352
nimstansiyalar oralig‘ida joylashgan bo‘lib, u tranzit (Tr.t.n.) va “otpayka”li
(Ot.t.n.) kabi turlarga bo‘linadi. Tr.t.n. yuqori (110, 150 yoki 220 kV)
kuchlanishli elektr uzatish liniyasiga kesma ko‘rinishida
ulanadi va shuning
uchun ham u o‘zida joylashtirilgan taqsimlash qurilmalarining yig‘ma
shinalari yordamida elektr energiyasini yondosh tortuvchi nimstansiyalararo
tranzitini amalga oshirish imkonini beradi. Ot.t.n. yuqori (110, 150 yoki 220
kV) kuchlanishli elektr uzatish liniyasiga “otpayka” qilinadi, ya’ni sidirg‘a
shoxobchalangan(«глухое ответвление») ko‘rinishida ulanadi. Ot.t.n.,
odatda, uzgichlarsiz, Tr.t.n. esa 110, 150 yoki 220 kV kuchlanish tomonida
bitta uzgich o‘rnatilgan holda quriladi. Narxi qimmat bo‘lgan tayanch
tortuvchi nimstansiyalar oralig‘ida O.t.n. larni o‘rnatilishi t.y.
larni
elektrlashtirish umumiy narxini kamaytirish, muddatlarini va ish hajmini
qisqartirish imkonini beradi. Shuning bilan birga elektr ta’minoti yuqori
ishonchliligini saqlab qolish maqsadida
yondosh tayanch tortuvchi
nimstansiyalar oralig‘ida o‘rnatiladigan O.t.n. larning soni beshtadan
ortishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.14. “Otpayka”li tortuvchi nimstansiya
(O.t.n.)-
Отпаечная
тяговая подстанция - Tie-down traction power -
oraliq tortuvchi
nimstansiya bo‘lib, u 110(150) yoki 220 kV kuchlanishli bitta yoki ikkita ikki
tomonlama ta’minlanayotgan elektr energiyasining uzatish liniyalariga
“otpayka” ko‘rinishida ulanadi. O.t.n. da yuqori(ta’minlovchi) kuchlanish
taqsimlovchi qurilmasi(TQ) yuoqori kuchlanishli uzgichlarsiz qilib
yasaladi(rasm). Elektr harakat tarkibi va tuman yuklamalarini ta’minlash
uchun tayanch va transit nimstansiyalarda qo‘llaniladigan TQ lariga o‘xshash
TQ lari ishlatiladi. Elektr energiyasini uzatish liniyalaridan(EUL)
chiqqan
otpaykalar orasidagi ishchi tutashtirgich(peremichka)da o‘zaro ketme-ket
ulangan ikkita ajratgich 6 va 7 (ajratgich 7 elektr yuritmaga ega) o‘rnatilgan.
Ta’minlovchi EULda muzlamani eritish ko‘zda tutilgan tortuvchi
nimstansiyada yana bitta tutashtirgich nazarda tutiladi. Bu tutashtirgichda
elektr yuritmali ikkita ajratgich 2 va 3 o‘rnatiladi, muzlamani eritish zanjirida
elektr
yuritmali, ikki qutbli ajratgich 1 o‘rnatilgan. Otpaykadagi ikkala
tutashtirgich oralig‘ida elektr yuritmali ikkita ajratgich 2 va 3 o‘rnatiladi,
natijada TQ zanjirlari sxemasini tezkor ravishda teleboshqarish imkoniyati
yuzaga keladi. O.t.n. da har bir tortuvchi transformator (
Tortuvchi
nimstansiya transformatori
ga qarang!) o‘zaro ketme-ket ulangan ajratgich 8
va alohidalagich 9 orqali o‘ziga tegishli otpaykaga ulangan. Tortuvchi
353
transformator 11 va alohidalagich 9 zanjiri oralig‘ida uchta fazadan bittasini
yerga ulovchi bir qutbli qisqa tutashtirgich 10 joylashtirilgan. Bunday ulanish
sxemasi: -transformatorni manbadan tezkor
uzish imkoniyatini beradi
(buning uchun avval uning zanjiridagi uchgichlar uziladi, zanjir
toksizlangandan keyin esa alohidalagich pichoqlari ajratiladi); -transformator
tezkor ulanadi (apparatlarning ulanish ketma-ketligi avvalgisiga teskari
bo‘ladi); -transformatorni gazli, maksimal tok himoyasi, differensial himoya
ishga tushganda himoya zanjiridan uzish. Bu himoyadan istalgan bittasi ishga
tushganda yuqori kuchlanishli uzgich uziladi va qisqa tutashtirgich 10
ulanadi, natijada O.t.n. dagi shikastlangan transformator
zanjirining yuqori
kuchlanishli tomonida sun’iy ravishda bir fazali qisqa tutashish(QT) hosil
qilinadi. Bu QT zanjiri ta’minlovchi tarmoq tomonidagi uzgichlar yordamida
uziladi, natijada O.t.n. tashqi elektr ta’minoti tarmog‘i
7.9-rasm. “Otpayka”li tortuvchi nimstansiya sxemasi.
tarafidan toksizlantiriladi va undan keyin alohidalagich shikastlangan
transformatorni butun zanjirdan ajratadi. Uzgichlarni
avtomatik qayta ulash
qurilmasi O.t.n.ni (shikastlangan transformatorsiz) yana ishga tushiradi.
Yuqori kuchlanish tomonida katta quvvatli yuqori kuchlanishli uzgichlarning
bo‘lmasligi O.t.n. lar narxini, akkumulyator batareyalar sig‘imini sezilarli
darajada pasaytirish va nimstansiya egallaydigan maydon yuzasini
qisqartirish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: