Tarkibiy ruzilishi.Mazkur kurs ishi tarkibiy jihatdan, asosiy qism,bitta bob,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati,ilovalardan iiborat.
II.1. Yoqilg’i-energetika majmuining tarkibi, uning asosiy xomashyolari va yoqilg’i balansi.
Yoqilg’i-energetika majmui Respublikamiz xalq xo’jaligining bazaviy tarmog’i, iqtisodiyot va tehnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. YAIM iqtisodiy rayonlarni shakllanishida, sanoat markazlari va rayonlarini vujudga kelishida katta ahamiyat kasb etadi. Xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlarini rivojlanishi YAIM ning holatiga bog’liq bo’ladi. Har qanday mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi u ishlab chiqarayotgan va iste’mol qilayotgan energiya miqdoriga ham bog’liq bo’ladi.
Yoqilg’i-energetika majmui og’ir sanoat tarkibiga kiradi. O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmui respublika yalpi sanoat mahsulotining 22 % ini ishlab chiqaradi. O’zbekistonda bu majmua tarmoqlari asosan yangi tashkil etilgan bo’lib, yuqori iqtisodiy samara bilan ishlaydi. Bu majmua asosan 2 guruhga bo’linadi:
1) Yoqilg’i sanoati;
2) Elektr energetika sanoati.
Turli yoqilg’i va energiya turlarini qazib olish hamda ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi sanoat tarmoqlari majmui yoqilg’i-energetika majmui deb ataladi. Yoqilg’i-energetika majmui xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport) va aholining kundalik xayoti uchun juda katta ahamiyatga ega.
Yoqilg’i-energetika majmui sanoatning bir tarmog’i bo’lsa ham u umumiqtisodiy ahamiyat kasb etadi, shu boisdan ham ba’zan yoqilg’i-energetikani sanoat tarkibiga ham, boshqa tarmoqlarga ham qo’shmasdan “Xalq xo’jaligining energetika bazasi” deb alohida ajratishadi. Gidroelektr stansiyalar (GES)da energiya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimi kuchiga asoslanadi. Binobarin, GESlar ishlab chiqargan elektr energiyaning tannarxi arzon bo'ladi (quvvati teng bo'lgan IESlardagidan 4 barobar arzon). Tog' daryolariga qurilgan GESlarda eng arzon elektr energiya ishlab chiqarilmoqda.
O'zbekistonda suv quvvati manbalarining mavjudligi va ayni vaqtda issiqlik elektr stansiyasida ishlatishga yoqilg'i bo'lmaganidan dastlab, asosan, GESlar qurilgan. Mamlakatimizda birinchi GES 1926-yili Bo'zsuv kanalida qurildi. Keyinchalik qurilgan Xishrav, Tuyamo'yin, Farhod, Xo'jakent GESlari mamlakat sanoatining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. O'zbekistonda GES qurish bilan bir yo'la elektr energiya ishlab chiqarish, yerlarni sug'orish, xo'jaliklarni suv bilan ta'minlash, baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari yaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |