Urganch davlat universieti


II.3. O’zbekiston elektr energetika sanoatining joylashishi va rivojlanishi



Download 1,86 Mb.
bet7/14
Sana02.03.2022
Hajmi1,86 Mb.
#478740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
MADINA KURS ISHI3

II.3. O’zbekiston elektr energetika sanoatining joylashishi va rivojlanishi.




Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi nima? U nima uchun “energoxalqa” deb ataladi?
Avvalo nomini toʻgʻri aytishdan boshlaylik... Aniqrogʻi, bizning energetika birlashmamiz “Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston janubining yagona energiya tizimi” deb atalardi. Hozirda Markaziy Osiyo va Janubiy Qozogʻiston yagona energiya tizimi deb shartli ravishda atamoqdamiz. Umuman olganda, bunday energetika tizimi faqat bizda emas, dunyo mamlakatlaridayam koʻpgina. Ilgari Sovet Ittifoqida bir nechta bunday tizimlar mavjud edi va ularning har birining oʻz birlashgan energetik dispetcherlik markazlari bor edi. Sobiq Ittifoqning Markaziy dispetcherlik idorasi (MDI — SDU) Moskvada joylashgandi. Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, oʻsha davrda Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻiston Birlashgan yagona energiya tizimi Sovetlar davlatining boshqa hududlari yagona energetika tizimidan ajratilgan holda ishlagan. Markazi Toshkent shahrida joylashgan dispetcherlik nazoratidan elektr taʼminoti umumtizimining koʻrsatkichlari: chastota va boshqa rejim parametrlari mustaqil tartibga solingan.
Elekr taʼminoti tizimining oʻzaro yaxlitligi (konfiguratsiyasi) 1970-yillarda, toʻrtta respublika hududidan oʻtuvchi 500 kV kuchlanishli liniyalar bitta halqaga birlashtirilganda shakllangan edi. Shu oʻrinda nima uchun degan savol tugʻiladi... Albatta, bu parallel ravishda, yaʼni oʻzaro hamkorlikda ishlash — barcha ishtirokchilarining elektr taʼminotidagi ishonchliligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Hatto mutaxassis boʻlmaganlar ham “halqada ishlash tizimi” — ushbu halqaning biron bir boʻgʻini oʻchirilgan boʻlsa ham uning barqarorligini saqlashga imkon berishini tushunishadi. Yoki aksincha, agar energiya tizimining qismlarini bogʻlaydigan yirik tarmoq oʻchirilgan boʻlsa, ularning parallel ishlashi buzilishi ham mumkin. Bunday vaziyatda elektr ishlab chiqaruvchi birinchi manbalar — elektr stansiyalarning barqarorligi saqlab qolinadi.
Hozirgi vaqtda ushbu “halqa”da qoʻshimcha ichki halqalar paydo boʻlgan, shunga qaramay, Markaziy Osiyo va Janubiy Qozogʻiston yagona energiya halqasi tushunchasi Markaziy Osiyo energetika tizimlarining oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro bogʻliqligining ramzi sifatida saqlanib qolgan. Demakki, matbuotda u yoki bu energiya tizimi "halqani tark etgani" haqida yozayotgan boʻlsa, bilingki, bu fikr mutaxassisning fikri emas yoki u mutaxassis yetarli bilim-salohiyatga ega emas.
Hozirgacha 500 kV kuchlanishli tarmoqlar halqasiga ega boʻlgan energiya tizimlarining hech biri hamkorlikdagi parallel ishlash rejimini tark etgani yoʻq.
Turkmaniston va Tojikistonning hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimidan ajralgan holda ishlayotganini roʻkach qilgancha bu fikrga ayrim axborot manbalari eʼtiroz bildirishlari mumkin. Ammo shuni alohida taʼkidlashimiz lozimki, Turkmaniston va Tojikistonning energiya tizimlari Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston tasarrufida boʻlgan 500 kV kuchlanishli “halqa” bilan bogʻliq emas.
Turkmaniston 2003-yilda oʻz tashabbusi bilan Eron energetika tizimi koʻrinishida oʻzi uchun iqtisodiy hamkor topib, Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimidan chiqdi va hozir u bilan parallel ravishda ishlamoqda. Bu masalalar hal etilayotgan bir paytda Turkmaniston bilan parallel ravishda ishlashni yoʻlga qoʻydi. Turkmaniston biz bilan “orol” deb atalgan sxemalar boʻyicha ish olib boradi, yaʼni Oʻzbekiston bilan alohida ishlab chiqarish tarmoqlarini ulash orqali hamkorlik qildi.
Tojikiston bir vaqtlar parallel ishlash shartlarini takroran buzganligi sababli “halqa” tarmogʻidan ajratilgan edi. Bu Markaziy Osiyo va Janubiy Qozogʻiston tizimining boshqa ishtirokchilari qabul qilgan qoʻshma qarori boʻlgandi. Hozirda Osiyo Taraqqiyot bankining moliyaviy koʻmagi asosida Tojikistonni yagona energetika tizimiga qayta ulash boʻyicha qator ishlar olib borilmoqda. Buni qarang, tajriba koʻrsatdiki, hamkorlikda ishlash tizimidan chiqib ketish oson ekan, ammo unga ulanish maʼlum bir vaqt va xarajatlar talab etadi. Hozirda Oʻzbekistonda ham Tojikiston bilan energetika aloqalarini mustahkamlash uchun yirik qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Xullas, Tojikistonning Markaziy Osiyo yagona tizimi bilan hamkorlikda ishlashini tiklash taxminan 2023-yilda amalga oshiriladi.
Darvoqe, Tojikiston energetika tizimi oʻtgan yillar davomida chastotani mustaqil ravishda tartibga solib kelgan, bunga gidroelektr stansiyalarida mavjud boʻlgan katta suv zaxiralari yordam berdi. Elektr energiyasining muhim koʻrsatkichlarini doimiy ravishda sozlash murakkab texnik-muhandislik ishi boʻlib, bu muammoni issiqlik stansiyalari (Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻlgani kabi) yoki kichik quvvatli gidroelektr stansiyalarining zaxiralari bilan (soʻnggi yillarda Qirgʻizistonda boʻlgani kabi) hal qilish amalda mumkin emas. Shuning uchun ham ushbu energiya tizimlarining yagona “Markaziy Osiyo halqasi”da birgalikda ishlashi Markaziy Osiyo energetika tizimlarining ishonchli parallel ishlashini taʼminlash, nafaqat ular oʻrtasidagi, balki “uzoq qoʻshni” davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb zarurati hisoblanadi.
2. Markaziy Osiyo elektr energetika tarmogʻining yagona tizimi qachon tashkil topgan va u nima uchun kerak (asosiy vazifasi nimalardan iborat?)
Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi toʻrtta davlat – Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston janubidagi beshta tutash viloyat hududida shakllandi. 1960 yilda Oʻrta Osiyo yagona energiya tizimi tashkil etilishi boshlangan boʻlib, oʻshanda Oʻzbekiston energetika tizimi, Qirgʻiziston janubi, Tojikiston shimoli va Janubiy Qozogʻistonning Chimkent tutashuvi energetika tizimlari 110 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari orqali parallel ishlashga ulangan.
Oʻrta Osiyo yagona energetika tizimi yaratilish davrida, 01.01.1961 yil holatiga 4 ta energetika tizimining oʻrnatilgan quvvati 1157 MVt, maksimal yuklanishi 921 MVt, yillik ishlab chiqarish 6,5 mlrd. kV•soatga teng boʻlgan. Bu, oʻz navbatida, mintaqada elektr energiyasi taʼminoti ishonchliligi va sifatini keskin oshirib, gidro (suv omborlari zaxirasi) va yoqilgʻi (tabiiy gaz va neft mahsulotlari) resurslaridan oqilona foydalanish imkonini bergani rost.
Markaziy Osiyo YAET konfiguratsiyasi ittifoq respublikalarining milliy chegaralarini hisobga olmagan holda yagona obʼekt sifatida ishlab chiqilgan va boshqa koʻplab energetika birlashmalari singari sobiq Ittifoqning Yagona energiya tizimidan ajratilgan holda ishlagan. 30% gidroelektr stansiyalar va 70% issiqlik elektr stansiyalaridan tashkil topgan ushbu birlashma fan va ekspluatatsiya nuqtai nazaridan chastota va quvvatni tartibga solish, melioratsiya va energetika muammolarini hal qilish uchun maqbul edi. Markaziy Osiyo va Janubiy Qozogʻiston yagona energiya rejimlarini uzoq muddatli rejalashtirish birlashmaga kiritilgan har bir energiya tizimlarida ishlab chiqaruvchi manbalar tarkibini va shunga mos ravishda energiya tizimlarini elektr stansiyalarini yoqilgʻi bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlash masalalarini hisobga olgan.
Rejimlarni saqlashda nafaqat energiya resurslari, balki Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotining negizi boʻlgan qishloq xoʻjaligi, yaʼni irrigatsiya masalalari ham hisobga olingan. Rejimni optimallashtirish yonilgʻi xarajatlarini va yoʻqotishlarni (texnologik sarf) minimallashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tarmoqlarni taʼmirlash jadvallari bir-biri bilan kelishilgan holda, ehtiyot qismlarni yetkazish markazlashtirilgan holda taʼminlangan.
Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin energiya materiallari va resurslarini markazlashtirilgan holda taʼminlash-taqsimlash tugatildi. Barcha energetika tizimlarida energiya mustaqilligini taʼminlash boʻyicha shoshilinch choralar koʻrildi.
Yaʼni energiya va yoqilgʻi taʼminotida oʻz-oʻzini muvozanatlash, barqarorlashtirishga intildi. Oddiy aytganda, hamma oʻz imkoniyatlarini ishga soldi. Masalan, gidroenergetika salohiyati yuqori boʻlgan davlatlar oʻz ehtiyojini qoplash uchun qishda ham suv omborlari sathini kamaytirib bordi. Bu mintaqada melioratsiya tartib-taomilini izdan chiqarib, koʻpgina ekologik muammolarga duch qildi. Muvofiqlashtiruvchi birlashma koʻrsatmalariga amal qilinmadi deyarli.
Nihoyat, 1991-yil 19-noyabrda Ashxobodda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasining energetika tizimlarining parallel ishlashi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Albatta, bu energetika sohasi rahbarlarining toʻgʻri qarori boʻlib, Mintaqadagi energetika tizimlarining hech biri mustaqil ravishda oʻz isteʼmolchilarini toʻliq ishonchli energiya taʼminoti bilan taʼminlay olmasligini tushungan holda amalga oshirildi. Shunday qilib, “Markaziy energiya tizimlarini yagona dispetcherlik nazorati” tashkiloti taʼsis etildi va moliyalashtirish manbalari aniqlandi.
Bir soʻz bilan aytganda, Markaziy Osiyo energetika tizimlari rahbarlarining uzoqni koʻra bilishi va samaradorlikka erishishi natijasida “mintaqa dispetcheri” saqlab qolindi.
Markaziy Osiyo elektr tarmoqlari parallel ishini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv organi — Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimi Kengashi (Markaziy Osiyo YAET Kengashi), Unga energiya tizimlarining birinchi rahbarlari kiritilgan boʻlib, yilning chorakliklarida poytaxt shaharlarda navbatma-navbat yigʻilib, masalalar jamoaviy tarzda muhokama etiladi.



Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish