346
Apparaturalar taftish qilinishi talab etilganda g‘ildiraydigan aravachalar
kameradan chiqariladi, qolgan kuchlanish ostida bo‘lgan boshqa jihozlar
ishonchli ravishda to‘siladi. K.t.q.dan foydalanish tortuvchi nimstansiyalar
montaji va ularni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlarni kamaytirish
imkoniyatini beradi.
“Sharq-27,5”
seriyali
K.t.q.
o‘zgaruvchan
tok
tortuvchi
nimstansiyalarida foydalanish uchun ochiq joyda o‘rnatishga mo‘ljallangan
bo‘lib (7.1-jadvalga qarang!), u quyidagi rusumdagi shkaflarga ega: -
transformator tortish chulg‘amini K.t.q.-27,5 shinalari ulash uchun ikki qutbli
uzgich kirish shkafi; -tortish tarmog‘i ta’minlash liniyasini K.t.q.-27,5 bosh
shinasi bilan ulash uchun tortish tarmog‘i ta’minlash liniyasining bir qutbli
uzgich shkafi; -“Ikkita sim-rels” (ISR) elektr uzatish liniyasini K.t.q.-27,5
shinasi bilan ulash uchun ISR elektr uzatish liniyasining uzgichi shkafi; -
filtratsiya va kompensatsiya qurilmasining kondensator-reaktor uskunasini
yig‘ma shinalarga ulash uchun filtratsiya va
kompensatsiya qurilmasining
uzgichi shkafi; - K.t.q.-27,5 va o‘ta kuchlanishni chegaralagich yig‘ma
shinalari kuchlanishini nazorat qiluvchi o‘lchash transformatorlarini
joylashtirish uchun ikkita bir fazali transformatorlar shkafi;
7.1-jadval
Parametr nomi
Qiymati
Nominal kuchlanishi, kV
27,5
Eng katta ishchi liniya kuchlanishi, kV
40,5
Qisqa muddatli, o‘zgaruvchan sinash kuchlanishi(yerga
nisbatan), kV
95
Sinash kuchlanishining ta’sir etish vaqti, min
1
Yig‘ma
shinalar nominal toki, kA
1,6; 2,0
K.t.n.da o‘rnatilgan uzgichning uzish nominal toki, kA
20
Termik mustahkamlik toki, kA
20
Elektrodinamik mustahkamlik toki, kA
51
Termik mustahkamlik tokining o‘tish vaqti, s:
-bosh zanjirlardan
Yerlovchi ajratgichdan
3
1
Liniya yuqori kuchlanish ulanishlarning turi
Shinali
Xizmat ko‘rsatish sharti
Bir
tomonlama
Qobig‘ni himoyalash darajasi (ГОСТ 14254 bo‘yicha)
IP20
Boshqarish turi
Mahalliy, masofaviy
*
Eslatma: Ushbu t.y. komplekt transformator nimstansiyasi “Uzelektroapparat” AJ
da ishlab chiqarilmoqda
.
347
-shinalar seksiyalarini o‘zaro ulash uchun ikki qutbli seksion ajratgichlar
shkafi; -110 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini K.t.q.-
27,5 yig‘ma shinalari bilan muzlamani eritish fideri uzgichi shkafi; -shinalar
seksiyalarini o‘zaro ulash uchun mo‘ljallangan zaxiradagi uzgich va seksion
ajratgichlar shkafi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan shkaflardan
elektrlashgan t.y. tortuvchi nimstansiyalari uchun zarur bo‘lgan to‘la
qonli
K.t.q.ni komplektlash mumkin. uzatish liniyasini K.t.q.-27,5 shinasi bilan
ulash uchun ISR elektr uzatish liniyasining uzgichi shkafi; -filtratsiya va
kompensatsiya qurilmasining kondensator-reaktor uskunasini yig‘ma
shinalarga ulash uchun filtratsiya va kompensatsiya qurilmasining uzgichi
shkafi; - K.t.q.-27,5 va o‘ta kuchlanishni chegaralagich yig‘ma
shinalari
kuchlanishini nazorat qiluvchi o‘lchash transformatorlarini joylashtirish
uchun ikkita bir fazali transformatorlar shkafi; -shinalar seksiyalarini o‘zaro
ulash uchun ikki qutbli seksion ajratgichlar shkafi; -110 kV va undan yuqori
kuchlanishli elektr uzatish liniyasini K.t.q.-27,5 yig‘ma shinalari bilan
muzlamani eritish fideri uzgichi shkafi; -shinalar seksiyalarini o‘zaro
ulash
uchun mo‘ljallangan zaxiradagi uzgich va seksion ajratgichlar shkafi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan shkaflardan elektrlashgan t.y.
tortuvchi nimstansiyalari uchun zarur bo‘lgan to‘la qonli K.t.q.ni
komplektlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: