Irsiy (genotipik) o'zgaruvchanlik
Organizm genotipining o'zgarishi bilan boradigan va bir nechta avlodlarda saqlanadigan o'zgaruvchanlik irsiy o'zgaruvchanlik deyiladi. Ba'zan bular aniq ko'zga tashlanadigan o'zgarishlar bo'lib, ularga: kalta oyoqli qo'ylarnmg paydo bo'lishi tovuqlarda patning bo'lmasligi (130-betdagi 66-rasmga qarang) mushuk barmoqlarini ayri bo'lishi, pigmentlarning bo'lmasligi (albinizm), odamlarda barmoqlarning kalta bo'lishi (130-betdagi 67-rasm) va ko'p bar-moqlilik (polidaktiliya) (131-betdagi 68-rasm) kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
To'satdan vujudga keladigan va qat'iy ravishda nasldan-naslga o'tadigan o'zgarishlar natijasida xushbo'y no'xatning kalta poyali navlari, qat-qat tojibarg hosil qiladigan o'simliMar va juda ko'p boshqa belguar paydo bo'lgan. Ko'pincha ular juda kichik, lekin sezilarli o'zgarishga uchragan o'zgarishlar hisoblanadi.
Genetik materialning irsiy o'zgarishiga mutatsiyalar deyiladi.
Mutatsiyalar gen yoki xromosomaning tuzilmasini o'zgarishi tufayli hosil bo'ladi va tur ichidagi xilma-xillikning birdan-bir manbai bo'lib xizmat qiladi.
Mutatsiyaning namoyon bo'lish xarakteri. Mutatsiyalar dominant va resessiv bo'ladi. Ularning ko'pchiligi resessiv bo'lib, geterozigota holdagi organizmlarda yashirin holda uchraydi. Bu holat turning yashashi uchun muhim ahamiyatga ega. Odatda mutatsiyalar zararli bo'lib, organizmning nozik muvozanatdagi biokimyoviy jarayonlar tuzilishiga o'zgartirishlar ki~ ritadi. Dominant mutatsiyaga ega organizmlar gomo va geterozigota holat-larda yashovchan bo'lmaydi va individual rivojlanishning dastlabki bos-qichlarida-yoq nobud bo'ladi. Tashqi muhit o'zgarishi natijasida ilgari zararli bo'lgan mutatsiyalar, organizmga foydali ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bimday mutatsiyalarni tashuvchi organizmlar tabiiy tanlanish natijasida saralanib boradi.
Mutatsiyalar paydo bo'ladigan joylar. Mutatsiyalar generativ va somatik bo'lishi mumkin. Jinsiy hujayralarda paydo bo'lgan mutatsiyalar shu organizm-ning belgilarining namoyon bo'lishiga ta'sir qilmaydi, u faqat keyingi bo'g'inlarda namoyon bo'ladi. Bunday mutatsiyalar generativ mutatsiyalar deyi-ladi. Agar somatik hujayralarning genlari o'zgarsa, bunday mutatsiyalar shu or-ganizmning o'zida namoyon bo'ladi va jinsiy ko'payishda keyingi avlodga o'tmaydi.
Biroq jinssiz ko'payishda, agar organizm hujayra yoki hujayralar to'plamidan ko'payayotgan va unda o'zgargan - - mutatsiyaga uchragan gen bo'lsa, bunday mutatsiyalar somatik mutatsiyalar deb ataladi va ular keyingi avlodlarga o'tishi mumkin.
O'simlikshunoslikda somatik mutatsiyalardan madaniy o'simliklarning yangi navlarini yaratishda keng foydalaniladi.
Mutatsiyalaming paydo bo'Iish darajalari. Bir gen doirasidagi bitta yoki bir nechta nukleotidlarning o'zgarishi yoki almashinishi bilan bog'liq mutatsiyalar gen yoki nuqtali mutatsiyalar deb ataladi. Ular oqsillar tuzilishiga o'zgarishlar kiritadi, ya'ni polipeptid zanjirdagi aminokislotalarning ketma-ketligi yangila-nadi va shu bilan oqsil molekulasining fimksional faolligini o'zgartiradi.
Xromosoma tuzilmasining o'zgarishi xromosoma mutatsiyasi deb ataladi. Bunday mutatsiyalar xromosomaning ma'lum bir qismining yo'qolishi tu-fayli vujudga keladi.
Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo'lmagan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo qiladi va ular-ning o'zaro ta'sir xarakterini o'zgartiradi.
Urug'lanish davrida bunday gametalarning normal gaploid gameta bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan zigotada mazkur turga xarakterli bo'lgan diploidli to'plamga nisbatan xromosomalar soni bittaga ko'p yoki kam bo'ladi. Bunday holatlarda genlar muvozanatining buzilishi organizm rivoj-lanishining buzilishiga olib keladi.
Sodda hayvon va o'simliklarda ko'pincha xromosomalarning gaploid to'plamga nisbatan karra ortishi kuzatiladi. Xromosomalar to'plamining bun-day o'zgarishi poliploidiya deb ataladi. Poliploidiyaning darajasi bar xil bo'ladi. Sodda hayvonlarda xromosomalar soni bir necha yuz barobarga ko'payishi mumkin.Poliploidiya hodisasi yuksako'simliklarda keng tarqalgan. Kariotipda xromosomalar sonining ko'payishi bilan organizmning genetik barqarorligi ortadi, mutatsiya jarayonida hayotchanlikning pasayishi xavfi kamayadi.
Poliploidiya organizmlarning hayotchanligi, mahsuldorligi vaboshqaxu-susiyatlarini oshiradi. O'simlikshunoslikda poliploidiyadan keng foydalaniladi. Chunki madaniy o'simliklarning sun'iy olingan poliploid navlari yuqori hosildorligi bilan farqlanadi (69-rasm).
Mutatsiya xususiyatlari. Mutatsiyalar irsiyat bilan bog'liq, ya'ni ular nasldan-naslga o'tadi. Bitta mutatsiyaning o'zi bir turga mansub bo'lgan bar xil organizmlarda paydo bo'lishi mumkin. Mutatsiyalar ta'sir doirasiga qarab foydali va zararli, dominant hamda resessiv bo'ladi.
Genlarning muhim xususiyatlaridan biri - - mutatsiyalar hosil qilishdir. Dastlab irsiy o'zgarishlar tezligini birdaniga oshirish rentgen nurlari ta'sirida amalga oshirilgan. Rentgen nurlari ta'sirida mutatsiyalar paydo bo'lishini 150 marta oshirishga erishildi. Rentgen va boshqa ionlantiruvchi radiatsiya nurlari-dan tashqari, mutatsiyalar kimyoviy moddalar ta'sirida ham hosil bo'lishi mumkin.
Moddalar almashinuvi jarayoniga, ayniqsa DNK sinteziga ta'sir qiluvchi omillar, mutatsion jarayonga ham ta'sir qiladi.
Sun'iy yo'l bilan hosil qilinadigan mutatsiyalar amaliy ahamiyatga ega bo'ladi, chunk! ular tur yoki populyatsiya ichidagi genetik xilma-xillikni oshiradi va shu yo'l bilan seleksionerga «yordamchi» material beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |