2. Ellin Misri (mil.avv. 323–30-yillar). Sharqdagi bosh-
qa ellin
davlatlari kabi Misrda Ptolemeylar podsholigi ham bir
necha ming yillik madaniyat va qadimiy an’analar rivojlangan
qa dimgi Sharq mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida
paydo bo‘ldi. Ptolemeylar davlati ellin davlatlari ichida eng boyi
va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil davomida faol tash-
qi siyosat olib borib, Misrni haqiqiy imperiyaga aylantirdilar.
Uning asosini Misrning an’anaviy tarixiy geografik chegaralari
tashkil qildi. Ellin Misrining sharqiy chegaralari Ptolemeylar
sulolasi hukmdorlarining tashqi siyosati yutuqlari va mag‘lubi-
yatlari bilan o‘zgarib turdi. Mil.avv. III asr boshlarida Ptolemey-
lar Misrdan tashqari, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ining bar-
cha orollarini nazorat qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya
bilan bir necha urushlar natijasida mil.avv. II asr boshlarida
bu hududlar Misrdan ajralib ketdi. Ptolemeylar davlati Misr,
Kerenaika, Kipr, Janubiy Suriya, Finikiya, Kichik Osiyoning
janubi-g‘arbiy yunon shaharlari bilan va Egey dengizining qa-
tor orollariga egalik qilgan. Davlat poytaxti Aleksandriya shahri
bo‘lib, sharqiy O‘rtayer dengizining eng katta porti, savdo-hu-
narmandchilik va mmmadaniy markazi edi.
Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining asoschisi 44
yoshli Ptolemey I (mil.avv. 323–283-yillar) Lag makedon zoda-
gonining o‘g‘li, harbiy boshliq, Aleksandrning safdoshi edi. U
o‘zi keksayib, o‘z tabiiy o‘limi bilan vafot qilgan Aleksandrn-
ing birdan-bir diadoxi bo‘lgan. Antik mualliflar Ptolemey La-
gni So ter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar. Chunki u Misr xalqi-
426
ni Aleksandr tayinlagan noib Kleomen
zulmidan ozod qilgan
hisoblanadi. Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari
Ptolemey II (mil.avv. 247-yilda vafot etgan) Filadelf, Ptolemey III
Everget
, Plolemey IV Filopator (mil.avv. 222–205-yillar) Ptole-
mey V Epifan (mil.avv. 205–180-yillar) deyarli yuz yil davomida
faol tashqi siyosat olib borib, ellin dunyosida yetakchilik qil-
ishga da’vo qildilar. Ular Misrni Old Osiyoda kuchli davlatga
aylanti rishga bor kuchlarini sarfladilar. Lagning o‘g‘li Plolemey
I Soter mil.avv. 305-yil boshqa diadoxlar kabi o‘zini podsho deb
e’lon qildi. O‘z o‘g‘li bo‘lajak podsho Plolemey II Filadelf (sin-
glisini sevadigan) ni (mil.avv. 283–246-yillar) o‘zi bilan birga
hukmdor deb e’lon qildi. Plolemey II o‘zining opasi Arsinoyaga
uylandi. Uning davrida Misrning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
va siyosiy tuzumining yangi davrdagi asosiy belgilari shakllan-
di. Plolemey II faol tashqi siyosat olib bordi, Misrdan ajralib
ketgan Kirena va Makedoniya bilan urush olib bordi, Yunonis-
tonning ichki ishlariga aralashdi. Plolemey III Everget (mil.avv.
246–222/221-yillar) Kirena malikasi Berenikaga uylanib, Kire-
nani Misrga qo‘shib oldi. Salavkiylar bilan urush olib borib, un-
ing poytaxti Orontdagi Antioxiya shaharini egalladi. Plolemey III
davrida Misr o‘z qudratini cho‘qqisiga chiqdi. Ptolemey V Epifan
(mil.avv. 180-yil) o‘limidan so‘ng tashqi siyosatda qiyinchiliklar
tug‘ila boshladi. Sharqda Rimning faol istilochilik urushlari
Misrning siyosiy mustaqillik uchun jiddiy xavf tug‘dirdi. Natija-
da tushkunlikning uzoq davri boshlanib, mil.avv. 30-yilda Misr
Rimning istilo qilishi bilan tugallandi.
Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida minglab yillar davom-
ida saqlanib qolgan an’anaviy, ma’muriy tizimni saqlab qoldi-
lar. Faqat yuqori lavozimlarda turgan fors va Misr amaldorlari-
ning o‘rniga yunon-makedonlar o‘tqazildi. Ptolemeylar qadim-
gi fir’avn-podshoning mutloq hokimiyati, ko‘p tarmoqli davlat
apparati, ko‘p sonli amaldorlar, qat’iy markazlashgan davlat
hokimiyati va uning mamlakat xo‘jalik hayotiga faol aralashu-
vini saqlab qoldilar.
Yangi sulola Misr fir’avnlaridan mamlakatning hududiy
bo‘linishi, nom tizimini
meros qilib oldilar. Faqat nomlar son-
larini o‘zgartirib, ularni qayta tashkil qildilar. Dastlab nomlar-
ni podsho tayinlagan nomarxlar boshqardilar. Mil.avv. III asr
oxiridan nomarxlar qo‘lida hududning moliyaviy sohasigina
qoldirilib, ularning oliy ma’muriy hokimiyati harbiy soha bilan
boshqa mansabdor-strateglarga berildi. Ptolemeylar mamlakat-
427
ning iqtisodiyoti va mafkurasida muhim o‘rin tutgan mahalliy
kohinlar va ibodatxonalar mavqeyini fir’avnlar davridagidek,
o‘zgarmagan holda saqlab qoldilar. Lekin ularning faoliyati dav-
lat nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning maxsus
vakillari – epstatlar
kohinlarning diniy va iqtisodiy faoliyati us-
tidan nazorat qilib turdilar.
Yunon-makedonlarning kelishi arafasida Misrning iqtisodiy-
oti so‘nggi tosh davri ibtidoiy texnikasi darajasida bo‘lib, faqat-
gina qisman takomillashtirilgan mis va jez qurollariga asoslan-
gan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat xo‘jaligida
haqiqiy to‘ntarish bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligida temir mehnat qu-
rollari paydo bo‘ldi. Bobildan ekin ekadigan moslama (seyalka)
olib kelindi. Qishloq xo‘jaligida yangi texnik moslamalar-vino
va zaytun yog‘ini olish uchun vintli press
(Arximed vinti)dan
foydalana boshlanishi dehqonlarning mehnatini yengillashtir-
di. Yangi ekinlar paydo bo‘ldi va ishlov beriladigan yer may-
donlarining hosildorligi keskin o‘sdi. Fir’avn Nexo kanali qayta
tiklandi. Tashlab qo‘yilgan ko‘plab yerlar o‘zlashtirilib, sun’iy
sug‘orish inshootlari qayta ishga tushirildi.
Hunarmandchilik shaharlarda rivojlanib, qishloq xo‘jaligi-
ga qaraganda, bu sohada qul mehnati keng qo‘llandi. Hunar-
mandchilik mahsulotlari bozor uchun ommaviy ravishda ishlab
chiqarildi. Kemasozlik, uy-joy va jamoat binolarining qurilishi,
metall va sopol idish-tovoqlar, gazlamalar, mebellar va zargar-
lik buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunar-
mandchilik mahsulotlari eksport qilindi.
Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligini rivoj-
lantirish maqsadida o‘zining tanga pullari – oltin stater, ku-
mush tetradraxma va mis obollarni zarb qila boshladi. Oltin
va kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil pul ayirboshlash
davlat monopoliyasiga aylantirildi hamda chet el tanga pulla-
rini ishlatish taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida
o‘ziga xos qog‘oz vazifasini bajargan papirusni ishlab chiqarish
ham davlat monopoliyasiga aylantirildi. Ptolemey Aleksandri-
ya shahrini poytaxtga aylantirdi. Savdo-hunarmandchilikka
homiylik qildi, flot va qo‘shinni kuchaytirdi. Gavan va kanallar
qurdi.
Plolemey II (mil.avv. 283–247-yillar) davriga Aleksandriya
haqiqiy ilm-fan o‘chog‘iga aylandi. Otasi boshlagan muzeyon
qurilishini tugalladi. Keyin u otasi boshlagan kutubxona ki-
tob-qo‘lyozmalar jamg‘armasini 400 000 jildga yetkazdi. Ular ilk
428
bor Iliada dostonini o‘zining qadimiy ko‘rinishida qayta tikladi-
lar. Plolemey II vafoti vaqtida xazinada 740 000 talant pul
bo‘lgan. Appianning guvohligicha Misrning muntazam armiyasi
200 000 piyodalar, 40 000 otliq, 2000 jangovar fil, 15000 kema,
300 fil bo‘lgan. Finikiya, Keleseriya, Kirena va Kipr Misrning
tashqi provinsiyalari bo‘lgan.
Mil.avv. III asr o‘rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo‘shinga
ega edi. Ptolemeylarning asosiy raqiblari – Makedoniya, Bobil
va Kichik Osiyodagi ba’zi davlatlar bo‘lgan. Ptolemey IV Filo-
pator davri Misr tashqi siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi
bo‘ldi. Misrning mavqeyi Old Osiyoda kuchayib ketdi. Lekin bu
vaqtinchalik edi.
Mil.avv. I asr boshlarida Rimning mulklari Misr chegaralari-
gacha yetib bordi. Ptolemeylar sulolasini o‘zaro nizolar va xalq
harakatlari zaiflashtirdi. Ptolemey IX mil.avv. 88-yil Fivada
boshlangan qo‘zg‘olonni 3 yildan so‘ng qo‘zg‘olon markazi
bo‘lgan Fiva shahrini buzib tashlash bilan bostirdi. Mil.avv.
70-yillardan Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol aralasha
boshladi. Ptolemey sulolasining bir necha vakillari Rim yorda-
mi bilan hokimiyatni boshqardilar. Keyingi 15 yilda O‘rta Misr
nomlarida norozilik harakati kuchaydi. Rim senatida bir necha
bor Misrni bosib olish masalasi muhokama qilindi. Ammo hali
kuchli bo‘lgan bu davlatga qarshi senat urush boshlashga jur’at
qila olmadi. Mil.avv. 48-yil Yuliy Sezar 8 oylik urushdan so‘ng
Misrni ittifoqchi davlat sifatida Rimga qo‘shib olish bilan chek-
landi. Sulolaning so‘nggi vakili Kleopatra rimliklar yordamida
taxtga keldi. Oktavian mil.avv. 30-yil Misr davlatini tugatib,
Misrni Rim provinsiaysiga aylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |