359
bilan ulangan yordamchi qurilmalar kiradi. TQ ochiq (OTQ), yopiq (YoTQ)
va komplekt (KTQ) (
Tortuvchi nimstansiya komplekt taqsimlash qurilmasi
ga qarang!) ko‘rinishlarda yasaladi. Tashqi elektr ta’minoti sxemasiga qarab
220, 110 kV li OTQ kop‘chilik hollarda yakka, ayrim hollarda esa ikkilangan
ishchi va aylanma shinali ko‘rinishda yasaladi (aylanma shinalar tizimi ishchi
tizimdagi uzgichlar ta’mirlanayotgan paytda qo‘llaniladi) (7.11- rasm).
Bunday OTQ larda shinalar tizimi uzgich yoki ajratgichlar yordamida
seksiyalarga ajratiladi.
7.11- rasm. 27,5 kV li va moyli uzgichga ega bo‘lgan ochiq taqsimlash
qurilmasi:
a
– umumiy ko‘rinishi;
b
– kontakt tarmog‘i 27,5 kV li fider bloki: 1 –
shinadagi
ajratgich; 2 – ВМУЭ-35Б rusumli uzgich; 3 – ТФЗМ-35А rusumli tok
transformatori; 4 – liniya ajratgichi; 5 – aylanma shinadagi ajratgich; 6 – zaxira shina; 7 –
blok tagligi; 8 – ajratgichlar motorli yuritmalari; 9 – blok qutisi; 10 – zinapoya.
O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarida 220, 110, 35, 10 yoki 6 kV li
o‘zgaruvchan tok OTQ va YoTQ lari o‘rnatiladi. Ikkita sim-rels liniyasi
tizimidan tortuvchi va notortuvchi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan
ta’minlashda 27,5 kV li ajratgichlar yordamida seksiyalarga ajratilgan ishchi
va aylanma shinalariga ega bo‘lgan OTQ quriladi. OTQ ning ishchi shinalari
tizimi ikki fazadan iborat bo‘ladi. 6 va 10 kV li YoTQ lari t.y.ning
notortuvchi va b. iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda ajratgichlar
yordamida seksiyalangan bitta shinalar tizimi mavjud(7.12- rasm).
O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarida OTQ va YoTQ lardan tashqari
1000 V dan past kuchlanishlarga mo‘ljallangan va nimstansiya o‘z
360
ehtiyojlani,
tezkor boshqarish, himoya, nazorat va signalizatsiya zanjirlarini
ta’minlash uchun TQ ham quriladi. Yuqori kuchlanishli TQlarida
kommutatsion apparatyralar sifatida ajratgichlar, alohidalagichlar,
qisqa
tutashtirgichlar, moyli, havoli, vakuumli va elegazli uzgichlar, 1000 V dan
past kuchlanishli TQlarida esa – rubilniklar, kontaktorlar,
magnit ishga
tushirgichlar va avtomatik uzgichlar ishlatiladi.
7.12- rasm. 27,5 kV li va vakuumli uzgichga ega bo‘lgan ochiq
taqsimlash qurilmasi:
a
– umumiy ko‘rinishi;
b
– kontakt tarmog‘i 27,5 kV li fider
bloki: 1 – shinadagi ajratgich; 2 – to‘rli to‘siq; 3 – o‘zida tok transformatori o‘rnatilgan
ВBC-27,5 rusumli vakuumli uzgich; 4 – ajratgich yuritmasi dastagi; 5 – rama; 6 – asos;
7 – mahkamlaydigan shpilkalar; 8 – qismali shkaf; 9 va 10 – ajratgichlarning motorli
yuritmalari; 11 – liniya va aylanma shinalardagi
ajratgichlar; 12 - izolyator.
Kommutatsion apparaturalar, o‘lchash asboblari va himoya qurilmalari
uchun transformatorlar, izolyatorlar, tok o‘tkazgichlar
maxsus metal yoki
temir-beton konstruksiyalarda o‘rnatiladi va mahkamlanadi. Xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1000 V dan yuqori
kuchlanishli TQlarida maxsus to‘siqlar shunday o‘rnatiladiki, natijada xodim
kuchlanish ostida bo‘lgan qurilmaga tegib ketadigan darajada yaqinlasha
olmasin. Normal ish jarayonida kuchlanish ostida bo‘lmagan, ammo
izolyatsiya ishdan chiqqanda inson hayoti uchun xavfli kuchlanishlar paydo
bo‘lishi mumkin bo‘lgan metal konstruksiyalar va qurilmalar qismlari
maxsus yerlanish konturiga ulab qo‘yiladi.
O‘zgaruvchan tok tortuvchi
nimstansiyalarida boshqarish, himoyalash va
signalizatsiya apparatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan
110 va 220 V kuchlanishli o‘zgarmas tok TQlari, yoritish asboblari, isitish,
361
elektr
qizdirish
qurilmalari
hamda
sanitar-texnik
qurilmalari
(shamollatgichlar, yuvinish va b.)ni ta’minlash uchun o‘zgaruvchan tok
TQlari mavjud. BundayTQlariapparatlar, asboblar, shinalarjoylashtirilgan
7.13- rasm. O‘zgaruvchantokoraliqnimstansiyasiuchuntortishbloki:
1 –
o‘zehtiyojlaritransformatoribloke; 2 - o‘zehtiyojlaritransformatori; 3 – 27,5
kVlikirishbloki; 4 – “Ikkitasim-rels” fideribloki; 5 - 27,5 kVlifiderbloki; 6 - 27,5
kVliuzgichzaxirabloke; 7 – kuchlanishtransformatori,
razryadniklarvaseksionajratgichbloke; 8 – temit-betonustunlar; 9 – poperechina.
shitlar, panellar, alohida shkaflar ko‘rinishida yasaladi. Shitlar va panellar
yopiq
xonalarda,
tortuvchi
nimstansiyaning
ochiq
qismlarida
joylashtiriladigan 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanishli TQlari metal yopiq
shkaflar ko‘rinishida yasaladi. O‘zgarmas
tok TQlari akkumulyator
batareyalaridan, o‘zgaruvchan tok TQlari esa o‘z ehtiyojlari uchun
mo‘ljallangan maxsus pasaytiruvchi transformatorlaridan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: