Analitik kimyoda organik reagentlar



Download 19,78 Kb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi19,78 Kb.
#776853
  1   2   3   4
Bog'liq
Analitik kimyoda organik reagentlar.docx000000


Analitik kimyoda organik reagentlar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERISTETI
KIMYO FAKULTETI II BOSQICH TALABASI
SALIMOV SUNNATILLONING
ANALITIK KIMYO FANIDAN
"ANALITIK KIMYODA ORGANIK REAGENTLAR"
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Qabul qildi: Sayfiyev M.N.
Toshkent 2021
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. Organik reagentlar haqida umumiy ma'lumot
2. Organik reagentlarni analitik tahlilda qo'llanishi
3. Organik reagentlarni indikator xususiyati
4. Organik reagentlarni afzalligi va ishlatish sohalari
III. AMALIY QISM
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
REJA:

KIRISH

Hozirgi zamon analitik kimyosida organik reagentlarning roli beqiyos kattadir. Ular selektiv reagentlar sifatida ajratish. aniqlash, miqdoriy aniqlash (gravimetriya, fotometriya, titrimetriya, ekstraksion-fotometriya) metodlarida keng koʻlamda ishlatiladi. Organik moddalar ekstragentlar, indikatorlar: kislota-asosli, oksidlanish-qaytarilish, adsorbsion, metalloxrom indikatorlar sifatida ishlatiladi. Organik reagentlar taʼsirini nazariy asoslash, ularni maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan sintez olib borishga, reagentlarning xossalarini ular maʼlum holatlariga oʻrinbosarlar kiritish bilan oʻzgartirishga imkon beradi.


Analizda qoʻllaniluvchi reagentlar anorganik va organik tabiatli boʻladi. Keyingi yillarda anorganik ligandli komplekslardan koʻra organik ligandli komplekslar koʻproq ishlatilmoqda. Bunga ular ishtirokida seziluvchan, selektiv reaksiya boʻlishi, reaksiyalar aniqligining yuqoriligi sabab boʻlmoqda. Organik ligandli komplekslarning koʻpchiligi ichki kompleks birikmalarga kiradi.
Dastlab 1884-yilda M.A.Ilinskiy kobalt (II) ionini aniqlash uchun 1-nitrozo-2-naftoldan foydalangan edi. Bunda kobaltning qizil-qoʻngʻir rangli ichki kompleks birikmasi (n=6) hosil boʻladi, bu birikma xlorid va nitrat kislotalarda erimaydi. L.A.Chugayev 1905-yilda nikelni aniqlash uchun ishlatgan dimetilglioksim reaktivi hozirgacha eng yaxshi reagent sifatida qoʻllanib kelinmoqda. Koʻpgina organik reagentlar anorganik ionlarni xalaqit beruvchi begona moddalari ishtirokida aniqlashga imkon beradi. Bunga sabab, hosil boʻlgan birikmalarning rangliligidir.
Organik va ayrim anorganik reagentlar ishtirokida bir yoki bir necha yadroli komplekslar hosil boʻladi. Yadrolardagi markaziy ion bir xil boʻlsa, kompleksga gomopoliyadroli, har xil markaziy ionlar boʻlsa, geteropoliyadroli komplekslar deyiladi. Bundan tashqari, komplekslar bir yoki bir necha ligandli boʻlishi mumkin. Har xil ligandli komplekslarga aralash ligandli komplekslar deyiladi. Analizda qoʻllaniladigan organik reagentlarga organik analitik reagentlar (OAR) deyiladi, ularning molekulalarida analitik markaz boʻlib, u ikki muhim guruhdan iborat boʻladi. Ulardan biri funksional analitik guruh (FAG) deb yuritiladi. FAG anorganik ionlar bilan taʼsirlashish qobiliyatiga ega boʻlgan spetsifik guruhlardir. Bu guruhlarning taʼsirlashishidan hosil boʻlgan birikmaning analitik effektini analitik aktiv guruhlar (AAG) deb ataluvchi guruhlar taʼminlaydi. Shular hisobga olinsa, kompleks hosil qiluvchi OAR molekulasining tuzilishi quyidagicha boʻladi:

AAG



FAG

Download 19,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish