5. Kiklad madaniyati. Kiklad Krit shimolining Egey den-
gizidagi ko‘pgina orollar majmuasidir. Ularni yunonlar «kiklad-
lar» ya’ni «aylana» deb atashgan. Kiklad orollarida qadimda kariy
va leleglar yashaganlar. Ularga Krit orolidan ko‘chib kelganlar
qo‘shilgan. Aholi uzumchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ul-
langan. Kiklad orollari bilan Egey havzasidan chekkadagi o‘lka-
lar bilan dengiz savdosi alohida o‘rin tutadi. Kema egalari, hu-
narmandlar, savdogarlar orol ijtimoiy hayotida yetakchi o‘rinni
egalladilar. Tadbirkor, uddaburon savdogar, boy hunarmand
va kemasozlar dengiz savdosining tashkilotchilari edilar. Kiklad
orollari aholisi katta-kichik, pishiq qilib qurilgan bir-ikki qavat-
li uylardan iborat shahar ko‘rinishidagi kichik manzilgohlarda
yashaganlar. Kichik shaharchalar jamoa asosida xalq yig‘inlari
orqali boshqarilgan deb taxmin qilinadi. Shaharchalar, odatda,
dengiz qirg‘oqlarida, port yaqinida qurilgan. Port yaqinida may-
don bo‘lgan. Bu yerda bozor bo‘lib, savdo va boshqaruv ishlari
muhokama qilingan. Kiklad orollarida mil.avv. XVI–XV asrlarda
Knoss hukmronligi o‘rnatildi. Knossga qaramlik o‘lpon to‘lash
bilan cheklanib, Kiklad o‘ziga xos madaniyatni saqlab qoladi.
Ammo mil.avv. XV asr o‘rtalarida Fera orolida otilgan vulqon
Kiklad orollari halokatiga sababchi bo‘ldi. Dengizda ko‘tarilgan
ulkan sunami qirg‘oqdagi shaharlarni vayron qildi. Vulqon kuli
inshootlarni olov ichiga soldi. Ko‘plab kishilar halok bo‘ldi. Vul-
qon otilgandan so‘ng to‘zib ketgan aholi va vayrona orolchalar
Peloponnes va Bolqon Yunonistonining boshqa hududlaridan
kelgan axeylar o‘ljasiga aylandi. Kiklad madaniyati uch yirik
davrga bo‘linadi: 1. Qadimgi Kiklad davri (2700–2300-yillar). 2.
O‘rta Kiklad davri (2300–1500-yillar). 3. So‘nggi Kiklad davri
(1500–1100-yillar).
341
XIX asr oxiri XX asrdan Egey dengizi orollarida ham faol ar-
xeologik qazilma ishlar olib borildi. Ingliz arxeologlari Antikoros
orolidan jez davri yodgorliklarini topdilar. Shundan so‘ng Me-
los, Seros, Spornos, Loros va Naksos orollarida ar xeologik qa-
zish ishlari olib borildi. 1932-yil yosh yunon arxeologi Spiridon
Marinotos Minos orolining yirik porti Amnissni topdi. U ar-
xeologik ishlarda Strabonning «Geografiya» asaridan keng foy-
dalandi. 1967-yil arxeologlar Fera orolidan Akrotir shahrini to-
pishdi. U Egey Pompeyasi deb ataldi. Vulqon kullari ostidan
vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lgan shahar qoldiqlari to-
pildi. Qazishmalar natijasida tosh tashalgan ko‘chalar, katta
inshootlar, uylarning ikkinchi va uchinchi qavatlari va ularga
boradigan zinapoyalar saqlanib qolgan. Inshootlar devorlariga
ajoyib tasvirlar tushirilgan: ko‘k rangli maymunlar, antilopa-
lar tasviri, ikki kurash tushayotgan bola, ularning birini qo‘lida
maxsus qo‘lqop. Qizil, sariq va yashil rangdagi ot va mox o‘ti
bosgan qoyalar, sariq poyalardagi qizil nilufarlar, ularning us-
tidan uchayotgan qaldirg‘ochlar. Boshqa tasvirda shaharning
ko‘rinishi va ko‘p kemalar suzayotgan dengiz tasvirlanadi.
Kiklad madaniyati jez davri madaniyati bo‘lib, orollardan
jezdan yasalgan mehnat qurollari, sopol buyumlar, zeb-ziynat-
lar topilgan. Rassomchilikda freska tasvir san’ati yuksak rivoj-
langan. Kiklad madaniyati yodgorliklarida Kichik Osiyoning
ta’siri ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |