2.3. 1929-1933-yfflardagi iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi Iqtisodiy inqiroz bozor mexanizmining o‘zi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm bo‘la olmasligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining ta’siri zaiflashdi. 1929-1933-yillarda bo‘lib, o‘tgan iqtisodiy inqiroz davrida ishlab chiqarish sur’ati 45 % ga pasaydi, 31 ishsizlik darajasi oshib ketdi va h.k. Asosan 1929-1933- yillardagi inqiroz o‘zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash imkoniyatiga ega emasligini ko‘rsatdi. Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns (1883-1946) taklif etgan konsepsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlaming rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uyg'unlashtirilgan iqtisodiyotda davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko‘rsatib berdi. Keyns konsepsiyasi o‘sha davrdagi xo‘jalik tizimini halokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o‘miga klassik(iqtisodiy liberalizm) qarashlarda burilish yasadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobi nomini oldi. Keyns iqtisodiy modelning mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi edi. U bozor iqtisodiyoti «kasal» uni davolash lozim, deb hisoblaydi. «Keyns inqilobi» jarayonida olg‘a surilgan g‘oya klassik siyosiy iqtisodchilami qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarashlarida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni takomillashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan chiqish mumkin emasligini ko‘rsatib berdi. Jami talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish - Keyns g‘oyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta’limotidagi asosiy tezis: - talab taklifni belgilaydi. Ishsizlikni va resurslardan to‘liq foydalanilmaslikni qisqartirish uchun esa davlat o‘zining xarajatlarini kengaytirish yo‘li 32 bilan talabni rag‘batlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali xususiy investitsiyani rag'batlantirishi lozim. Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o‘zgarishi bilan klassik modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini rad etdi. Keyns jami talab jami taklifni yuzaga keltiradi, degan fikmi ilgari suradi.