Uo‘K: 53(072) kbk


Kontakt simi (K.s.) – Контактный провод – Contact wire -



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.54. Kontakt simi (K.s.) – Контактный провод – Contact wire -
kontakt osmasining elektr harakat tarkibi tok qabul qilgichlari bilan tok olish 
jarayonida bevosita ta’sirda bo‘luvchi asosiy yoki yakkayu-yagona simi. 
Bittalik va ikkitalik (bitta kontakt osmasida joylashtirilgan chap va o‘ng) K.s. 
ishlatiladi. Ikkitalik K.s. odatda tok olish sifatini oshirish maqsadida tok 
qabul qilgich olayotgan tok 1000 A dan ortiq bo‘lganda ishlatiladi. K.s. 
birinchi marta 1881 yilga Germaniyada E.V. Simens (E.W. Siemens) 
tomonidan qo‘llanilgan. K.s.ning hozirgi ko‘rinishi 20- asr boshlarida 
shakllangan (6.19- rasm). Rossiya va mamlakatimizda K.s. boshchasining 
shakli sim kesimining yuzasi kattaligiga bog‘liq emas, boshqa chet 
elmamlakatlarida esa bog‘liq. Kontakt tarmog‘ining shamolga barqarorligini 
oshrish maqsadida K.s. yuzasi ovalsimon keng qilib yasaladi (6.20- rasm) va 
u yaxshi aerodinamik xarakteristikaga ega bo‘ladi. 
Mamlakatimizda K.s. materiali, shakli va kesim yuzasini bildiruvchi 
harflar va raqamlar bilan markalanadi, masalan МФ-150 – misdan yasalgan, 
fasonsimon shaklli (harflar kirill alifbosida) va kesim yuzasi 150 
𝑚𝑚
2

Rossiya va mamlakatimizda K.s. kesim yuzasi – ko‘proq 85, 100, kamroq 
150 
𝑚𝑚
2
. Chet el boshqa mamlakatlarida – 65 dan 194 
𝑚𝑚
2
. Kontakt 
tarmog‘i simlari va troslarining kesim yuzasi harakat o‘lchamlari, tezliklari 
va vaqt oraliqlari belgilangan hamda massalari o‘rnatilgan poyezdlarni 
tortishuchun yetarli bo‘lgan tok o‘tishini ta’minlay olishi lozim. K.s. odatda 


272
6.19- rasm. Kesim yuzalari 85 
𝑚
2
(
a
), 100 
𝑚
2
(b) va 150 
𝑚𝑚
2
(c) 
bo‘lgan fasonsimon mis kontakt 
simi. 
6.20- rasm. Kesim yuzasi 100 
𝑚𝑚
2
bo‘lgan ovalsimon mis 
kontakt simi. 
elektrolitik misdan tayyorlanadi. Simlar va troslar qizish harorati havoning 
maksimal haroratida va eng katta tok yuklamasida 6.2- jadvalda keltirilgan 
qiymatlardan oshmasligi lozim. Simlar va troslar qizishi sharti bo‘yicha eng 
katta yuklama toki ta’sirining 1, 3 va 20 minutlari mobaynida tekshiriladi.
Atrof muhit harorati 
+40
0
𝐶
va shamol tezligi 1 m/s bo‘lganda 
o‘zgaruvchan tok kontakt tarmog‘i va yuqori kuchlanish liniyasi simlari va 
troslaridan uzoq muddat davomida o‘tishi ruxsat etiladigan tok qiymati 6.3- 
jadvalda keltirilgan

6.2-jadval
Simlar va troslar markasi yuzasi 
(o‘zgaruvchan tok) 
Uzoq muddatli tokning ruxsat etilgan 
qiymati, A (kontakt simi yeyilishida, %) 

15 
30 




МФ-85 
540 
470 
390 
МФ-100 
600 
540 
460 
МФО-100 
660 
570 
470 
НЛФ-100 
640 
580 
490 
БрФ-120 
750 
680 
620 
ПБСМ-70 
350 


ПБСМ-95 
410 


М-95 
600 




273
М-120 
650 


А-35 
180 


А-50 
230 


А-70 
320 


АС-25 
140 


АС-35 
200 


АС-50 
260 


АС-70 
330 


А-95, АС-95 
370 


А-120, АС-120 
420 


А-150, АС-150 
500 


А-185, АС-185 
590 


ПБСМ-70 +МФ-85 
760 
670 
580 
ПБСМ-70+МФ-100 
820 
750 
660 
ПБСМ-70+НЛФ-100 
880 
800 
700 
ПБСМ-70+МФ-100+А-185 
1290 
1270 
1160 
ПБСМ-95+МФ-100 
880 
810 
710 
ПБСМ-95+НЛФ-100 
940 
860 
760 
ПБСМ-95+МФ-100+А-185 
1310 
1300 
1220 
ПБСМ-95+БрФ-120 
1080 
980 
870 
М-95+МФ-100 
1160 
1060 
930 
М-95+НЛФ-100 
1230 
1130 
990 
М-95+МФ-100+А-185 
1450 
1440 
1420 
6.3- jadval 
Sim va tros turi 
Belgilangan muddat (min) davomida tok o‘tganda 
simning ruxsat etilgan qizish harorati,
𝐶
0
20 min va undan 
ortiq 


Mis kontakt simi 
95 
120 
140 
Kam legirlangan kontakt simi 
110 
130 
150 


274
Bronza kontakt simi 
120 
140 
160 
Mis ko‘p tolali 
100 
120 
140 
Po‘latmis bimetall ko‘p tolali 
120 
140 
150 
Alyuminiy va po‘latalyuminiy 
ko‘p tolali 
90 
100 
110 
Dastlabki elektrlashgan t.y.larda (XX- asrning 20- yillarida Buyuk 
Britaniya va AQShda) K.s. bronzadan tayyorlangan, chunki u mis K.s.ga 
nisbatan tarangroq tortilish imkoniyatiga ega. Bronza K.s. u paytlarda 
kompensatsiya qurilmalari bilan jihozlanmagan zanjirli kontakt osmasi uchun 
undan tok olish sifatini oshirish uchun xizmat qilgan. Yeyilishga chidamlilik 
(
Kontakt simining yeyilishi
ga qarang!) bronza mis-kadmiy K.s.da mis K.s. ga 
nisbatan 2-2,5 marta yuqori. Ammo bronza K.s.larning narxi qimmat, elektr 
qarshiligi esa katta. Bronza K.s.laridan foydalanishning maqsadga 
muvofiqligi texnik-iqtisodiy hisob-kitobga ko‘ra aniqlanadi. Bir qator 
mamlakat(Germaniya, Avstriya, Yaponiya va b.)larda toza mis K.s.lari bilan 
birga kam ligerlangan misga kumush, qo‘rg‘oshin qo‘shilgan K.s.lari ishlab 
chiqariladi. Bu aralashma simning harorat va yeyilishga chidamliligini 
oshiradi. Po‘lat-mis bimetall K.s.lari (6.21- rasm) stansiyalarning yuklarni 
qabul qilish-jo‘natish yo‘llarida ishlatilladi. Po‘latalyuminiy K.s.lari(kontakt 
qismi – po‘lat) (6.22- rasm) cheklangan miqdorda shahar elektr transportida 
qo‘llaniladi. K.s.larining ko‘pga chidamliligi asosan tok qabul qilgichlardagi 
kontakt qo‘yilmalari xossalariga va elektr harakat tarkiblarining harakat 
o‘lchamlariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. 
6.21-rasm. Bimetall po‘latmis 
kontakt simi 
6.22-rasm. Kombinatsiyalashgan 
po‘latalyuminiy kontakt simi 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish