Urganch davlat universieti


Respublikada eng yirik gidroelektr stansiyalari



Download 1,86 Mb.
bet6/14
Sana02.03.2022
Hajmi1,86 Mb.
#478740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MADINA KURS ISHI3

Respublikada eng yirik gidroelektr stansiyalari



Nomi

O’rnatilgan quvvatlar MVt

Turbinalar soni

Qurilgan yillar

Suv manbai

Chorvoq GES

620,5

4

1970-1972

Chirchiq

Xo’jakent GES

165

3

1976

Chirchiq

G’azalkent GES

120

3

1980-1981

Chirchiq

Farxod GES

126

4

1948-1949

Sirdaryo

Yirik issiqlik elektr markazlari

Nomi

O’rnatilgan quvvatlar MVt

Qurilgan yillar

Joylashgan shahri

Izohlar

Farg’ona IEM

330

1956-1979

Kirguli

Loyixa quvvati 140 MVt

Muborak IEM

60

1985-1988

Muborak


Toshkent IEM

30

1939-1954

Toshkent


2-Jadval.

1-Rasm
2016—2021-yillar davomida respublikamizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻsib borish koʻrsatkichlari:
▪ 2016-yilda 59,0 mlrd kVt.soat;
▪ 2017-yilda 60,7 mlrd kVt.soat;
▪ 2018-yilda 62,8 mlrd kVt.soat;
▪ 2019-yilda 63,6 mlrd kVt.soat;
▪ 2020-yilda 66,4 mlrd kVt.soat;
▪ 2021-yilda 71,3 mlrd kVt.soat.
Oʻsish koʻrsatkichi 121 foizni tashkil qildi.
2017-2021 yillar davomida uzunligi 40 600 km boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari va 12 900 ta transformator punktlari yangilandi.
Buning natijasida respublika boʻyicha 7,3 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yigʻinidagi 4,2 milliondan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilda uzunligi 15 000 km boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari va 4 000 ta transformator punktlari yangilanadi.

2-Rasm
Cable.co.uk portalining britaniyalik ekspertlari tomonidan tuzilgan eng arzon elektr energiyasiga ega mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 7-oʻrinni egalladi. Mamlakatda bir kilovatt-soat elektr energiyasi 0,027 dollar turadi.
Shuningdek, eng qimmat elektr energiyasi Solomon orollarida (0,591 dollar).
ELEKTR TAʼMINOTINING TEXNIK VA MUHANDISLIK ShARTLARI: DUNYo ELEKTR ENERGETIKASIDAGI YIRIK AVARIYALAR VA ULARNING OQIBATLARI
Asosiy Matbuot markazi Elektr taʼminotining texnik va muhandislik shartlari: Dunyo elektr energetikasidagi yirik avariyalar va ularning oqibatlari
Savol: Energetika vazirligi Matbuot-shtabidan bir kishi chiqib, elektr energiyasi isteʼmoli va ishlab chiqarish oʻrtasida muvozanat boʻlmasa, tizimda yirik avariya va nosozliklar roʻy beradi, dedi. Bunga misollar bormi oʻzi? Oʻzbekistonda, dunyoda? Yo shunchaki bahona gapmi bu?
Javob: Toʻgʻri fikr! Isteʼmolchilar dispetcherlik xizmati elektr taʼminotiga ayrim cheklovlarni kiritish orqali qanday talafot va koʻngilsizliklarning oldini olishga harakat qilayotganini tushuntirishning eng yaxshi usuli — dunyo elektr energetika taʼminotida sodir boʻlgan yirik avariyalarni misol tariqasida koʻrsatish, isteʼmolchilarda bu haqda tushuncha va tasavvurlar hosil qilish.
Shu oʻrinda bir jihatni alohida taʼkidlash lozim, elektr energiyasi taʼminoti tizimida ishlab chiqarish va isteʼmol oʻrtasidagi tenglik, yaʼni muvozanat buzilishi oqibatida yuzaga keladigan yirik nosozliklarga nafaqat isteʼmolning keskin oshishi, aksincha, tarmoqqa ulangan holda katta quvvat isteʼmol qilayotgan yirik isteʼmolchilarning birdan tarmoqdan uzilishi ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Soddaroq tushuntiradigan boʻlsak, noqulay ob-havo tufayli, masalan kuchli shamol taʼsiridagi qisqa tutashuvlar oqibatida kattaroq hududdagi isteʼmolchilar birdan tarmoqdan uzildi, deylik. Yaʼni tizimda isteʼmol qilinmayotgan ortiqcha quvvat hosil boʻlsa, tizimda muvozanat buzilib, elektr obʼektlarida turli nosozliklar, avariya va yongʻinlar chiqish ehtimoli bor.
Bundan tashqari, yirik nosozliklar sodir boʻlishiga nafaqat noqulay ob-havo, shuningdek, elektr tarmoqlarida xizmat qilayotgan ayrim ishchi-xodimlarning notoʻgʻri xatti-harakatlari, malakasizligi ham sababchi boʻlishi mumkin. Misol uchun, 1998 yil 8 dekabr kuni AQShning San-Fransisko shahrida 940 ming nafar aholisi elektr taʼminotisiz qolishiga mahalliy podstansiya ishchisining birgina xatosi sababchi boʻlgan.
Shuning uchun energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmogʻida ham muhandis-u montyorlar, mutaxassis-xodimlar belgilangan tartibda xavfsizlik texnikasi, yongʻin va hayot xavfsizligi qoidalari, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va boshqa meʼyoriy talablar boʻyicha imtihonlardan oʻtkazilib, malaka oshirish kurslarida tahsil olishadi. Ular oʻrtasida turli musobaqa, koʻrik tanlovlar oʻtkazilib, yilning maʼlum bir paytida “Xavfsizlik texnikasi oyligi”, “Yongʻin xavfsizligi” oyligi tadbirlari oʻtkazib turiladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish lozimki, elektr taʼminoti murakkab texnik-muhandislik majmua hisoblanib, turli nosozliklar sodir boʻlishidan toʻliq sugʻurtalanmagan va kafolatlanmagan. Bunday holatlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda kuzatiladigan holat. Energetiklarning asosiy maqsadi esa turli nosozliklarning oldini olish, eskirgan hamda nosoz uskuna va jihozlarni oʻz vaqtida taʼmirlash yoki yangilash, elektr taʼminoti ishonchliligini oshirib, uning uzluksizligini taʼminlashdan iborat.


Misol tariqasida ayni kunlarda Buyuk Britaniya elektr taʼminotida noqulay ob-havo tufayli sodir boʻlayotgan yirik nosozlik toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtsak...
Arven boʻroni tufayli elektr energiyasidan bebahra qolgan 30 ming nafar isteʼmolchilar tarmoqqa ulanishi uchun kamida ikki kun kutishlari kerak, deya xabar beradi BBC axborot agentligi mahalliy elektr taʼminoti korxonalari bayonotiga tayanib.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyaning baʼzi hududlarida esgan kuchli shamol 30 mingga yaqin xonadon besh kechani elektr taʼminotisiz oʻtkazishiga sababchi boʻlishi mumkin.
Energetika kompaniyalari isteʼmolchilarning katta qismi, yaʼni noqulay ob-havodan jiddiy zarar koʻrmagan hududilarda taʼminot tiklangani haqida xabar bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda individual tartibda ishlaydigan muqobil energiya taʼminotiga ega boʻlmagan xonadonlar ani kunlardagi kechki sovuqda aziyat chekayotgani aytilgan.
Mutaxassislarning fikricha, Arven boʻronidan elektr obʼektlari koʻrgan zarar ancha jiddiy. Yuzlab yuqori va past kuchlanishli tayach ustunlari agʻdarilgan, ularning bir qismini singan daraxt shoxlari yiqitgan.Tiklash-taʼmirlash brigadalari 4500 ta obʼektda ishlayotgani maʼlum qilingan. Elektr taʼminotidan uzilgan aholining bir qismi kechasi oʻtin yoqib isinayotgani, suv taʼminotidagi muammolarni hozircha mustaqil ravishda hal etishayotgani bildirgan.
Hurmatli isteʼmolchilar, misol tariqasida dunyo elektr energiya tizimlarida sodir boʻlgan yirik avariya va ularning ham maʼnaviy, ham moddiy, ham ekologik zararlari haqida bir nechta voqea-hodisalarni bayon qilamiz.
1965 yil 9 noyabr AQSh va Kanada
Elektr taʼminotidagi isteʼmol va ishlab chiqarish quvvati orasidagi tafovut AQShning yetti shtati va Kanadaning ikki provinsiyasida 30 million kishini elektr energiyasidan mahrum qildi.

1977 yil 13 iyul, Nyu-York


«Xelloven», yaʼni «qoʻrquv kechasi» bayrami kuni elektr energiyasi isteʼmoli keskin oshgan va shunga yarasha ishlab chiqarish koʻpaytirilgan bir paytda elektr tarmoqlariga yashin urishi oqibatida isteʼmolchilarning yirik qismi tarmoqda uziladi va elektr taʼminotida muvozanat buzilib, yirik avariya sodir boʻladi. Buning oqibatida 9 milliondan ziyod aholi elektr taʼminotisiz qolishadi.
1979 yil 31 may, Sovet Ittifoqi
Issiq ob-havo taʼsirida 330 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari osilib, qisqa tutashuv sodir boʻladi. Yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi taʼmirlash maqsadida vaqtincha oʻchirilishi energotizimda mavjud faol quvvatning koʻtarilishiga sababchi boʻlib, muvozanat saqlay olinmagani tufayli yirik avariya sodir boʻladi. Bu Ukraina va Qozogʻiston SSR respublikalari, Sibir hamda Smolensk energetika tizimiga salbiy taʼsir etib, Volgaboʻyi va Uraloldi mintaqasidagi jami 5 ming MVt quvvat isteʼmol qilayotgan isteʼmolchilar tarmoqdan uzilishiga olib kelgan.
1993 yil 4 may, Gruziya
Oʻsha kuni butun Gruziya elektr energiyasisiz qoldi. Hodisa asl sabablarini aniqlashning imkoni boʻlmadi. Taxminlarga koʻra, elektr taʼminoti tizimida qoʻqisdan yirik isteʼmolchi(lar) paydo boʻlgan va avariyaning oldini olishga qaratilgan harakatlar zoye ketgan. Yirik nosozlik sodir boʻlgandan keyin 38 daqiqa oʻtgach, zaxira generatorlari orqali faqat Tbilisi metropoliteni va ayrim ijtimoiy soha obʼektlariga elektr energiya bilan taʼminlab turilgan.
1998 yil 8 dekabr, AQSh
San-Fransiskoning 940 ming aholisi mahalliy podstansiya ishchisining birgina xatosi tufayli yetti soat davomida elektr energiyasiz qoldi...
1999 yil 6 iyul, Nyu-York
200 mingdan ziyod Manxetten aholisi 19 soat davomida elektr energiyasidan mahrum boʻlishdi. Issiq havo tufayli elektr jihozlarining (konditsionerlar) tizimga haddan ziyod ulanishi natijasida yuqori energiya isteʼmoli vujudga kelib, yirik avariyani keltirib chiqardi.
2001 yil 2 yanvar, Hindiston
Uttar-Pradesh shtatidagi elektr stansiyasida yuz bergan avariya Hindiston shimolida 200 milliondan ortiq odamni elektr energiyasidan mahrum qildi.
2001 yil 18 yanvar, AQSh
San-Fransisko va uning atrofida yashovchi 1 million kaliforniyaliklar elektr taʼminotida roʻy bergan jiddiy avariya oqibatida elektr energiyasidan mahrum boʻldilar.

2001 yil iyun oyi, Nigeriya


30 dan 50 milliongacha boʻlgan Nigeriya mamlakat sharqidagi elektr taʼminotidagi uzilish natijasida bir necha kundan beri elektr energiyasiz yashab kelmoqda.
2002 yil 24 noyabr, Argentina
Poytaxt Buynos-Ayresda yuqori kuchlanishli liniyaning uzilishi sodir boʻldi. 2 millionga yaqin odam elektr energiyasiz qoldi.
2002 yil 19 dekabr, Rossiya Federatsiyasi
“Yakutskaya” elektr stansiyasidagi avariya natijasida Yakutsk shahri va markaziy Yakutiya elektr taʼminotisiz qoldi. Oʻsha kuni termometr koʻrsatkichi -48° gacha tushdi.
2003 yil 3 fevral, Jazoir
32 million aholiga ega butun Jazoir markaziy elektr stansiyasidagi avariya natijasida bir necha soat elektr taʼminotisiz qoldi.
2003 yil 22 iyul, Oʻrtayer dengizi mintaqasi
Barselona va Balear orollarining 350 mingdan ortiq aholisi isteʼmol va ishlab chiqarish orasidagi tafovut tufayli kelib chiqqan avariya oqibatida elektr energiyasidan mahrum boʻldi.
2003 yil 14 avgust, Shimoliy Amerika qitʼasi
AQSh va Kanadada elektr quvvati uzilishi kuzatildi. Bitta elektrostansiya va podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik boshqa elektr obʼektlari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, AQSh va Kanadaning bir nechta shtatlari uzoq vaqt elektr taʼminotidan mahrum boʻldi.
2003 yil 28 avgust, Buyuk Britaniya
Ishonchli va barqaror ish faoliyatiga ega ingliz energiya tizimida yirik avariya sodir boʻldi.
Tizimdagi nosozlik tufayli Londonning chorak qismi elektr taʼminotisiz qoldi. Angliya hukumati sodir boʻlgan nosozliklarni “soʻnggi oʻn yillikdagi eng dahshatlisi” deb atagan edi.
2003 yil 23 sentabr, Shvetsiya
Kuchli boʻron elektr uzatish liniyalarini uzib qoʻydi. Natijada Shvetsiya janubi va Daniya sharqida elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga keldi. 5 million kishi butun kun davomida elektr energiyasiz qoldi.
2003 yil 28 sentabr, Italiya
Energetika tizimida avariya yuz berdi, uning butun shimoli va markazi bir kun davomida elektr taʼminotisiz qoldi.


2003 yil 7 oktabr, Rossiya Federatsiyasi
Rossiya markazining qora tuproqli hududlari zonasida sodir boʻlgan kuchli boʻron tufayli koʻplab elektr uzatish liniyalari uzildi. Vladimir, Lipetsk va Smolensk, Tambov va Belgorodda minglab aholi yashash punktlari elektr taʼminotisiz qoldi.
Tizimda sodir boʻlgan avariya tufayli aloqa, yoʻl harakati iщdan chiqib, shaharlararo elektr poyezdlari toʻxtab qoldi.
2003 yil 7 noyabr, Chili
Chilining markaziy elektr stansiyasida issiq ob-havo tufayli avariya yuz berdi. Santyagoning 600 ming aholisi toʻrt soat davomida elektr energiyasiz qoldi.
2004 yil 22 yanvar, Turkiya
Istanbulning butun Yevropa qismi qum boʻroni tufayli elektr energiyasidan mahrum boʻldi.
2004 yil 22 noyabr, Polsha
Varshava elektr tizimida yirik avariya yuz berdi. “Kechki maksimum” paytida elektr isteʼmoli keskin oshgan paytda tizimida muvozanatni saqlab qolishning imkoni boʻlmadi. Natijada Varshavaning 1,5 millionlik aholisi elektr taʼminotisiz qoldi. Xalqaro aeroport bir yarim soat davomida samolyotlarni qabul qila olmadi, oʻnlab reyslar kechiktirildi, elektr poyezdlari faoliyati vaqtincha toʻxtadi.
2004 yil 12 iyul, Gretsiya
Gretsiyadagi elektr stansiyadagi avariya natijasida Afina va mamlakat janubidagi 6 million aholi ikki soat davomida elektr energiyasiz qoldi.
2005 yil 23 yanvar, Kanada
Toronto shahrida yuz bergan suv toshqini tufayli aholi 12 soatga yaqin elektr energiyasiz qoldi.
2005 yil 25 may sanasi, Moskva
«Chagino» podstansiyasidagi avariya Rossiya tarixida 7 million aholi elektr taʼminotida uzilishga sabab boʻlgan eng katta talafot deya qayd etilgan. Moskva shahri va Moskva viloyatidagi isteʼmolchilarning qariyb 26 foizi, Tula viloyati aholi va sanoat obʼektlarining 87 foizi, Kaluga viloyatlaridagi isteʼmolchilarning 22 foizi elektr taʼminotisiz qolgan. Ryazan va Smolensk viloyatlarida ham elektr taʼminotida qisman uzilishlar kuzatilgan.
2006 yil 5 noyabr, Gʻarbiy Yevropa
Yevropa gʻarbida joylashgan qator mamlakatlarida millionlab odamlar elektr energiyasidan bebahra qolishdi. Energotizimdagi favqulodda holat yuz berishiga Germaniyada sovuq ob-havo tufayli isteʼmolning keskin oʻsishi sabab boʻlgan. Energotizim toʻliq ishdan chiqishini oldini olish maqsadida elektr tarmoqlari avtomatik tarzda uzishlarni amalga oshirdi. Bu jarayon nafaqat Germaniya va Fransiyaga, balki Italiya, Belgiya va Ispaniyaga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Avariya tufayli nafaqat aholi va sanoat korxonalari, balki Yevropadagi tezyurar temiryoʻl tizimi ham maʼlum muddat ish faoliyatini toʻxtatishga, vagonlarda qolgan yoʻlovchilar xavfsizligi bilan shugʻullanishga majbur boʻlishdi.
2006 yil 14 avgust, Yaponiya
Tokio elektr taʼminoti tizimidagi yuqori kuchlanish sim-arqonning uzilishi Edogava daryosi boʻylab choʻzilgan asosiy elektr uzatish liniyalarida yirik nosozlik keltirib chiqargan. Tokio shahri, shuningdek, Kavasaki va Yokogama shaharlaridagi milliondan ortiq xonadonlar tarmoqdan uzildi. Poytaxt metrosi 30 daqiqaga toʻxtab qoldi, yer usti poyezdlarining bir nechta liniyalarida harakat butunlay toʻxtatildi. Poytaxt yoʻllarida uch yuzga yaqin svetofor oʻchish oqibatida bir necha soat davom etgan tirbandliklar yuzaga keldi.
2006 yil 4 noyabr, Norvegiya
Papenburg shahridagi kemasozlik zavodlarida qurilgan yirik kema dengizga chiqqanida, xavfsizlik taʼminlanishi uchun 380 kilovolt kuchlanishdagi elektr liniyasi vaqtincha tarmoqdan uzib turildi. Ammo uzish va ulash jarayonida sodir boʻlgan nosozlik Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Marokash, Avstriya va Xorvatiyada elektr taʼminotidagi uzilish toʻlqinini keltirib chiqardi.
2009 yil 9 noyabr, Tojikiston
Nurek–Regar elektr uzatish liniyasidagi avariya natijasida Tojikistonda isteʼmolchilarining qariyb 70 foizga yaqin elektr taʼminotidan bebahra qoldi.
2009 yil 10 noyabr, Braziliya
Tizimdagi yirik avariya tufayli elektr taʼminotining uzilishi Braziliyada yashovchi 50 milliondan ortiq aholi turmushiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Mamlakat iqtisodi hisobi oxiriga yetkazilmagan darajada zarar koʻrdi. Aynan shu yirik avariya Urugvay energotizimida ham beqarorlik vujudga kelishiga sabab boʻldi.
2010 yil 20 avgust, Rossiya Federatsiyasi
Yuqori kuchlanishli "Vostochnaya" podstansiyasida sodir boʻlgan avariya natijasida Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatining elektr tizimida tarmoqdan uzilish holatlari yuzaga keldi.
2012 yil 31 iyul, Hindiston
Elektr taʼminoti tizimidagi ommaviy uzilishlar 8 soat davom etdi. Bu mamlakat shimoli va sharqidagi 19 shtatga taʼsir koʻrsatdi. Shifoxona va maktablar elektr energiyasiz qoldi.

2012 yil 9 sentabr, Kuba


Mamlakat shimolida yuzaga kelgan noqulay ob-havo millionlab isteʼmolchilar elektr quvvatidan bebahra qolishiga sababchi boʻldi.
2012 yil 24 sentabr, Qozogʻiston
Olma-ota shahrida 500 kV kuchlanishli “Olma-ota” podstansiyasining 220 kVli tarmoqlarida avariyaviy oʻchishlar sodir boʻldi. Oqibatda butun shahar va Olma-ota viloyati, jumladan, metro va shahar aeroporti kabi yirik obʼektlar elektr taʼminotisiz qoldi.
2016 yil 15 noyabr, Rossiya Federatsiyasi
Yekaterinburg shahrida releli himoya vositalari taʼsirida tarmoqda sodir boʻlgan uzilish 4 ta 110 kV kuchlanishli podstansiyalari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Taxminan 117 ming nafar isteʼmolchilar, 116 ta ijtimoiy soha obʼektlari va mahalliy sanoat korxonalari elektr taʼminotisiz qoldi.
2018 yil 25 mart, Yakutiya, Rossiya Federatsiyasi
Bahor oyining dastlabki oyidagi sovuq kunlarning birida Yakutsk shahridagi 2-sonli elektr stansiyasi faoliyatining bir qismi favqulodda toʻxtatildi. Natijada Yakutskning bir qismi va Yakutiyaning markaziy hududlarida istiqomat qiluvchi isteʼmolchilar avariya bartaraf etilgunga qadar elektr energiyasiz kun kechirishga majbur boʻlishdi.
2018 yil 3 iyul, Ozarbayjon
Yoz faslining dastlabki issiq kunlarida yuqori energiya isteʼmoli vujudga kelib, mamlakat elektr energiya tizimida yirik avariya yuz berdi. Buning natijasida Ozarbayjonning 39 ta shahri va viloyatlarida elektr taʼminoti uzoq muddatga uzildi.
2019 yil 9 avgust, Buyuk Britaniya
Yuzaga kelgan yirik avariya tufayli London shahri, Janubiy, Janubi-gʻarbiy, Markaziy hamda Shimoli-sharqiy Britaniya, Uels hududlarida elektr energiyasi uzildi. Avariya natijasida Londonda koʻcha yoritgichlari va svetoforlar oʻchirilgan, temir yoʻl transporti qatnovi toʻxtatilgan.
2021 yil 9 yanvar, Pokiston
Mamlakatning 114 ta shahrida elektr taʼminotida yirik nosozlik sodir boʻldi. Ob-havoning sovib ketishi elektr energiyasi isteʼmoli keskin oshishiga sabab boʻlib, ishlab chiqarish quvvati isteʼmolchilarni qoplab berolmasligi oqibatida tizimda nosozlik paydo boʻldi. Bir necha soat ichida barcha elektr isitish qurilmalaridan foydalanishga uringan isteʼmolchilar uzoq vaqt elektr taʼminotisiz qolishdi.



Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish