4. Miken madaniyati. Yunoniston mil.avv. III ming yillikda
ibtidoiy jamoa tuzumida edi. Gerodotning ma’lumotlariga ko‘ra,
Bolqon Yunonistonida tub joy aholi leleglar, pelasglar va kariy-
lar yashar edilar. Ularning mehnat qurollari toshdan bo‘lib,
endigina mis qurollari tayyorlay boshlaganlar. Jez davri mil.
avv. III ming yillik o‘rtalaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab
ibtidoiy kichik qishloqlar o‘rnida katta qishloqlar, mustahkam-
langan qal’alar paydo bo‘la boshladi. Urug‘chilik munosabatla-
rining yemirilish jarayoni faqat mil.avv. III ming yillik oxiridan
asta-sekin boshlandi. Mil.avv. III ming yillik oxirida hind-yev-
ropa madaniy til birligiga mansub etnik guruhlar o‘z vatanlari
– Markaziy Yevropadan turli yo‘nalishlarda ko‘cha boshladi.
Ulardan bir qismi Bolqon yarim oroliga kirib kelib, yunon etno-
siga asos soldi. Ularni dastlab axeylar deb nomladilar.
Mil.avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qa-
bilalarning ko‘chishi bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida
jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra, bu vaqtda
Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida ham hind-yevropa tillarida
so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Ular Yunonistonda
urug‘chilik munosabatlarining yemirilishini vaqtincha sekin-
lashtirdilar.
Mil.avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga
ishlov berish ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy
ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar
paydo bo‘ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashib, yan-
gi moddiy va ma’naviy madaniyatni vujudga keltirdilar. Taxmi-
nan, mil.avv. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida mus-
tahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko‘plab paydo bo‘ladi.
Qabrlarda metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini
Kritdan (qabrlarda Krit ko‘zalari, Krit namunasiga taqlid qilib
yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalari de-
yarli yo‘q edi. Mil.avv. 1600-yillar atrofida Kritda yuksak rivoj-
langan madaniyat mavjud bo‘lgan paytda Bolqon Yunonistoni-
da jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Axeylar mil.avv. III ming yilliklar oxiri – II ming yillikning bi-
rinchi yuz yilliklarida Yunoniston janubiga asta-sekin siljib, o‘z
manzilgohlarini barpo qila boshladilar. Ehtimol, ular ilk bor
kulolchilik charxi, ot qo‘shilgan arava va jang aravasini olib
kelganlar. Mil.avv. XVI asrda kelgindilarning mahalliy aholi
bilan to‘la assimilatsiyasi tugallandi. Natijada yangi samarali
iqtisodiyot, zodagonlar (ko‘pincha harbiylar), kohinlar, oddiy ja-
337
moachilardan iborat ijtimoiy guruhlar shakllandi. Markaziy va
Janubiy Yunonistonda markazi Miken shahri qudratli davlat
va boshqa ilk davlatlar (Tirinf, Pilos, Afina) shakllana boshladi.
Miken madaniyati Ilk Miken
Do'stlaringiz bilan baham: |