IB > 685
Viktor Avvakumovich Mamilov,
Rafail Petrovich Petrov,
Georgiy Rojdenovich Shushaniya
URANNI YER OSTIDA TANLAB ERITMAGA O'TKAZISH USULIDA
QAZIB OLISH
2
SO‘Z BOSHI
Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usuli bugungi kunda yangi va tobora rivojlanib borayotgan usul bo'lib, Sobiq ittifoq hududidagi konlardan uranni ajratib olishda keng qo'llanilmoqda. Bu usulda qisqa vaqt davomida tadqiqotlar bosqichlari amalga oshirilib, texnologik skvajinalar orqali gidrogen turdagi, yupqa qatlamli, o'tkazuvchan, yer qa'rining turg'un zonalaridagi konlarni ochish tayyorlash va qazib olish ishlari amalga oshirilishi uning yutuqlaridan biridir.
Qiyin o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan konlarni ham o'zlashtirish bo'yicha samarali tajribalarga erishilib, bunday konlarda sun'iy o'tkazuvchanlik ma'danning yotish joyida maydalash yo'li bilan hosil qilinib qazib olinmoqda.
Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu usul shunisi bilan ajralib turadiki, gidrogen, tabiiy o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan konlarni qazib olishda bir qancha jihatlarni ko'rsatish mumkin: uran konlarini qazib olishda ekologik, jamiyat nuqtayi nazaridan ancha ta'siri kamligi va iqtisodiy kam xarajatliligini aytish mumkin. Ushbu usulni qo'llash juda ko‘p xarajat talab qilinadigan kon inshootlarini yoki karyerlar, shaxtalarni qurish, materiallar sarf xarajatlarini juda kamligi; konlarni ekspluatatsiya qilishda va qurilish ishlarida ishchilar sonining qisqarishi; kambag'al va juda kam uran tarkibli murakkab shakl va sharoitga ega bo'lgan, sochma va yupqa qatlamlardagi hamda qiyin gidrogeologik (odatiy usullarda qazib olish samara bermaydigan) konlarni samarali qazib olishga erishish mumkin.
Bunday natijalar mehnat sharoitlarining yaxshilanishiga, yer osti boyliklaridan to'liq va oqilona foydalanish, uranni qazib olish va qayta ishlashda minimum yo'qotishlar va balansdan tashqari zahiralardan ham metall ajratib olish imkonini beradi.
Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usuli ishlari olib borilayotgan hududda atrof-muhit himoyasini ta'minlaydi, bu usulni qo'llaganda yer ustki qatlami va atmosfera deyarli zararlanmaydi.
Bo'rttirmasdan shuni aytish mumkinki, gidrogen konlarni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usuli bilan uran qazib olish sanoati va ishlab chiqarish aloqalarini hamda ishlab chiqarish quvvatini yaxshi tomonga keskin o'zgartirib yubordi, bu esa o‘ta muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulida qazib olishni rivojlantirish istiqbollari juda katta. Yer qobig'ining depressiya zonalarining o'tkazuvchan cho'kindi qatlamlarida uranning gidrogen konlari xorijiy mamlakatlarda ham, Sovet Ittifoqida ham yadro energetikasining xom-ashyo zahiralarida juda muhim o'rin tutadi. Ma'lum bo'lgan gidrogen konlardagi uran zahiralaridan batamom foydalanilmagan va yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish
3
uslubi, mesozoy va kaynazoy cho'kindi jinslari tomonidan amalga oshirilgan, yer qobig'ida keng tarqalgan depresyonlarni paydo bo'lishiga qarab, ko'payishiga imkon beradi. Yangi usulni qo'llash, hatto qidirilayotgan konlar bo'yicha ham uran qazib olishni ko'paytiradi. Uran qazib olishni yanada kengaytirish, shubhasiz, uskuna - texnik vositalar va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan davom ettiriladi.
Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish bo'yicha ko'plab har xil sohadagi mutaxassislar jalb etiladi. Ushbu kitob yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulini kelajakda takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, konchilik sanoatining boshqa sohasidagi mutaxassislar bilan tajriba almashinish maqsadida xizmat qiladi.
Ushbu kitobni o‘qib chiqish faqatgina yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulini tadqiq qiluvchilargagina emas, sanoat xodimlariga, uranni ushbu usul bilan qazib oluvchi ishchilarga va barcha konchilik sanoati yangiliklari bilan qiziquvchilarga juda katta foydadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |