5.19-rasm. Alumin qotishmalarini argonda erimaydigan elektrod bilan payvandlashda ta’minlash manbayining (2) va turli uzunlikdagi yoyning (1) volt-amperli tavsiflari.
Qalinligi 10 mm dan kichkina alumin qotishmalarini pay- vandlash uchun ÓÄÃ qurilmasi eng ko‘p tarqalgan (5.8-jadval).
jadval
Aluminiy qotishmalarini payvandlash uchun qurilmalarning tex- nik tavsiflari
Ta’minlash manbayin- ing turi
|
Kuchlanishi, V
|
Payvandlash tok kuchi, A
|
UDE,
%
|
Talab qiladigan quvvati, kV.A
|
U1
|
Us.y.u.
|
Inom
|
Rostlash diapazoni
|
УДГ–101
|
220;380
|
70
|
50
|
2...80
|
60
|
7
|
УДГ–301
|
220;380
|
75
|
315
|
15...315
|
60
|
25
|
УДГ–501
|
380
|
72
|
500
|
40...500
|
60
|
40
|
УДГУ–301
|
380
|
75
|
315
|
15...315
|
60
|
25
|
УДГУ–501
|
380
|
65
|
500
|
15...500
|
60
|
28
|
Ular konstruksiyasining asosiy elementi – qiyaligi katta VAT ni ta’minlaydigan elektromagnit shuntli payvandlash transforma- toridir. Ularning konstruksiyasida elektrolitik kondensatorlar S ancha katta joyni egallaydi, yoyni yoqish uchun ossillyator 1 ko‘zda tutilgan, tok noldan o‘tayotgan momentda yoy razryadini barqarorlash uchun – stabilizator 2, payvandlash tokini boshqa- rish uchun boshqarish bloki 3 ko‘zda tutilgan (5.20-rasm).
5.20-rasm. ÓÄÃ qurilmasining prinsipial sxemasi:
1 – ossillyator; 2 – yoy stabiliza tori; 3 – payvandlash tokini bosh qarish bloki; C –kondensatorlar batareyasi; T1 – shuntli payvand
lash transformatori; W1; W2 va Wsh
– transformatorning birlamchi va
ikkilamchi chulg‘amlari va shunt chulg‘ami; E – volfram elektrod; A – alumindan detal; Ar – hi moyalovchi gaz (argon); L1, L2, N
– elektrod tarmog‘ining fazalari va
nol sim; S1, S2, S3 – klemmalar.
Yoy yordamida erimaydigan elektrod bilan payvandlashda, eriy- digan elektrod bilan payvandlashdan farqli o‘laroq quyidagi rejim- larni ajratish mumkin: salt ishlash, yoyni uyg‘otish, yuklama rejimi. Salt yurish rejimida payvandlash zanjiri ochiq va unda tok yo‘q.
Salt yurish kuchlanishi 65...75 V, kattasi avtomatik payvandlash uchun yo‘l qo‘yiladi. Yoyni uyg‘otish (hosil qilish) rejimi ikkilamchi konturda yuqori chastotali toklar va yuqori kuchlanish mavjudligi bilan shuningdek, elektrod va buyum orasida yuqori chastotali uch- qunli razryad mavjudligi bilan xarakterlanadi. Payvandlash zanjiri buzilmaganda va ossillyator diqqat bilan sozlanganda bu rejim se- kundni o‘ndan bir ulushlarida davom etadi va yoy razryadi hosil bo‘lgandan keyin qurilma yuklama rejimiga o‘tadi. Yoyni qisqa tutashish usuli bilan hosil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki bu holda elektrod qisman shikastlanishi (buzilishi) mumkin, uning zarracha- lari payvandlash vannasiga tushadi va chok kristallangandan keyin unda qoladi, uning pishiqligini pasaytiradi. Yuklama rejimida yoy tokning berilgan qiymatida payvand chok shakllanadi. Payvandlash jarayonining oxirida tok kuchining ishchi qiymati juda tekis mini- mal qiymatigacha kamaytiriladi, bunda boshqarish blokidan 3 foy- dalaniladi. Bunda tok birdaniga o‘chirilsa chok oxirida hosil bo‘la- digan krater to‘lg‘aziladi. Erimaydigan elektrod bilan yoy vositasida payvandlash uchun ÓÄÃ qurilmasidan tashqari ÓÄÃÓ rusumli qurilma ham ishlab chiqariladi (5.21-rasm, 5.8-jadvalga qarang), bu qurilma jarayonni o‘zgaruvchan tokda ham, o‘zgarmas tokda ham olib borishga imkon beradi, masalan korroziyaga bardosh beradigan (chidaydigan) po‘latlarni payvandlashga ham imkon beradi.
Sanoatda ÒÈÐ va A126 rusumli maxsuslashtirilgan qurilmalar ham ishlab chiqarilgan hamda qo‘llanmoqda, ularda payvandlash o‘zgaruvchan tok sinusoidal emas, burchakli shaklga ega.
5.21-rasm. ÓÄÃÓ–302 rusumli uni- versal qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |