Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

7.17. Relili himoya 
(
tortuvchi nimstansiyalarda
)
(R.h.) - Релейная 
защита 
на тяговых подстанциях

Relay protection
in traction powers

qisqa tutashish(QT) va anormal rejimlar(kuchlanish, tok va chastotani 
ularning ruxsat etilgan qiymatlaridan og‘ishi)ni aniqlaydigan hamda zarurat 
bo‘lganda uzgich kontaktlarini ajratish mexanizmi yoki signaliga ta’sir 
ko‘rsatadigan avtomatik qurilma. R.h. qurilmasi bilan tortuvchi 
nimstansiyalar fiderlari va shinalari, transformatorlar va o‘zgartirgich 
agregatlari, o‘z ehtiyojlari transformatorlari, kontakt tarmog‘i fiderlari, 
notortuvchi iste’molchilar liniyalari va b. jihozlanadi. Avtomatik qayta ulash, 
zahiraga avtomatik ulash va avtomatik chastotali yuksizlantirish(razgruzka) 
qurilmalari bilan birga R.h. avariyaga qarshi avtomatika tizimini tashkil etadi.
Himoya qilinadigan qurilmalar vazifasi va ishlash shart-sharoitlariga 
qarab himoyaning quyidagi turlari qo‘llaniladi: tokli, minimal kuchlanishli, 
masofaviy(distansion), yuqori chastotali va b. 110 yoki 220 kV liniyalari 
uchun ko‘p fazali QT va yerga ulanishdan R.h. ishlatiladi. Tayanch 
nimstansiyalarda ko‘p fazali QT lardan himoya uch fazali masofaviy (uch 
yoki ikki pog‘onali) himoya va ikki fazali tokli kesmadan iborat bo‘lgan 
majmua ko‘rinishida yoki uch fazali masofaviy himoya va tokli kesma bilan 
to‘ldirilgan yuqori chastotali himoya ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. 
Tranzit nimstansiyalarda bu himoyalar ta’minlovchi liniyalar oralig‘idagi 
tutashtirgichlarda o‘rnatiladi. Liniyalardan birida QT yuz berganda himoya 
tutashtirgichlardagi uzgichlarni va shikastlangan liniyadagi transformatorni 
ajratadi. O‘zgaruvchan tok tranzit tortuvchi nimstansiyalarida qo‘shimcha 
ravishda kutish vaqtiga ega bo‘lgan vinimal kuchlanish zahira himoyasi 
sifatida o‘rnatiladi. Bu himoya kontakt tarmog‘i tomonidan shikastlangan 
liniyani elektr energiyasi bilan ta’minlanishini oldini olish vazifasini bajaradi.
O‘zgaruvchan tok “otpaykali” nimstansiyalarida xuddi tranzit 
nimstansiyalardagidek himoyalar o‘rnatiladi. Tortuvchi nimstansiyalarni 
ta’minlovchi 6; 10 va 35 kV li parallel liniyalarda ko‘p fazali QT lardan 
himoyalash uchun kutish vaqtisiz ikki fazali ko‘ndalang tokli yo‘naltirilgan 
R.h. qo‘llaniladi. Shu kuchlanishli yakka liniya uchun bir tomonlama 
ta’minlanish sxemasida kutish vaqtiga ega bo‘lgan maksimal tokli himoya 


356
hamda ikki fazali tokli kesmadan foydalaniladi. Bundan tashqari, ushbu 
liniyalarda bitta faza yerga ulanib qolganda ishga tushadigan nol ketma-
ketlikli yo‘naltirilgan R.h. o‘rnatiladi. 6; 10 va 27,5 kV li bo‘ylama elektr 
ta’minoti liniyalarida ko‘p fazali QT larga ikki pog‘onali maksimal tokli 
himoya yoki birinchi pog‘onasida tokli kesma ko‘zda tutilgan ikki pog‘onali 
himoya reaksiya qiladi. Bitta faza yerga ulanib qolganda himoya xuddi o‘sha 
kuchlanishli bir tomonlama ta’minlanayotgan liniyalardagi himoyadek
amalga oshiriladi. O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarida QT tokining 
kontakt tarmog‘i fiderlariga ta’siri tokli kesmaga ega bo‘lgan ikki pog‘onali 
masofaviy R.h. yordamida bartaraf etiladi. Zarurat bo‘lganda 
teleblokirovka
qo‘llaniladi.
110 – 220 kV kuchlanishli tarmoqdan ta’minlanayotgan pasaytiruvchi 
transformatorlar chulg‘amlari va chiqishlari QT lardan, o‘ramlararo ulanish, 
tashqi QT va o‘ta yuklanishlardan himoya qilinadi. Chulg‘amlar va 
chiqishlardagi QT larga kutish vaqtiga ega bo‘lmagan uch fazali bo‘ylama 
differensial tokli himoya reaksiya qiladi. Uchta chulg‘amdan iborat bo‘lgan 
transformatorlarda himoya uch fazali uchta releli, ikkita chulg‘amli 
tarnsformatorlarda esa ikkita releli variantlarda yasaladi. O‘ramlararo ulanish 
va boshqa ichki shikastlanishlarda avariya holati tezkor suratda rivojlanishini 
oldini olish maqsadida transformatorlarda gazli himoya ko‘zda tutiladi. 
Ushbu maqsadda bakda, kengaytirgichda va kuchlanishni yuklama ostida 
rostlash qurilmasida alohida rele o‘rnatiladi. Transformator moyining yuqori 
harorat ostida qizishi natijasida sekin suratlarda gaz hosil bo‘lganda hamda 
moy sathi sekin asta kamayganda himoya signalga reaksiya qiladi, gaz hosil 
bo‘lish avj olganda esa transformatorni manbadan ajratadi. Kuchlanishni 
yuklama ostida rostlash qurilmasi mexanizmi oraliq holatda to‘xtab qolganda 
ham (bu holat maxsus datchik yordamida qayd etiladi) tarnsformator 
manbadan ajratiladi.
Pasaytiruvchi transformatorlar 110 va 220 kV tomonidagi tashqi QT 
lardan uch fazali uchta releli variantda yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lgan 
maksimal tokli R.h. yordamida himoyalanadi. Uning ishga tushishi tok 
kattaligi va vaqti bo‘yicha transformator past (ikkilamchi chulg‘amlardagi) 
kuchlanish tomonidagi himoya bilan moslashtiriladi. Bu himoya ham ichki 
shikastlanishlarda differensial va gazli himoyalar uchun zaxira vazifasini 
bajaradi. Bunda kutish vaqti o‘rta va past kuchlanish tomonidagi maksimal 
himoyadagiga nisbatan bir pog‘ona yuqori tanlanadi.


357
O‘zgaruvchan 
tok 
tortuvchi 
nimstansiyalar 
pasaytiruvchi 
transformatorlarining 27,5 kV li tortish chulg‘ami tomonida ikki fazali ikkita 
relili, ikkita komplekt relili (relelar ikala pasaytiruvchi transformatorlar toklar 
yig‘indisiga ulangan) variantda yasalgan maksimal tokli himoya o‘rnatiladi. 
Pasaytiruvchi transformatorlar o‘ta yuklanishiga bir fazali bitta releli 
variantda yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lgan maksimal tokli R.h. 
reaksiya qiladi; u signal ta’sirida ishga tushadi. Apparatura asosiy manba 
tomonida o‘rnatiladi.
35/(6-10) kV kuchlanishli tuman pasaytiruvchi transformatorlari uch 
fazali ikkita releli variantda yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lmagan 
bo‘ylama differensial tokli R.h. bilan jihozlanadi. Bu himoya chulg‘amlar va 
kirishlardagi QT larga reaksiya qiladi. O‘ramlararo va tashqi QT larda hamda 
o‘ta yuklanish sodir bo‘lganda 110 yoki 220 kV kuchlanishli pasaytiruvchi 
transformatorlardagi himoyadek himoya ishga tushadi.
O‘z ehtiyojlari tarnsformatorlari ikki fazali ikkita releli variantda 
yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lmagan tokli kesma bilan jihozlanadi, u 
tarnsformatorlar chulg‘amlari va chiqishlarida yuz beradigan QT lardan 
himoyalaydi. Bundan tashqari, transformatordagi barcha QT larga va o‘z 
ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan past kuchlanish shinalaridagi QT larga 
reaksiya qiladigan ikki fazali uchta releli variantda yasalgan va kutish vaqtiga 
ega bo‘lgan maksimal tokli himoya ham o‘rnatilgan. O‘z ehtiyojlari 
tarnsformatorlarini o‘ta yuklanishdan himoyalash 110 yoki 220 kV 
kuchlanishli pasaytiruvchi transformatorlardagi himoyadek tashkil etiladi. 
Tayanch nimstansiya 110 yoki 220 kV li yig‘ma shinalarda yuz 
beradigan barcha turdagi QT larga uch fazali uchta releli variantda yasalgan 
va to‘yinuvchi transformatorga ega bo‘lgan differensial tokli R.h. reaksiya 
qiladi. Shinalarning har bir seksiyasida barcha ulanishlar va seksion 
uzgichlarni QT yuz berganda kutish vaqtisiz ajratadigan o‘zining R.h. 
komplekti bo‘ladi. Ko‘p fazali QT laaraada ikki fazali ikki pog‘onali tokli 
kesma ishga tushadi. U shinalar differensial himoyasini va shinalardan 
ta’minlanayotgan 
ulanishlar 
himoyasining 
birinchi 
pog‘onasini 
zaxiralaydi.Uning ikkinchi pog‘onasi kutish vaqti bilan ishga tushadi. Bitta 
faza yerga ulanib qolganda uch pog‘onali yo‘naltirilgan va kutish vaqtiga ega 
bo‘lgan nol ketma-ketlik himoyasi reaksiya qiladi. Bu himoya ham boshqa 
himoyalar uchun zaxira vazifasini bajaradi. 


358

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish