Uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulida qazib olish


-rasm. Birinchi texnologik tur konlar yotqiziqlari blok sxemasi



Download 2,88 Mb.
bet10/81
Sana28.06.2022
Hajmi2,88 Mb.
#715567
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
Bog'liq
МАМИЛОВ, Yer ostida tanlab eritmaga o (1) лотин

3.1-rasm. Birinchi texnologik tur konlar yotqiziqlari blok sxemasi:
1-ustki qatlam; 2- ustki suv o'tkazmaydigan qatlam; 3- suvli gorizont qumli qatlami; 4- gorizontdagi ko‘l tubi qumlari; 5-ruda qatlami ko'ndalang kesimi; 6- ruda tanasi qatlami oksidlanishi natijasida nurash chegarasining ko'ndalang kesimi; 7-ruda qatlami konturi; 8-suvning harakat yo'nalishi; 9- pastki suv utkazmaydigan qatlam; 10- yashirin bazalt cho'kmalari; 11- qadimgi paleozoy yoki dekembriya jinslari metamorfik komplekslari


25




Mahsuldor suvli qatlamda odatda uranning tarkibi va o'tkazuvchanligi bilan bir-biridan farq qiladigan kamida uchta litolojik turni ajratish mumkin: loy qatlamlari (amalda mahalliy suv organlari), rudalar va qum cho'kmalarini qamrab oladi. Rudalar va qum qorishmalari ba’zi hollarda bir xil miqdorda yoki rudalar qumga nisbatan kamroq foizda ham uchrashi mumkin. Ba’zi hollarda rudali qorishmalar va tuproqlar orasida rudalarga nisbatan ancha katta hajm va miqdorga ega tuproqli qatlamlar ya’ni yer osti kanallari vujudga keladi. Bunday yer osti kanallari yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayonlarining ish jarayoniga to'sqinlik qiladi.
Granulometrik o'zgarish tarkibining o'zgaruvchanligi tyerrigen qatlamlariga mansub. Bu qatlamlarning gorizontal-qatlamlari ko‘p hollarda kososloist hollarda uchraydi. Gorizont qatlamlari kesimida biz uning qatlamlanish jarayoniga guvoh bo'lishimiz mumkin.Qatlamlardagi moddalar kesimlar bilan bir holatda yoki yonma-yon uchrashi amri maholdir. Bu sharoitlar harakat diapazonini kengaytiradi va filrtlash jarayonini oshiradi. Bir joydan olingan ruda va jinslarning zichligi 15 m/sut dan 2-7 m/sut gacha ortishi mumkin. Qatlamlardagi moddalar o'zgaruvchanligi 14-48% ni tashkil qilsa, ularning ustunligi 15-25% ni tashkil qiladi. Ba’zi hollarda chegaralar kengayib boradi. Suv o'tkazuvchanlik miqdori 1-2 miqdorda oshib borishi katta masofalarda ham kengayib boradi.
Rudalarning granulametrik tarkibi va filtratsiya jarayoni ham har xil bo'lishi mumkin. Rudalarning filtratsiya jarayoni bir kecha-kunduzda bir necha santimetrdan bir necha metrgacha kengayishi mumkin. Gilli ruda joylashgan hududlarda kovlash ishlarini olib borganligi sababli ularning yemirilish jarayoni asta sekin kechib boradi va ularning zahiralari tugashi qiyindir.
Tektonik jihatdan murakkab oddiy qatlam shaklida hosil bo'lgan ruda uyumi konlari
Uran konlarining bu turi yuqorida aytib o'tilgan tur bilan ko‘p jihatlari o'xshashdir. Bu turdagi uranlar yarim Osiyoning massivigagina emas, balki krisstall qobiqli hududlarning geosinkli joylashuv qismlarida. Agar birinchi turdagi moddalar konsolidli qatlamlarning markaziy massivli hududida uchrasa, ikkinchi turdagi moddalar ko'proq o‘rta massivlarning yon tomonida kesimlari jihatidan farq qiladi, bu kesimlar nafaqat tuproqli qatlamlar, balki yarim Osiyoning asosiy qatlamlarini ham kesib o‘tadi.
Ta’rif berib o'tilgan moddalarning gidrogeologik xususiyatlari yuqorida ko‘rib chiqilgan ruda tarkibi bilan bir xil. Uran uchraydigan hududlar, asosan, suv bilan qoplangan bo'ladi. Yer osti suvlarining oqim tezligi suv o'tkazuvchi va


26




suv o'tkazmaydigan chegaralar ketma-ketligi va gipsli qatlamlarning kengligiga bog'liq. Konlarning ostidan o'tadigan suv osti oqimlari bosimining pastligi bilan ajralib turadi. Ularning bosim darajasi 0,001-0,005 ni tashkil qiladi va past darajada harakatlanishi bilan ajralib turadi. Ular yiliga o’n metrgacha harakatlanishi mumkin.
Bu turdagi konlar, asosan, dizyuktiv dislokaktsiyasi yuqori bo'lgan kengliklarda uchraydi hamda bu hududda yoriqlarni ko'plab uchratishimiz mumkin (to'g'ri, diagonal va qarama-qarshi), ular rudalarni alohida alohida bo'laklarga ajratib turadi (3.2-rasm). Agar bo'laklarning kesishgan hududlar amplituda darajasi vertikal holatda ishlab chiqarish darajasi va gidravlik aloqasi past bo'lsa, unda ishlab chiqarish jarayonida moddalarning qo'shilishi muammosiz bir tekisda olib boriladi. Biroq buning teskari ko'rinishi bo'lishi mumkin, agar vertikal amplitudalar keragidan ortiq bo'lsa. Bunday hollarda bir bo'lakning suv o'tkazuvchi qismi ikkinchi bo'lakning suvga qarshilik ko'rsatadigan qismi bilan to'qnashadi va kuchli oqim yoki suvning bir tomondan ikkinchi tomonga oqib o'tishiga sabab bo'ladi hamda suv oqimining o'zgarishi tartibni o'zgarishiga olib keladi. Rudalarning tarkibiga qarab, ularning yuzasidagi yoriqlarni 3 turga bo'lishimiz mumkin: o'tkazuvchi, yarim o'tkazuvchi va umuman o'tkazmaydigan.
O'tkazuvchi yoriqlar, asosan, qum bilan to'ldirilgan bo'lib, suvni juda yaxshi o'tkazadi. Bu yoriqlarning amplitudasi unchalik katta bo'lmaydi va ularning o'rtasidagi gidravlik aloqasi uzulmaydi. Suv o'tkazmaydigan yoriqlar ularning yuzasiga gilning shuvalib ketishi natijasida yuzaga keladi. Gilning namlanish evaziga shishadi va yoriqlarni to'lig'icha qoplab oladi. Biroq eng keng tarqalgan holat bu yarim o'tkazgichli yoriqlardir. Ularning o'tkazuvchanlik darajasi qisqa masofalarda ham tez-tez o'zgarib turish xususiyatiga ega bo'ladi. Bunga tektonikning tarkibiy o'zgarishi sabab bo'ladi va yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayonida buni, albatta, hisobga olish shart. Katta qiyinchiliklar bosim yuqori bo'lgan hududlarda yuzaga keladi, chunki bu yerda yoriqlar soni keragidan ortiq ko‘p bo'ladi va bo'laklarning soni oshib boradi. Bunday hududlarning kengligi o’n yoki yuz metrlarni ham tashkil qilishi mumkin. Agar ular bu jarayonda o'zaro tutashib ketgan bo'lsa, unda qazilma ishlari ancha murakkab hisoblanadi va qiyinchilik tug'diradi. Bunday hollarda ularni nafaqat shaxta orqali balki yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish yo'li bilan olish ham ancha murakkab.
Tektonik yoriqlar konlardagi rudalarni bo'laklarga bo'libgina qolmasdan ularning har birini ichida gidravlik tizimni tashkil qiladi, buning natijasida bo'laklar o'rtasida tortishuv tizimi yuzaga keladi.


27








Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish