Afshona
Afshona, Afshina – Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan qadimgi qishloq. Narshaxiyning yozishicha, "Afshona mustahkam hisor va katta shahristonga ega bo‘lib, bir qancha qishloqlar unga mansub bo‘lgan, u yerda haftada bir kun bozor bulgan. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari Madrasa talabalariga vaqf qilingan. Kutayba ibn Muslim u joyda mayejidi jome bino qilgan... Bu yer duo qabul bo‘ladigan joy. Odamlar shahardan u joyga boradilar va uni tabarruk deb hisoblaydilar". Shunga ko‘ra Afshona sug‘dcha "duo tezroq mustajob bo‘ladigan muqaddas joy" ma’nosini anglatadi. Abu Ali ibn Sino shu qishloqda tug‘ilgan. Bukj olim tavalludining 1000 yilligi A.da tantanali nishonlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |