I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA DAVLATNING IQTISODIY ROLI VA VAZIFALARI
1.1. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki: davlat va bozor mexanizmlari yuzaga keldi. Fanning maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishdan iborat. Ular hayotda aralash va o‘zaro aloqadorlikda uchraydi. Ulaming optimal aloqadorlikda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalar va shakllarini ko‘rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o‘mi haqidagi turli konsepsiyalami tahlil etishdir. Bozor — insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biri. Uning rivojlanishi uzoq yo'lni bosib o‘tgan: bu jarayon kichikkichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shaldlaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy subyektlari o'rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy mahsulotni yaratishdan to uni iste’mol etishgacha bo‘lgan davmi qamrab oladi. Bozor — bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozomi hal etuvchi shartlari bo£lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilaming moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozoming muhim elementi bu narx va uning darajasi bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va xaridorlami qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jihatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi aloqalami boglaydi. Tarmoqlar o‘rtasida resurslami samarali taqsimlanishida, talab va taldif mutanosibligini ta’minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalaming kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalami tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo‘ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929- 1933-yillarda sodir bo'lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo‘la oladi. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanoat rivojlanishida erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o‘smoqda, balki jamoa (aksionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining roli ham ortib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o‘z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo'lmoqda. Masalan: temiryo‘1, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba’zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tug'iladi. Bu, awalambor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma’lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatishda (ishsizlarga, tug‘ma nogironlarga), pensiya ta’minotida, mudofaani ta’minlashda, ekologik muammolami hal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish sikliga ta’sir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tug‘iladi. Tashqi iqtisodiy aloqalami davlat aralashuvisiz tartibga solib bo‘lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolami va mamlakatlaming o'zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolami bartaraf eta olmaydi. Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalami bajaradi. Ular quyidagilardir: - mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta’minlash; - barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflatsiyani oldini olish va h.); - qonuniy tartibga solish vazifasi; - muvofiqlashtirish vazifasi; - ijtimoiy yo‘naltirilgan vazifasi; - taqsimlash; - nazorat va boshqalar. Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo‘Isa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanhgini ko‘rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlami tartibga solishda har ikkala mexanizmlami afzal jihatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan bin hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |