Kurs ishining maqsadi.Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin bo'lgan masofa yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish mumkinligi uni yoqilg'ining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib qo'ymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
— yoqilg'ining maxalliy turlaridan to’la va har tomonlama foydalanishga;
— yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga;
—xo'jalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga.
Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr stantsiyalarida (AES) va noan'anaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida ishlab chiqariladi.
Elektr energetika tarmog‘ining ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlamasdan turib iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining sanoat salohiyatini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish va hayot sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi.
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun elektr energiya ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlarga qaraganda tezroq o'stirish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 90 foizini issiqlik elektr stansiyalari (IES) bermoqda.
IES ancha tez va arzon quriladi. Hozirgi texnika imkoniyati bilan quvvati 6 mln kVt dan ham ortiq IESlar barpo etsa bo'ladi.
Kurs ishining vazifasi. Iqtisodiyot uchun elektr energiya tannarxining past bo'lishi muhimdir. Elektr energiyaning tannarxi, avvalo, elektr stansiyalarda ishlatiladigan yoqilg'ini qazib olish va tashib keltirish xarajatlariga bog'liq. Shuning uchun elektr stansiya qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilg'ini tashib kelishga va elektr energiyani uzatib berishga ketadigan xarajatlar qiyoslab ko'riladi.
Agar yoqilg'ini tashib kelish xarajati elektr energiyani uzatish xarajatidan ortiq bo'lsa, elektr stansiyani yoqilg'i manbayiga yaqin joyda qurish, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni iste'molchiga yaqin joyda qurish foydalidir. Elektr energiyani uzatish masofasi fan-texnika rivojlanishi bilan yil sayin uzayib bormoqda. Elektr energiyaning simlar orqali uzatilishi uning afzalliklaridan biridir. Iqtisodiyotning hamma jabhalarida elektr energiyadan foydalanilishi elektr energiyaning ikkinchi muhim afzalligidir. Mahalliy yoqilg'idan keng foydalanish mumkinligi uchinchi afzallik va nihoyat elektr energiyani qudratli elektr stansiyalarda ishlab chiqarish imkoniyati to'rtinchi afzallikdir.
Elektr energiya juda ko'p iste'mol qilinadigan joylarda elektr stansiyalar boshqa joylardan keltiriladigan yoqilg'iga mo'ljallab quriladi. IESlarning juda ulkanlari boshqa
viloyatlarni ham elektr bilan ta'minlaydi va ular GRES deb yuritiladi. Mamlakatimizda Sirdaryo, Toshkent, Yangi Angren, Navoiy, Taxiatosh, Angren GRESlari mavjud. Birgina Sirdaryo GRESining o'zi yiliga 13 mlrd kVt /s elektr energiya beradi.
Istiqlol yillarida Qashqadaryo viloyatida quvvati 3,2 mln kVt bo'lgan Tallimarjon GRESining 800 megavattli birinchi blokining ishga tushirilishi tizimdagi ulkan loyihalardan biri sifatida e'tirof etildi.