sabatlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Qadimgi Krit jamiyatida
bo‘lganligidan dalolat beradi. Knoss saroyining o‘zida bir vaqt-
Orolda qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangani ko‘rinadi. Topilgan
335
dalolat beradi. Fest shahri yonidan topilgan ko‘zaning sirtida,
odatda, pishgan zaytun mevalarini urib tushiradigan pansha-
xasimon tayoq ko‘tarib kelayotgan bir to‘da dehqonlar mohirona
tasvirlangan. Podsho saroylarining ko‘p sonli xonalaridan hu-
narmandchilik ustaxonalari topilgan. Kritda asosan uch soha:
kemasozlik, kulolchilik va qurilish rivojlangan. Kritliklar mohir
me’mor bo‘lib, ko‘p qavatli saroylar, ustaxonalar va omborlar
qurganlar. Kulolchilik yuqori darajada rivojlanib, kulollar turli
shakldagi buyumlar yasagan. Kulollar odam bo‘yidan baland
qalin devorli xumlardan tortib, devori tuxum po‘chog‘idan ham
yupqa nafis ko‘zalar yasaganlar. Ko‘zalarda rangli tasvirlar,
ayniqsa, gullar, sakkiz oyoqlar (dengiz hayvoni) ustalik bilan
tasvirlanadi.
Kemasozlar mil.avv. XVI–XV asrlarda suvda uzoq masofaga
suzadigan dengiz kemalarini qurganlar. Knoss hukmdorlari-
ning kuchli dengiz floti O‘rtayer dengizining sharqiy qismi –
Sitsiliyadan Suriyagacha, Misrdan Atlantikagacha suzar edi.
Kritliklar Misr, Suriya va Sharqiy O‘rtayer dengizining boshqa
shaharlari bilan keng dengiz savdosini olib bordilar. Krit hu-
narmandchilik mahsulotlari namunalari Mesopotamiyadagi
Mari shahridan topilgan. Misr devoriy tasvirlarida Krit (Kef-
tiu) elchilari tasvirlanadi. Krit orolida esa Misr va Suriya hu-
narmandchilik mahsulotlari topilgan. Italiyaning Sitsiliya oroli
va Kampaniya qirg‘oqlaridan topilgan Krit buyumlari g‘arbiy
yo‘nalishda kritliklar qizg‘in savdo qilganlaridan dalolat beradi.
Mil.avv XV asr o‘rtalarida Kritning ichki va tashqi ahvo-
li o‘zgaradi. Krit o‘zining Sitsiliya va Egey havzasidagi mavqe-
yini yo‘qotadi. Dengiz davlati yemiriladi. Shu vaqtda Fera oro-
lida Kritdan 100 km shimolda (mil.avv. 1470-yil) vulqon otilib,
uning natijasida ulkan to‘lqin – sunami 30 metr balandlikda
qirg‘oqdagi shaharlarni yuvib, gullab-yashnagan Krit sha-
harlariga shiddat bilan yopirilib kelgan, deb faraz qilinadi.
Mil.avv. 1450-yillarda Kritni zaiflashganidan foydalangan
Yunonistonning janubida yashagan axey qabilalari orolga
bostirib kirib, Kritning siyosiy yetakchiligiga chek qo‘ydilar.
Egey havzasi ikki asr mobaynida doriylar kelganlariga qadar
axeylar hukmronligi ostida qoldi. Axeylar krit sivilizatsiyasi ning
ajoyib yutuqlarini o‘zlashtira olmadilar. Ular krit san’ati ning
yuqori badiiy qiymatini, go‘zallligini his qilishdan ojiz edilar.
Aholi soni kamayadi, shaharlar bo‘shab qolib, sivilizatsiya epit-
sentri Egey dengizining boshqa havzasiga ko‘chdi.