6.23. Havo strelkasi fiksirlangan
(kontakt osmasi)
- Bоздушная
стрелка фиксированная
(контактной подвески)
– Air fixed arrow
(contact suspension)
-o‘z holatini gorizontal tekislikda o‘zgartirmaydigan t.y.
kontakt osmasi havo strelkasi (
havo strelkasi
ga qarang!).
6.24. Kabel (K.) – Кабель –
Cable - Bitta yoki bir nechta
izolyatsiyalangan elektr o‘tkazgich simlardan tashkil topgan va umumiy
izolyatsiya hamda germetik qobig‘ bilan qoplangan elektrotexnik mahsulot.
Bajaradigan vazifasiga qarab u kuch, signal-bloklovchi va nazorat hamda
aloqa(magistral va stansion) K.larga bo‘nlinadi. K., odatda, yer ostiga
xandaq(transhiya)larda: peregonlarda – suv oqib ketishi mo‘ljallangan
ariqcha bilan t.y. oralig‘ida, stansiyalarda esa t.y. lar oralig‘ida yoki ular
chekkasi yoki t.y.lar ostida(quvur(truba) ichida hamda inshootlarning ushlab
turuvchi konstruksiyalari bo‘ylab yoki ularning ichida yotqiziladi. Stansion
aloqa K.larni yotqizish uchun asbest-sement quvurlar (temit-beton o‘ra-
quduqlari bilan birga) ishlatiladi. Daydi toklar hisobidan yuzaga keladigan
elektrokorroziyadan K.larni kuchaytirilgan himoya qobig‘lari yordamida
himoya qilinadi. Bu qobig‘lar tarkibiga ko‘pincha plastmassa qatlamlar
kiradi.
Kuch K.lari (6.8-rasm) t.y. tugunlari, stansiyalari va tarqalish
stansiya(razyezd) larining elektr uzatish liniyalarida hamda peregonlardagi
turli xil (o‘tish joylarini yoritish tizimlari, yo‘l qurilmalari, o‘tish joylarining
signalizatsiyalari, signalizatsiya, markazlashish va blokirovka va b.)
iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda keng ishlatiladi. Bundan
tashqari, kuch K.laridan yuqori (6-10 kV) va past (1000 V gacha)
kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida qo‘yilma (vstavka) sifaqtida
foydalaniladi.
Signal-bloklovchi K.lar amalda faqat t.y. transportida, asosan,
signalizatsiya, markazlashish va blokirovka(SMB-СЦБ)ning elektr jihozlari
bilan joylashtirilgan post qurilmalari(svetoforlar, rele qutilari, strelkali
257
yuritmalar va b.)da ularni bir-biribilan ulash uchun hamda yong‘in
signalizatsiyasi va avtomatikasi qurilmalarini montaj qilishda ishlatiladi. Ular
o’zgaruvchan tokda 300 V ga, o’zgarmas tokda 700 V ga mo‘ljallab diametri
1 mm bo‘lgan jil(sim-tomir) ko‘rinishida tayyorlanadi. Jillar qalinligi 0,45-
0,9 mm bo‘lgan yaxlit polietilen qoplama va metall(alyuminiy) yoki
plastmassa qobig‘ bilan o‘raladi. K.dagi jillar soni 3 dan 61 gacha. Qobig‘
ustki qismi zarurat bo‘lganda po‘lat tasma ko‘rinishida zirx bilan o‘raladi.
6.8- rasm. Po‘lat zirxli kuch kabeli:
1
– tok o‘tkazuvchi simlar to‘plami; 2 – faza
va tasma izolyatsiya; 3 – qobig‘; 4 - po‘lat
zirx; 5 – tashqi himoya qoplamasi.
6.9-rasm. Nazorat kabeli:
1 – tok
o‘tkazuvchi simlar to‘plami; 2 –
izolyatsiya; 3 – qobig‘.
Nazorat K.lari (6.9-rasm) elektr va dispetcher markazlashishdagi SMB
qurilmalarini, transformator nimstansiyalaridagi taqsimlash qurilmalarining
ikkilamchi kommutatsiya zanjirlarini hamda turli elektr uskunalar(kontakt
tarmog‘i va yuqori kuchlanishli avtoblokirovka liniyalari ajratgichlari,
stansiyalar tashqi yoritish tizimi kontaktorlari va b.)ni montaj qilishda
ishlatiladi. Nazorat K.lari jillari alyuminiy yoki misdan kesimi 0,75-10
𝑚𝑚
2
qilib yasaladi. K.dagi jillar soni 3 dan 61 gacha.
6.10-rasm. T.y. aloqa kabeli:
1 –
to‘rtlik; 2 – signal jilasi; 3 – tasmali
izolyatsiya; 4 – alyuminiy qobig‘; 5 –
polivinilxlorid tasma va zirx osti
yotiqchasi; 6 – po‘lat tasmali zirx; 7 –
tashqi qoplama; 8 - polivinilxlorid tasma
(yoki shlang).
258
T.y. aloqasi kabellari “O’zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik
jamiyatiga qarashli magistral va tezkor-texnologik aloqa tarmoqlarida
ishlatiladi. Bunday K.lar tuzilishiga ko‘ra simmetrik joylashtirilgan o‘ralgan
ko‘p tomirli sim(jil) (6.10-rasm) va koaksal, ya’ni markaziy(ichki) simga
silindrsimon
o‘tkazgich kiydirilgan. Simmetrik K.larda jillarning
o‘ralishi(buralishi) undagi barcha zanjir(juftlik)larda o‘zaro va tashqi
xalaqit(pomex)lar ga nisbatan bir xil sharoit yaratish maqsadida amalga
oshirilgan. Koaksial K.lardagi tashqi silindrsimon o‘tkazgich bir vaqtning
o‘zida elektromagnit ekran vazifasini ham bajaradi, ya’ni tashqi xalaqitlardan
himoyalaydi. Magistral aloqa liniyalarida simmetrik K.lar, uzunligi
cheklangan aloqa liniyalarida (masalan, aylanma yo‘llarda) esa
kombinatsiyalashgan K.lar, ya’ni simmetrik va koaksial K.lar ishlatiladi.
Simmetrik K.lar ikki kabelli,kombinatsiyalashgan K.lar esa bitta kabelli
magistral aloqa liniyalarida yotqiziladi. T.y. aloqasi kabellari kontakt
tarmog‘i tortish va qisqa tutashish toklarining xavfli ta’siridan hamda toklar
garmonik tashkil etuvchilari ta’siridan va elektrokimyoviy korroziyadan
maxsus himoyaga ega.
Yaponiyadagi yuqori tezlikli temir yo‘l magistallari elektr ta’minoti
tizimini kuchaytirishning yangi usuli – bu yuqori kuchlanishli koaksial
kabellarni qo‘llashdir (6.11-rasm). Koaksial kabelning ichki simi kontakt
simi bilan elektr jihatdan ulangan va u kontakt osmasi simlari kesimi yuzasini
oshiradi.
6.11-rasm. Yuqori tezlikli temir yo‘l magistrallari (Yaponiya) da yuqori
kuchlanishli koaksial kabel qo‘llanilgan elektr ta’minoti sxemasi.
259
Tashqi sim relsli qaytuvchi tarmoqqa ulanadi va qaytuvchi tokni ushbu sim
bo‘ylab o‘tishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |