Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi



Download 80,18 Kb.
bet8/12
Sana24.12.2022
Hajmi80,18 Kb.
#895723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi NAMUNA

Asosiy tushuncha va atamalar
Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi, iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi, davlat sektori, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning to‘g‘ri va egri usullari, indikativ rejalashtirish, davlat dasturlari, markazlashtirilgan rejalashtirish.

II BOB. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqida merkantilizm va fiziokrat maktablari namoyandalarining nazariy qarashlari
Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitaUzmning boshlang‘ich davriga to‘g‘ri keladi (XV-XVII asrlar). Bu davrda merkantilistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikmi ilgari surishadi. Merkantilizm - bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi maktab bo'lib, uning mashhur namoyandalaridan biri Tomas Men hisoblanadi (1571-1641-y.). Merkantilizm kapitalni dastlabki jamg‘arilishi davriga xos bo‘lib, savdo buijuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Merkantilizmga ikki xususiyat xosdir: 1) boylik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha ko‘p pulga ega bo‘Isa, u shuncha badavlat hisoblanadi) 2) davlat hokimiyati yordamida pul boyliklarini jamg‘arishga erishish mumkin. Ushbu maktab namoyandalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar o‘rtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siyosiy ishlami olib borishi zarur, deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan Tovarlami olib chiqishni rag‘batlantirish va mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, ba’zi tovarlami esa olib kirilishini taqiqlash bilan proteksionizm siyosatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil olg‘a suriladi: chet eldan arzon bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish. Merkantilizm maktabi «Siyosiy iqtisod» atamasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. U fransuz merkantilisti A.Monkrettonning 1615-yilda chiqqan «Siyosiy iqtisod traktlari» kitobiga 29 kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi bo‘lib iste’mol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini boylik deb e’lon qildilar. Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng ko’zga ko‘ringan namoyandasi — F.Kene (1694— 1774-y.). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini tahlil etishdan ishlab chiqarishni tahlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xo‘jaligi bilan chegaralanishdi. Kene ekvivalent ayirboshlash ta’limini olg‘a surdi va savdodagi ayirboshladan hech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash hech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi. F.Kene «tabiiy tartiblanish» holatini, ya’ni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va ba’zi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlatirishni olg‘a surdi. Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish o‘zida tabiiy jarayonni namoyon qilishi, qonunlarga amal qilinishi va odamlar ta’siridan holi bo'lishini lozim deb bilishdi. Bu ularning mutlaq yutuqlari edi.

Download 80,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish