Urganch davlat universieti


O’zbekistonning elektr energetikasi kelajagi xususida: insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya



Download 1,86 Mb.
bet9/14
Sana02.03.2022
Hajmi1,86 Mb.
#478740
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MADINA KURS ISHI3

O’zbekistonning elektr energetikasi kelajagi xususida: insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya.
O‘zbekiston energetika sohasidagi zarar ko‘ruvchi tashkilotlarni imkon qadar kamaytirishga harakat qilmoqda. Bu Prezidentimizning farmoni bilan tasdiqlangan 2018-yil Davlat dasturida nazarda tutilgan. Bu esa davlat ulushi bor tashkilotlarning samaradorligini oshirish va sog‘lomlashtirish imkonini beradi.
O‘zbekiston energetikasida bugungi kundagi vaziyat bir muncha og‘ir holatda. O‘rnatilgan quvvat qog‘ozda 12 GVtni tashkil etsa-da, amalda 10 GVt mavjud, bizga esa taxminan 15−20 GVt quvvat kerak.
Avvalambor, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib boradigan elektr energiya yo‘qotishlarining oldini olish zarur. Misol uchun, AQSH va G‘arbiy Yevropada bu yo‘qotishlar 5% ni tashkil etadi, bizda esa 20%.
Bunga sabab ba’zi bir texnologiyalar ma’nan eskirgan. Ularni zamonaviy tejamkor va samarador texnologiyalarga almashtirish kerak. Undan tashqari, aholining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishini bartaraf etish, aholiga esa, o‘z navbatida, shirkatlar tarafidan sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kerak.
O‘zbekistonda elektr energiyani ishlab chiqarish, uni sotish va iste’molining aniq bir mexanizmi, sohani rivojlantirish nizomi yo‘q. “O‘zbekenergo” esa yuqoridan keladigan buyruq va ko‘rsatmalarni bajaruvchi vazifasiga aylanib qoldi.
Albatta, O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yuqori voltli uzatmalar yangilangan. Ammo bu ham tizimni qutqara olmaydi. Shuningdek, bu sohada mutaxassislar yetishmovchiligini kuzatish mumkin. Sohada juda katta kadrlar aylanmasi mavjud. Kimda xorijga ketish imkoni bo‘lsa, chiqib ketmoqda. Yaxshi mutaxassislar O‘zbekistonda noyob holga aylanmoqda.
Germaniya tajribasi. Germaniyaning sharqiy qismida (sobiq GDRda) IESlar sobiq sovet ittifoqidagi kabi bo‘lgan va davlatga tegishli bo‘lgan. Ular bu IESlarni yangidan qayta qurib, yuqori samaradorlikka erishishgan. Bizda esa 50 yil oldin qurilgan o‘sha IESlar hamon zo‘r-bazo‘r ishlamoqda.
Germaniya aholisi 83 mln.ni tashkil etadi. Elektr stansiyalarning umumiy o‘rnatilgan quvvati 110 GVt, IESning ulushi 47%, AES — 13,1%, GES — 3,8% va muqobil energiyalar ulushi 34,4%ni tashkil etadi. Germaniya o‘zining neft va gaz zahiralariga ega emas. Shu tufayli ko‘mir ular uchun energiya ishlab chiqarishning asosiy manbasi hisoblanadi.
Germaniyada gaz-bug‘ turbinali texnologiyalar ham juda rivojlangan va foydali ish koeffitsiyenti 55−60%ni tashkil etadi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, gazning narxi elektr energiyasi narxidan oshib ketmoqda. Chunki ular gazni Rossiyadan sotib olishadi. Biz esa Rossiyaga sotamiz. Shu sababli Germaniya hukumati bunday tafovutning oldini olish uchun muqobil energiyani yanada rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ularda elektr energetikasi sohasi bizdagi kabi bitta tashkilot qo‘lida emas. Asosiy qismi xususiy kompaniyalar ixtiyorida, katta sanoat korxonalari esa ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib oladi. Aholi esa, o‘z navbatida uncha katta bo‘lmagan xususiy firmalardan sotib oladi. Undan tashqari, elektr energiya tariflari ko‘p. Biznikidan farqli o‘laroq, bu tariflar aholining keng qatlamiga mo‘ljallangan.
Germaniyada energiya bozori bo‘linib ketgan va unda taxminan 900 ta ishtirokchi bor. Ammo oxirgi paytlarda yirik korporatsiyalar va kompaniyalarning kengayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, ayni vaqtda Germaniyada 8 ta energetika kompaniyasidan 2tasi, ya’ni Viad va Veva kompaniyalarning birlashuvi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu — oddiy holat, chunki iqtisodning boshqa jabhalarida ham buni yaqqol ko‘rish mumkin.
Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, “O‘zbekenergo” uchun aholidan elektr iste’moli uchun pulni yig‘ish qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda, Germaniyada esa bu ish avtomatlashtirilgan. Masalan, besh kishilik oila uchun taxminan 6000 kVt elektr energiyaga ehtiyoji bo‘lsa, ular uchun 15%gacha chegirma va 300 yevrogacha bonuslar taklif etiladi.(3-Jadval)

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish