Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

GOMER DAVRI YUNONISTONI. 

YUNON SHAHAR-DAVLATLARINING SHAKLLANISHI

1. Gomer davri Yunonistoni. 2. Yunon polisining shakl-

lanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Shaharlar va 

pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti. 4. Davlat qurilishi.  

5. Buyuk kolonizatsiya. 6. Tiraniya.

1. Gomer davri Yunonistoni. Mil.avv. XIII asrda axey dav-

latlari tushkunlikka yuz tutdi. Axey davlatlarining zaiflashuvi 

bilan hozirgi Makedoniya va Epir hududida yashagan doriy qa-

bilalari mil.avv. XII asrda Yunonistonga bostirib kirdilar. Doriy-

lar o‘z hududlarini frakiya qabilalari tazyiqi ostida tark etdi. 

Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz ellik yil 

davomida egalladilar. Mil.avv. XI asr oxirida doriylar butun Shi-

moliy va O‘rta Yunonistonga o‘rnashib, Peloponnesning katta 

qismini o‘zlashtirdilar. Axeylarning bir qismi doriylar taziyqi os-

tida Attika hududi va Egey dengizi havzasiga ko‘chdilar. 

Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan 

doriylar ibtidoiy jamoa turmush tarzida va harbiy demokratiya 

sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning shaharlarini vay-

ron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettir-

dilar. Yunonlar bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar. 

Ayrim paytda urug‘lar o‘zlariga tegishli biror-bir umumiy masa-

lani yechish uchun kattaroq tashkilot – fratriyaga birlashgan-

lar. Fratriyalar birlashib, qabila – filni tashkil qilgan. Fratriya 

va urug‘ bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug‘ boshliqlari 

bilan  bir  qatorda,  fil  va  fratriyaning  Gomerda  filobasiley  deb 

eslatiladigan yo‘lboshchilari bo‘lib, urug‘ boshliqlari ularga o‘z 

hokimiyatlarining bir qismini berganlar. Bir necha urug‘lar bir 

qabilaga birlashgani uchun qabila oqsoqoli saylanadi. 

Shimol xalqlari va doriylar mil.avv. XIII asrda Yunoniston-

ga kirib keldi. Axeylar Yunonistonning bir necha viloyatlarida 

saqlanib qoldi. Yunon tarixidagi mil.avv. XI–IX asrlarni tarix-

chilar «Qorong‘i davrlar» deb ataydilar. Chunki bu davrga oid 

ma’lumotlar juda kam. Mil.avv. XI–IX asrlardagi yunon tarixi-

ni o‘rganish bo‘yicha asosiy manba bo‘lib, Gomerning «Ilia-

da» va «Odissey» dostonlari xizmat qiladi. Shu sababli bu davr 




344

Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo‘lgan 

Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari orqali yunon jami-

yatining uch yuz yillik hayotini qayta tiklash mumkin. Poema-

larda axeylarning Troyaga yurishi, shaharning bosib olinishi, 

Troya urushi qahramonlaridan biri bo‘lgan Odisseyning ko‘pgi-

na sarguzashtlardan so‘ng uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu 

tarzda poema axey sivilizatsiyasi gullab-yashnashining so‘ng-

gi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o‘zi mil.avv. VIII 

asrda yashagani uchun o‘tmish voqealarini o‘zi yashagan davr 

nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi. 

 «Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi mulkiy 

tabaqalanishni, urug‘chilik munosabatlari zaiflashganini, basi-

leylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko‘p sonli urug‘ zodagon-

lari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta-sekin 

mehnat taqsimoti natijasida dehqonchilikdan hunarmandchilik 

ajralib chiqadi. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor 

va kema yasovchilar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar 

bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali 

xonaki shaklda ko‘rinadi. Ularning soni ko‘p emas edi. Xo‘jayin 

qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanma-

gan. Odisseyning otasi Laert yerda ishlaydi. Uning xotini Pe-

nelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris 

butun bir saroy qur’adi. Odisseyning xo‘jaligida 50 qul bo‘lgan. 

Gomer o‘tmish qahramonlarini sharaflab, o‘zi yashagan davr-

ning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini chizadi 

Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo‘lboshchi podsholar bilan 

oddiy xalq ommasi o‘rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qar-

shiliklar kichkina bir epizodda o‘z aksini topgan: Troyani qamal 

qiluvchilar bilan yo‘lboshchi Agamemnon o‘rtasida unga qarshi 

norozilik tug‘diruvchi, o‘jar Tersit obrazining kelib chiqishi vo-

qeasida ijtimoiy hayotni ko‘rish mumkin. Qadimgi Troya xaro-

balarini XIX asrda havaskor arxeolog Genrix Shliman ochdi.

Urug‘-jamoa kichik qishloqlarda yashab, dehqonchilik, 

chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Jamoani saylab qo‘yilgan 

oqsoqol-basiley urf-odat, an’analar asosida boshqargan. Ba-

siley urug‘ mulkini qo‘riqlagan, urug‘doshlarini sud qilgan va 

urug‘ning afsonaviy asoschisini hurmatlashga bagi’shlangan 

marosimlarni o‘tkazishda boshchilik qiladi. Axey sivilizatsiyasi 

asta-sekin parchalana boshladi. Mil.avv. XIII asr oxiridan axey-

larning parokanda ahvoli vaqtida shimoldan doriy qabilalari 

Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI asrning oxiri-




345

ga kelib butun Shimoliy va O‘rta Yunoniston, Peloponnes yarim 

orolining katta qismini egallab oldilar. Bu davrda ularda ibtidoiy 

jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda aholi qishloq-

larda yashab, shahar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmagani ba-

yon qilinadi. Xo‘jalik natural shaklda bo‘lib, aholi dehqonchilik 

va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Asosiy ekin tariq edi. Sav-

do ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari 

hatto ularning zodagonlari ham kichik, qo‘pol qurilgan, poli 

tuproq, xona o‘rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar. 

Mil.avv. XI asrda xo‘jalik hayotidagi bir qancha qiyinchilikdan 

so‘ng temir o‘zlashtirilib, xo‘jalik hayotining jonlanishi bosh-

landi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam bo‘lgan. 

Taqchil bo‘lgan unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekin-

lar egallay boshlagan. Bog‘dorchilik, uzumchilik va zaytun da-

raxtlarini o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik rivojlangan. 

Gomer poemalariga ko‘ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi 

bo‘lgan. «Iliada»da katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir 

usta ayol 4 ho‘kizga tenglashtiriladi. Hunarmandchilikda kat-

ta o‘zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir 

keng qo‘llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi 

mehnatiga o‘rin qolmadi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari 

ish unumdorligini oshirdi. Oila moddiy ehtiyojini o‘z mehnati 

bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu sababli ekin yer-

lari berildi. Keyinchalik bu yerlar xususiy bo‘ldi. 

Erkin dehqon xo‘jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. Jamoa-

ning alohida bir ko‘rinishi sifatida jamoa-polis jamiyat tash-

kilotining asosiy shakli bo‘ldi. Keyinchalik polis shahar-dav-

latga aylandi. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo‘lib, ular 

huquqlarda teng edilar. Jamoada shakllanayotgan urug‘ zoda-

gonlari jamoani o‘z nazorati ostiga olishga urinar edilar. Po-

lis-jamoa asosan ikki vazifani bajargan: aholini va hududni 

qo‘shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning 

ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yu-

zaga kelmagan edi.

Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtir-

gan yuzlab kichik polis-jamoalardan yoki ular katta-kichik 

qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo‘ja-

lik yuritish asosida tirikchiligini o‘tkazadigan, oddiy turmush 

kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo‘lmagan patriarxal oila 

bo‘lgan. Yunon dunyosida hali katta yer egalari, yersiz, birovga 

qaram oilalar, odamlar va jamoa a’zolari yo‘q edi.




346

Hunarmandchilikning sohasi bo‘lgan kulolchilikda protogeo-

metrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o‘zgardi. Endilikda 

tuproqqa dafn etish o‘rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) 

rasm bo‘ldi. Bolqon Yunonistonidan yuqori darajada rivojlan-

gan Sharqqa yunonlar kirib kela boshladi. Mil.avv. XI asr oxi-

ridan Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘ida yunon qo‘rg‘onlari 

paydo bo‘lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va doriy shevalarida 

so‘zlashgan. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish