Uo‘K: 53(072) kbk


Konsol: izolyatsiyalangan



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.31. Konsol: izolyatsiyalangan 
(kontakt tarmog‘i)
– Kонсоль 
изолированная 
(контактной сети)
 - 
Isolated console 
(contact network)
-
kontakt tarmog‘i konsoli bo‘lib, u kontakt tarmog‘i tayanchi yoki kontakt 
tarmog‘i qattiq poperechinasining konsol ustunidan elektr jihatdan 
izolyatsiyalangan va tortish tarmog‘i potensiali ta’sirida bo‘ladi (
Konsol 
(kontakt tarmog‘i)
ga qarang!).
6.32. Konsol: izolyatsiyalanmagan 
(kontakt tarmog‘i)
– Kонсоль 
неизолированная 
(контактной сети)

Uninsulated console 
(contact 
network)
-kontakt tarmog‘i konsoli bo‘lib, u kontakt tarmog‘i tayanchi yoki 
kontakt tarmog‘i qattiq poperechinasining konsol ustunidan elektr jihatdan 
izolyatsiyalanmagan va yer potensiali ta’sirida bo‘ladi (
Konsol (kontakt 
tarmog‘i)
ga qarang!).
6.33. Konsol: qayrilgan 
(kontakt tarmog‘i)
– Kонсоль изогнутая 
(контактной сети)
- Conical bent 
(contact network)
-kontakt tarmog‘ining 
tutib(ushlab) turuvchi konstruksiyasi bo‘lib, u gorizontal yoki egilgan tortqi 
va qayrilgan egilgan kronshteyndan tashkil topgan (
Konsol (kontakt 
tarmog‘i)
ga qarang!). 
6.34. Kontakt osmasi (K.o.) – Контактная подвеска - 
Contact lines -
kontakt tarmog‘i kontakt simi, ushlab turuvchi sim va kuchaytiruvchi sim 
to‘plami bo‘lib, ularning o‘zaro joylashishi, mexanik ulanishi, materiali va 
kesimi elektr energiyasini tortuvchi nimstansiyadan elektrovozga yetarli 
darajada sifatli yetkazishni ta’minlaydi. K.o. tuzilishi uning iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqligi, foydalanish shart-sharoitlari(elektr harakat tarkibining 
maksimal tezligi, bitta tok qabul qilgich olayotgan tok maksimal qiymati) va 
klimatik sharoitlarga bog‘liq ravishda tanlanadi. Elektr harakat tarkibi tezligi 
va quvvatining ortib borishi bilan kontakt tarmog‘idan ishonchli ravishda tok 
olinishga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda K.o. konstruksiyasining
quyidagi turlari yaratilgan: 
oddiy

yakka zanjirli oddiy tor bilan

ikkilangan 
zanjirli; uchlangan zanjirli
. Tezlik 50 km/s gacha bo‘lganda oddiy K.o. ham 
kontakt tarmog‘idan qoniqarli darajada tok olishni ta’minlay oladi. U


263
kontakt tarmog‘ining A va B tayanchlariga yoki syn’iy inshootlar orasida 
ko‘ndalang tortilgan troslarga mahkamlangan bo‘ladi (6.15- rasm). K.o.dan 
tok olish sifati asosan simning osilish strelasi f ga, u esa simga ta’sir 
etayotgan umumiy yuklamaga bog‘liq. Bu yuklama kattaligi simning 
og‘irligi, shamol yuklamasi tayanchlararo oraliq 
l
va sim tarangligiga bog‘liq 
bo‘ladi. K.o.dan tok olish sifatiga 

burchak ham katta ta’sir ko‘rsatadi: u 
qancha kichik bo‘lsa, tok olish sifati shuncha past bo‘ladi, chunki tok qabul 
qilgich tayanch zonadan o‘tayotganda urilish zarbasi kuchliroq bo‘ladi. Bu 
holat kontakt simi va tok qabul qilgich kontakt qo‘yilmasining ko‘proq 
yeyilishiga ham sababchi bo‘ladi. Tayanch zonalarda tok olish sifati 
ikkilangan 
6.15- rasm. Yakkalangan oddiy 
kontakt osmasi simini osilish egri 
chizig‘i 
6.16- rasm. Ikkilangan oddiy kontakt 
osmasi simini osilish egri chizig‘i 
oddiy kontakt osmasida biroz yaxshilanadi (6.16-rasm). Elektr harakat tarkibi 
tezligi yanada oshirilganda ham kontakt tarmog‘idan qoniqarli darajada tok 
olishni ta’minlash uchun tayanchlararo oraliqni anchaga qisqartirish lozim 
bo‘ladi, bu esa iqtisodiy jihatdan samara bermaydi yoki sim tarangligini 
mumkin bo‘lmagan qiymatlargacha oshirishni talab etadi. Bunday paytlarda 
zanjirli K.o. qo‘llaniladi (6.17- rasm). Bunday K.o.larida kontakt simi ushlab 
turuvchi trosga tor(struna)lar yordamida osiladi. “zanjirli” deb nomlanishiga 
sabab shuki, ushlab turuvchi tros zanjirli liniya tenglamasiga muvofiq 
vertikal tekislikda joylashadi. Ushlab turuvchi tros va trosdan tashkil topgan 
K.o. yakka K.o. deb ataladi (6.17- rasm, 
a
). Torlar soni ko‘p bo‘lganda 
kontakt simini vertikal tekislikda istalgancha joylashishiga erishish mumkin, 
xususan, u amalda to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida (umuman osilmay) joylashishi 
mumkin. Bundan tashqari, 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish