Kohinlar. Rimda diniy e’tiqod siyosiy hayotdan ajralmadi.
Qadimgi Rimda barcha oliy magistratlar qandaydir bir kohin-
lik funksiyalarini bajarganlar. Kohinlar alohida ijtimoiy qatlam
emas edi. Kohinlar kollegiyaga uyushgan bo‘lib, faqat diniy
vazifani bajardilar. Pontifiklar kollegiyasi boshda uch, keyin olti
kishini tashkil qildi. Kollegiya boshlig‘i buyuk pontifik deb atal-
gan. U diniy marosim, rasm-rusumlarni bajarishda qatnashib,
kalendar, ob-havo yozuvlarini olib borgan. Pontifiklar patritsiy-
lar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Magistratlarga diniy masalalar
bo‘yicha maslahatlar bergan. Buyuk pontifik mil.avv. III asr ox-
iridan alohida komisiyalarga saylangan, pontifiklar kooptatsiya
yo‘li bilan tayinlanganlar. Pontifiklar Mil.avv. 300-yildagi Ogul-
niy qonuni bo‘yicha plebeylar ham pontifik lavozimlarini egal-
lashi lozim bo‘ldi. Turli ibodatxona kohinlari flaminlar deb atal-
gan. Ma’buda Vesta ibodatxonasi kohinlari Rimda katta obro‘ga
ega bo‘lganlar. Bashoratchi kohin – avgurlar alohida kohinlar
kollegiyasiga kirganlar. Boshda avgurlar faqat patritsiylardan
saylangan.
Magistratura. Rim konstitutsiyasi bo‘yicha magistraturalar
kollegial bo‘lib (2 konsul, 2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2
senzor va 4 kvestor), bir yil ijro etilgan. Lavozimlar har yili qayta
saylangan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim yil).
Konsullar, pretorlar, kvestor va edillar lavozimga 1-martdan
(mil.avv. 153-yilgacha, keyin 1-yanvardan), plebey tribunlari
esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar.
Dastlab sud hokimiyati ikki pretorga tegishli edi. Harbiy
qo‘shin ta’minoti (intendant) qismi va harbiy o‘lja to‘rt kves-
tor (mil.avv. 267-yildan sakkiz kvestor), shahar obodonchiligi,
ta’minoti, tartibni saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish
to‘rt edilga tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey tri-
bunlari himoya qilar edi. Xalq tribunlari triblar bo‘yicha plebey
yig‘inlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimi faqat plebeylarga
tegishli edi. Dastlab ikki tribun saylangan. Keyin esa ularning
soni 10 taga yetdi. Tribunlarning asosiy vazifasi plebeylarn-
ing manfaatlarini himoya qilish edi. Xalq tribunlari diktator va
senzordan tashqari barcha magistratlarning faoliyatiga arala-
shish huquqiga ega edilar. Xalq tribunining veto (taqiqlayman)
487
si magistratning farmoyishi, xalq yig‘ini va senatning qarori-
ni bekor qilgan. Xalq tribunlariga magistratni qamash huquqi
ham tegishli edi. Tribunning turar joyi har qanday plebey
uchun yashirinish joyi edi. Tribun uyi tun-u kun ochiq bo‘li-
shi lozim edi. Lekin shahar chegarasidan tashqarida tribunlar
o‘z hoki miyatini yo‘qotar edi. Tribunlar senat qaroriga norozilik
bildirishlari mumkin edi, lekin dastlab ular senatda so‘zlash
huquqiga ega emas edilar. Ularga senat majlisi bo‘layotgan
bino eshiklari oldida turishgagina ruxsat berilgan. Keyinchalik
tribunlar senatga kirish, munozaralarda ishtirok etish, hatto
senat majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‘ldilar. Tribunlar
bilan boshda xalq tribunlari yordamchilari – plebey edillari
lavozimi kiritildi. Plebey edillari komisiyalarida saylangan. Rim
respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an’analar
kuchaygan bo‘lishiga qaramasdan, boshqaruvdagi hal qiluv-
chi rolni senat va magistratlar o‘ynadilar. Bu Rim respublikasi
aristrokratik mazmunining ifodasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |