g‘ri taqsimlash orqali iqtisodiy tizimdagi muvozanatni saqlashga, yangi nisbatlar va mutanosibliklami vujudga keltirishga intiladi. Ammo ba’zi hollarda cheklangan iqtisodiy resurslaming davlat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri taqsimlanishi iqtisodiy tizimdagi muvozanat va mutanosiblikning buzilishiga ham olib keladi. Soliqqa tortish obyektlari, soliq stavkalarini belgilash bilan bir qatorda imtiyozlar tizimi ham joriy etiladi. Soliq imtiyozlarini joriy etish davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish vositalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga monetar usullar orqali ta’sir etish foiz stavkalari, budjet qarzlari, davlat qarz majburiyatlari ochiq bozordagi operatsiyalar, muomaladagi pul massasi, valuta kursi kabi moliyaviy regulyatorlami o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlat iqtisodiyotni tartibga solish obyektlari, predmetlari, vosita va usullarini aniq belgilash hamda qo‘llash mexanizmini shakllantirishi lozim bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |