GOMER DAVRI YUNONISTONI.
YUNON SHAHAR-DAVLATLARINING SHAKLLANISHI
1. Gomer davri Yunonistoni. 2. Yunon polisining shakl-
lanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Shaharlar va
pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti. 4. Davlat qurilishi.
5. Buyuk kolonizatsiya. 6. Tiraniya.
1. Gomer davri Yunonistoni. Mil.avv. XIII asrda axey dav-
latlari tushkunlikka yuz tutdi. Axey davlatlarining zaiflashuvi
bilan hozirgi Makedoniya va Epir hududida yashagan doriy qa-
bilalari mil.avv. XII asrda Yunonistonga bostirib kirdilar. Doriy-
lar o‘z hududlarini frakiya qabilalari tazyiqi ostida tark etdi.
Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz ellik yil
davomida egalladilar. Mil.avv. XI asr oxirida doriylar butun Shi-
moliy va O‘rta Yunonistonga o‘rnashib, Peloponnesning katta
qismini o‘zlashtirdilar. Axeylarning bir qismi doriylar taziyqi os-
tida Attika hududi va Egey dengizi havzasiga ko‘chdilar.
Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan
doriylar ibtidoiy jamoa turmush tarzida va harbiy demokratiya
sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning shaharlarini vay-
ron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettir-
dilar. Yunonlar bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar.
Ayrim paytda urug‘lar o‘zlariga tegishli biror-bir umumiy masa-
lani yechish uchun kattaroq tashkilot – fratriyaga birlashgan-
lar. Fratriyalar birlashib, qabila – filni tashkil qilgan. Fratriya
va urug‘ bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug‘ boshliqlari
bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb
eslatiladigan yo‘lboshchilari bo‘lib, urug‘ boshliqlari ularga o‘z
hokimiyatlarining bir qismini berganlar. Bir necha urug‘lar bir
qabilaga birlashgani uchun qabila oqsoqoli saylanadi.
Shimol xalqlari va doriylar mil.avv. XIII asrda Yunoniston-
ga kirib keldi. Axeylar Yunonistonning bir necha viloyatlarida
saqlanib qoldi. Yunon tarixidagi mil.avv. XI–IX asrlarni tarix-
chilar «Qorong‘i davrlar» deb ataydilar. Chunki bu davrga oid
ma’lumotlar juda kam. Mil.avv. XI–IX asrlardagi yunon tarixi-
ni o‘rganish bo‘yicha asosiy manba bo‘lib, Gomerning «Ilia-
da» va «Odissey» dostonlari xizmat qiladi. Shu sababli bu davr
344
Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo‘lgan
Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari orqali yunon jami-
yatining uch yuz yillik hayotini qayta tiklash mumkin. Poema-
larda axeylarning Troyaga yurishi, shaharning bosib olinishi,
Troya urushi qahramonlaridan biri bo‘lgan Odisseyning ko‘pgi-
na sarguzashtlardan so‘ng uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu
tarzda poema axey sivilizatsiyasi gullab-yashnashining so‘ng-
gi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o‘zi mil.avv. VIII
asrda yashagani uchun o‘tmish voqealarini o‘zi yashagan davr
nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi.
«Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi mulkiy
tabaqalanishni, urug‘chilik munosabatlari zaiflashganini, basi-
leylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko‘p sonli urug‘ zodagon-
lari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta-sekin
mehnat taqsimoti natijasida dehqonchilikdan hunarmandchilik
ajralib chiqadi. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor
va kema yasovchilar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar
bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali
xonaki shaklda ko‘rinadi. Ularning soni ko‘p emas edi. Xo‘jayin
qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanma-
gan. Odisseyning otasi Laert yerda ishlaydi. Uning xotini Pe-
nelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris
butun bir saroy qur’adi. Odisseyning xo‘jaligida 50 qul bo‘lgan.
Gomer o‘tmish qahramonlarini sharaflab, o‘zi yashagan davr-
ning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini chizadi
Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo‘lboshchi podsholar bilan
oddiy xalq ommasi o‘rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qar-
shiliklar kichkina bir epizodda o‘z aksini topgan: Troyani qamal
qiluvchilar bilan yo‘lboshchi Agamemnon o‘rtasida unga qarshi
norozilik tug‘diruvchi, o‘jar Tersit obrazining kelib chiqishi vo-
qeasida ijtimoiy hayotni ko‘rish mumkin. Qadimgi Troya xaro-
balarini XIX asrda havaskor arxeolog Genrix Shliman ochdi.
Urug‘-jamoa kichik qishloqlarda yashab, dehqonchilik,
chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Jamoani saylab qo‘yilgan
oqsoqol-basiley urf-odat, an’analar asosida boshqargan. Ba-
siley urug‘ mulkini qo‘riqlagan, urug‘doshlarini sud qilgan va
urug‘ning afsonaviy asoschisini hurmatlashga bagi’shlangan
marosimlarni o‘tkazishda boshchilik qiladi. Axey sivilizatsiyasi
asta-sekin parchalana boshladi. Mil.avv. XIII asr oxiridan axey-
larning parokanda ahvoli vaqtida shimoldan doriy qabilalari
Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI asrning oxiri-
345
ga kelib butun Shimoliy va O‘rta Yunoniston, Peloponnes yarim
orolining katta qismini egallab oldilar. Bu davrda ularda ibtidoiy
jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda aholi qishloq-
larda yashab, shahar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmagani ba-
yon qilinadi. Xo‘jalik natural shaklda bo‘lib, aholi dehqonchilik
va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Asosiy ekin tariq edi. Sav-
do ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari
hatto ularning zodagonlari ham kichik, qo‘pol qurilgan, poli
tuproq, xona o‘rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar.
Mil.avv. XI asrda xo‘jalik hayotidagi bir qancha qiyinchilikdan
so‘ng temir o‘zlashtirilib, xo‘jalik hayotining jonlanishi bosh-
landi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam bo‘lgan.
Taqchil bo‘lgan unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekin-
lar egallay boshlagan. Bog‘dorchilik, uzumchilik va zaytun da-
raxtlarini o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik rivojlangan.
Gomer poemalariga ko‘ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi
bo‘lgan. «Iliada»da katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir
usta ayol 4 ho‘kizga tenglashtiriladi. Hunarmandchilikda kat-
ta o‘zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir
keng qo‘llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi
mehnatiga o‘rin qolmadi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari
ish unumdorligini oshirdi. Oila moddiy ehtiyojini o‘z mehnati
bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu sababli ekin yer-
lari berildi. Keyinchalik bu yerlar xususiy bo‘ldi.
Erkin dehqon xo‘jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. Jamoa-
ning alohida bir ko‘rinishi sifatida jamoa-polis jamiyat tash-
kilotining asosiy shakli bo‘ldi. Keyinchalik polis shahar-dav-
latga aylandi. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo‘lib, ular
huquqlarda teng edilar. Jamoada shakllanayotgan urug‘ zoda-
gonlari jamoani o‘z nazorati ostiga olishga urinar edilar. Po-
lis-jamoa asosan ikki vazifani bajargan: aholini va hududni
qo‘shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning
ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yu-
zaga kelmagan edi.
Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtir-
gan yuzlab kichik polis-jamoalardan yoki ular katta-kichik
qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo‘ja-
lik yuritish asosida tirikchiligini o‘tkazadigan, oddiy turmush
kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo‘lmagan patriarxal oila
bo‘lgan. Yunon dunyosida hali katta yer egalari, yersiz, birovga
qaram oilalar, odamlar va jamoa a’zolari yo‘q edi.
346
Hunarmandchilikning sohasi bo‘lgan kulolchilikda protogeo-
metrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o‘zgardi. Endilikda
tuproqqa dafn etish o‘rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish)
rasm bo‘ldi. Bolqon Yunonistonidan yuqori darajada rivojlan-
gan Sharqqa yunonlar kirib kela boshladi. Mil.avv. XI asr oxi-
ridan Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘ida yunon qo‘rg‘onlari
paydo bo‘lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va doriy shevalarida
so‘zlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |