Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

G‘oyibov 
T.SH.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi 
“Elektr ta’minoti” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 
Norjigitov S.A. 
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi “Xodimlar 
malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘l markazi” katta 
o‘qituvchisi 
Sagatov G‘.T. 


5
SO‘ZBOSHI 
Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlari ularga qo‘yiladigan 
talablar, ularning ishlash sharoitlari, foydalaniladigan elektroenergetik va 
elektrotexnik qurilma va jihozlar, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha 
sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimlaridan keskin farq qiladi.
“Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti” fani 5310200 – elektr 
energetikasi (temir yo‘l transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi 
asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni talab darajasida 
o‘zlashtirish uchun talaba o‘quv rejadagi “Oliy matematika”, “Fizika”, 
“Elektrotexnikaning nazariy asoslari”, “Elektronika asoslari”, “Elektrotexnika 
materiallari”, “Elektromexanika”, “Metrologiya va elektr o‘lchashlar”, 
“Avtomatika va mikroprotsessorli qurilmalar asoslari”, “Energetikaning 
matematik masalalari”, “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash 
va ularni avtomatlashtirish” fanlari bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lishi 
lozim. Shuning bilan birga ushbu fan o‘quv rejadagi “Elektr tarmoqlari va 
tizimlari”, “Kontakt tarmog‘i”, “Tortuvchi nimstansiyalar”, “Yuqori kuchlanish 
texnikasi va izolatsiya”, “Elektr ta’minoti qurilmalarini qurish va montaj qilish” 
va “Notortuvchi iste’molchilar elektr ta’minoti” kabi umumkasbiy hamda 
ixtisoslik fanlari bilan chambarchas bog‘langan.
Ushbu fan bo‘yicha darslik 2016 yilda chop etilgan bo‘lsa-da, uning hajmi 
cheklanganligi bois unda elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimida 
foydalaniladigan qurilmalar, uskunalar, apparaturalar va sxemalarga oid texnik 
ma’lumotlar cheklangan hajmda keltirilgan yoki umuman keltirilmagan. 
“Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti” fanini o‘zlashtirishga oid 
Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya 
Federatsiyasi va boshqa chet el davlatlaridagi oliy temir yo‘l o‘quv yurtlari olim 
va pedagoglari tomonidan ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va 
ma’lumotnoma(spravochnik)lar chop etilgan. Qo‘lingizdagi kitob ana shu 
manbalar hamda so‘nggi yillarda ushbu sohani ilmiy va amaliy rivojlantirishga 
bag‘ishlangan monografiyalar, dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, xorij va 
respublikamizda o‘tkazilayotgan ilmiy va amaliy anjumanlar hamda xorijda va 
respublikamizda ishlab chiqilgan Davlat standartlari, sohaga oid qabul qilingan 
qoidalar, tavsiyalar, ensiklopedik materiallardan foydalanilgan holda yozilgan. 
O‘quv qo‘llanmada elektrlashgan temir yo‘llar va notortuvchi iste’molchilar
elektr ta’minoti, kontakt tarmog‘i va tortuvchi nimstansiyalarga oid atama va 


6
tushunchalarning qisqacha mohiyati, ularda qo‘llaniladigan qurilmalar, 
uskunalar va apparaturalar konstruksiyalari, ulanish sxemalari, qo‘llanish 
xususiyatlari, asosiy texnik xarakteristikalari ushbu sohadagi chet el tajribasidan 
ma’lum darajada foydalangan holda keltirilgan. Bundan tashqari, kitobda temir 
yo‘llar elektr ta’minotida foydalaniladigan temir yo‘llar, nazariy elektrotexnika, 
elektr transporti, metrologiya va elektr o‘lchashlarga oid atama va 
tushunchalarning qisqacha izohli lug‘ati ham berilgan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmani sinchiklab o‘rganib, uning sifatini oshirish va 
yanada boyitish borasida foydali maslahatlarini ayamagan “O‘zbekenergo” 
aksiyadorlik jamiyati ilmiy-texnika markazi direktori, texnika fanlari doktori, 
professor X.M. Muratovga, Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr 
stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, 
professor T.Sh. G‘oyibovga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 
“Elektr ta’minoti” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.A. Norjigitovga, 
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi “Xodimlar malakasini 
oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘l markazi” katta o‘qituvchisi G‘.T. 
Sagatovga mualliflar chuqur minnatdorlik bildiradi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish