4-ma’ruza
Mavzu: Suv haydab qatlam bosimini saqlash tavsifi
Reja:
2.1.Uyumga chegara orti va chegara ichki qismida suv haydash.
2.2.Uyumning yuqori qismiga gaz yoki havo haydash.
2.1. Uyumga chegara orti va chegara ichki qismida suv haydash.
Uyumdan neft qazib olish sur’atini oshirish va uning oxirgi neft
beraoluvchanligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz yoki havo haydab
qatlam bosimini tiklab turish usullaridan foydalaniladi.
Ko’p hollarda qatlam bosimini ushlab
turish maqsadida uyumning
chegara ortki qismiga suv haydash usuli qo’llaniladi. Ayrim hollarda chegara
ortidan suv haydash usuli, chegara ichi yoki markazdan o’choq usulida suv
haydash usullari bilan to’ldiriladi. CHegara orti va chegara ichki qismidan suv
haydash natijasida uyumga qo’shimcha energiya bilan ta’sir qilinadi va uyumni
yuqori sur’at bilan ishlashiga yordam beradi.
Gaz do’ppili neft uyumi yoki tog’-jinslari katta burchak ostida tushgan
uyumlarning yuqori qismiga gaz haydash, unda bosimni ushlab turish va quduq
debitini o’zgarishsiz ushlab turish yoki oshirish uchun imkon yaratadi.
Qatlam energiyasini saqlash maqsadida qatlamga sun’iy ta’sir
etish
uchun uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu
qatlam bosimini yuqori darajada ushlab turish, ya’ni boshlang’ich qatlam
bosimga yaqinroq, quduqni yuqori debitliligini va
shu bilan birgalikda neft
beraoluvchanlik koeffisientini yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Uyumga chegara ortidan suv haydashda qatlamga suv tashqi neftlilik
chegarasida joylashtirilgan maxsus haydovchi quduqlarda amalga oshiriladi. (1-
rasm)
1-rasm.CHegara ortki qismidan suv haydash tarxi.
1-neft quduqlari; 2-haydovchi
quduqlar;3-nazoratchi quduqlar;4-ichki
neftlilik chegarasi;
CHegara ortki qismidan suv haydash yaxshi o’tkazuvchan, tektonik
buzilishlari bo’lmagan qum yoki qumtoshlardan tuzilgan qatlamlarda yaxshi natija
beradi. Ohaktoshlardan tuzilgan qatlamlarda chegara ortidan suv haydash hamma
vakt ham samarali chiqmaydi. CHunki, qatlamning ayrim qismlari bir-biri bilan
teshiklar yoki yoriqlar bilan boglanmagan bo’lishi mumkin.
Ayrim hollarda chegara qismidagi tog’ jinslari yaxshi o’tkazmas
bo’lsa, uxolda haydovchi quduqlar o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lgan
neftli
qatlam ichiga joylashtiriladi. Qatlamga suv haydashning bunday usulini chegra
ichki qismidan suv haydash usuli deb ataladi.
Haydovchi quduq chizig’ida hosil qilingan yuqori bosim yaqin
chiziqda joylashgan ikki-uch quduqqa faol ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun
chegara ortidan suv haydash qo’llanilayotgan katta neft
uyumlarini ishlatishning
dastlabki davrlarida ikki-uch tashqi qator ishlatish quvurlari burgulanib, markaziy
qismda burgilanmaydi.
YUqorida aytib o’tilgan chegara ortidan suv haydash neft uyumini ishlatish
tizimida tashqi qator quduqlarini suv bosgandan keyin markazdan quduq kaziladi.
Uyumni bunday ishlatish tartibi qatlam energiyasidan maksimal foydalanish
imkonini beradi. Bu usulning kamchiligi markaziy qismdagi quduqlar
konservasiyada turadi, uyumning ishlash vaktini uzaytiradi. SHuning uchun
chegara orti va chegara ichki qismidan suv xaydab
ishlatish usuli uncha katta
bo’lmagan uyumlarda, ya’ni xar bir haydash chizig’iga ikki, uch ko’p bo’lsa to’rt
qator quduq joylashadigan uyumlarda yaxshi samara beradi.
Qatlamga sun’iy ta’sir etish usullari bilan neft konini ishlatishni
jadallashtirish uchun chegara ichki qismi bilan chegara ortki qismiga suv xaydab
ishlatishning bir nechta turlaridan foydalaniladi.
Bunday jadallashtirishning eng ko’p tarqalgan usuli uyumni sun’iy
«kesish» usuli, ya’ni suv xaydab uyumni bir necha bo’laklarga bo’lib, xar bir
bo’lakni aloxida ishlatish usulidir.