2. Aleksandrning Sharqqa yurishlari. Filipp II Eron bilan
urushga jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu davrda Ahmoniy-
lar imperiyasi ancha zaiflashgan edi. Mil.avv. 360-yillarda sat-
raplarning isyonlari, Finikiya shaharlarining qo‘zg‘olonlari yuz
berib, Misrning mustaqillikka intilishi kuchaydi. Eronning
so‘nggi qudratli podshosi Artakserks III Ox 20 yil davomida
yemirilayotgan davlatni bir qadar mustahkamladi. Ammo shi-
joatli hukmdor o‘z a’yonlari tomonidan zaharlab o‘ldirildi. Pod-
sho Artakserksni zaharlab o‘ldirgan qudratli Bagoy amalda
hokimiyatni qo‘lga oldi. Miloddan avvalgi 338-yilda Artakserks-
ning o‘g‘ li Aresni taxtga o‘tqazdi. Lekin ikki yildan keyin Ares
ham o‘ldirildi. U mamlakatni boshqarishda o‘zining mavqey-
iga putur yetkazmaydigan zaif bir shaxsni taxtga o‘tqazishni
niyat qildi. Bagoy qo‘g‘irchoq hukmdor sifatida ko‘plarga ta nish
bo‘lmagan Armaniston satrapi Qodomonni Doro III nomi bi-
lan taxtga o‘tqazdi. Yangi podsho Bagoyni hokimiyatdan chet-
lashtirib, o‘z hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi.
Makedoniya esa bu davrda yunon dunyosida o‘z mavqeyi-
ni mustahkamlab, Sharqqa yurishga faol tayyorgarlik ko‘ra
boshladi. Filipp II mil.avv. 336-yil Kichik Osiyoning g‘arbiy
qirg‘og‘ini bosib olish uchun 10000 makedon qo‘shinini jo‘nat-
di. Ammo Sharqqa yurish g‘oyasini amalga oshirish Filipp II
ga nasib etmadi. Bu g‘oyani uning o‘g‘li Aleksandr amalga
oshirdi. Aleksandr taxt vorisi va oqsuyak oilaning farzandiga
munosib bo‘lgan ta’lim-tarbiyani oldi. O‘sha davrda hali mash-
hur bo‘lmagan faylasuf Aristotel (Arastu) uning o‘qituvchi va
tarbiyachilaridan biri bo‘ldi. Filipp II o‘g‘lini davlat boshqaruv
ishlariga asta-sekin torta boshladi. Aleksandr mil.avv. 340-yil-
da Shimoliy Yunonistonning tog‘li hududlaridagi qabilalardan
birining qo‘zg‘olonini bostirib, birinchi bor o‘zini kuchli sarkar-
da ekanligini ko‘rsatdi.
Mil.avv. 336-yil yozida Filipp II qizining to‘yi bo‘lgan kuni
o‘ldirildi. Zodagon Pavsaniyning tansoqchisi makedon a’yoni
Attal uni haqorat qilganda, Filipp uning shikoyatini e’tiborsiz
qoldirgani uchun Filipp soqchisiz teatrga kirayotganda xanjar
sanchib o‘ldirdi. Demosfen Filipp II ning o‘limini eshitib, xalq
yig‘iniga ajoyib kiyim va boshida gulchambar kiyib keldi. Filipp-
ning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr podsho hokimiyatini egalladi.
Aleksandr otasining o‘limidan so‘ng barcha yunon davlatlari
vakillari to‘plangan Korinf shahrida otasi kabi o‘zining forslar-
ga qarshi barcha ellinlarning yo‘lboshchisi vakolatini majbu-
416
ran tan oldirdi. Faqat Sparta bundan bosh tortdi. Filipp II ning
o‘limidan foydalangan yunon shaharlari Fiva shahri bosh-
chiligida Makedoniyaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Yunonlar
uchun kutilmagan holda Aleksandr bu qo‘zg‘olonni shafqat-
siz bostirdi. Fiva shahri buzib tashlandi va uning tirik qolgan
30 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Aleksandr Eron bi-
lan bo‘lg‘usi urush katta tayyorgarlikni talab qilishini bilar edi.
U forslarning hushyorligini yo‘qotish uchun Kichik Osiyodagi
makedon qo‘shinini chaqirib oldi. Ammo Fors davlati mavjud
makedon bosqiniga qarshi hech qanday tayyorgarlik ko‘rmadi.
Ikki yildan so‘ng, mil.avv. 334-yilda nihoyatda puxta tayyogar-
likdan keyin makedon qo‘shinlari Gellespont bo‘g‘ozidan o‘tib,
Osiyo hududiga kirdi. Qo‘shin 30 ming piyoda, 5 ming otliq,
160 harbiy kemadan iborat edi. Urush e’lon qilish uchun mil.
avv. V asr o‘rtalarida yunon-fors urushlari davrida yunon ibo-
datxonalarining forslar tomonidan oyoq-osti qilinishi bahona
bo‘ldi. Bu mafkuraviy shiordan Aleksandr yunon-makedon
kuchlarini birlashtirishda foydalandi.
Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi Granik daryosi
bo‘yida bo‘ldi (mil.avv. 334-yil). Bu jangda yunon-makedonlar
Eronning Kichik Osiyo satraplari va yunon yollanma askar-
lari qo‘shinlari bilan jang qildilar. Eron podshosi Doro III va
uning muntazam qo‘shini Granik jangida ishtirok etmadilar.
Bu jangdan so‘ng Aleksandr Kichik Osiyo qirg‘og‘idagi yunon
shaharlarini forslardan ozod qildi va Kichik Osiyoning katta
qismini bo‘ysundirdi. Sard va Gordiy shaharlari ishg‘ol qilindi.
Galikarnas shahri forslarga sodiq qolib, makedonlarga qattiq
qarshilik ko‘rsatdi.
Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab, Aleksandr Kilikiya orqali
Shimoliy Suriyaga o‘tdi. Mil.avv. 333-yil kuzida Issa shahri yonida
yunon-makedonlar Doro III qo‘shinlari bilan to‘qnashdilar. Har
ikki tomon uchun bu jang og‘ir bo‘lib, katta qurbonliklar berildi.
Fors qo‘shinlari son jihatidan yunon-makedonlardan ko‘ra ko‘p
edi. Doro III jangda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va jang natijasini kut-
may, maydonni tashlab ketdi. Hattoki Doro III qarorgohdagi o‘z
oilasini ham tashlab ketdi. Aleksandr juda katta qiyinchilik bi-
lan g‘alaba qozondi. Bu jang Suriya va Falastin qirg‘og‘ini bosib
olish uchun yo‘l ochdi. Doro III g‘olibga tinchlik bitimini taklif
qilib, Aleksandrga Kichik Osiyoni berishni, katta Kontribunisiya
va katta qizi Statirani Aleksandrga rafiqalikka berishni taklif qil-
di. Lekin Aleksandr bu foydali shartlarni rad qildi.
417
Damashq shahrida Doro III ning xazinasi bosib olindi. Bu
Aleksandr qo‘shinlarining moddiy ta’minotini ancha yaxshiladi.
Tir va G‘azo shaharlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsat-
di. G‘azoning bosib olinishi yunon-makedonlarga Misr tomon
yo‘l ochdi. Doro III yordamidan mahrum bo‘lgan fors satrapi
g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Misrliklar fors zulmidan Aleksandrni
xaloskor sifatida kutib oldilar. O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida, Nil
daryosi bo‘yida mil.avv. 331-yilda Aleksandriya shahriga asos
solindi. Bu shahar Misrda yangi hokimiyatning markazi, muhim
savdo porti bo‘lib xizmat qildi. Misr hududida bu shaharga asos
solinishi Sharqda shaharlar qurilishi siyosatining boshlanishi
edi. Aleksandr Memfis shahrida toj kiydi va bu bilan Misrda o‘z
hokimiyati qonuniyligini ta’kidladi.
Mil.avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning ikkinchi
bosqichi boshlandi. Dajla daryosidan uzoqda bo‘lmagan Gav-
gamela
qishlog‘i yaqinida 1-oktabr kuni Aleksandr va fors
qo‘shini o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘ldi. Jang boshlanishida
fors qo‘shini makedonlarning o‘ng qanotini yanchib tashladi.
Markazda Aleksandr fors qo‘shinining o‘rtasiga o‘z otliqlari bi-
lan kirib oldi. Forslar jang aravalari va fillarni jangga tashladi-
lar. Ammo Doro III Issa yonidagi jangda bo‘lganidek, davom eta-
yotgan jangni yutqazilgan deb hisoblab, yana jang maydonini
tashlab qochdi. Aleksandr qo‘shinlari hech qanday qarshiliksiz
jadallik bilan butun Mesopotamiyani bosib o‘tib, Suza shahri
va Ahmoniylar davlatining markaziy hududlariga kirib bordi-
lar. Aleksandr Suza shahridagi Ahmoniylar saroyi xazinasidan
50 ming talant tilla va kumush quymaga ega bo‘ldi. Bobil va
boy Suza shahri, Eronning muqaddas markazi Persepol jang-
siz bosib olindi. Suza va Persopol shaharlaridagi Ahmoniylar-
ning boy xazinalari Aleksandrning qo‘liga o‘tdi. Mil.avv. 330-yil
Persepol saroyini yondirish bilan Aleksandr Fors davlati us-
tidan g‘alabasini ramziy belgiladi. Fors podsholarining asosiy
xazinasi Pasargadda edi. Aleksandr afsonaviy o‘ljaga ega bo‘ldi.
Forslarga qarshi urushning maqsadi ham ahmoniylarning
afsonaviy boyliklarini qo‘lga kiritish edi. Plutarxning ma’lumoti
bo‘yicha Persepoldagi xazinani olib ketish uchun 10 ming ara-
va, 5 ming tuya kerak bo‘lgan. Faqat quyma tillaning o‘zi 120
ming talant (3144 tonna) bo‘lgan. Haqiqatan ham kichkina bir
tog‘li Makedoniya davlatchasi cho‘pon va dehqonlari uchun bu
quloq eshitmagan boylik edi. Bu vaqtda Baqtriya satrapligiga
chekingan Doro III o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi.
418
Aleksandr forslarni o‘zlari egallab turgan yuqori lavozimlarda
qoldirdi. Bu makedon qo‘shinida norozilik tug‘dirdi. Doro III ning
halokati urush tugashini bildirar edi. Girkaniyaning markazi
Gekatompl
shahrida ittifoqchi yunon polislarining qo‘shinlari
rasmiy tarqatildi. Shu bilan birga, yunonlarga Aleksandrning
yollanma askarlari sifatida yurishni davom ettirish taklif qilin-
di. Aleksandr o‘zini fors podsholarining qonuniy vorisi sifati-
da urushni davom ettirishga ahd qildi. Aleksandr qiyinchilik
bilan yurishni davom ettirishni istamagan qo‘shin qarshiligini
yengib, yana oldinga siljidi. Parfiya bosqinchilarga hech qanday
qarshilik ko‘rsatmay, uning satrapi o‘z obro‘sini saqlab qoldi.
Aleksandr mil.avv. 329-yilda Amudaryodan o‘tib, O‘rta Osiyo-
ga kirdi. Bu yerda u mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchra-
di. Spitamen boshchigida sak-massagetlar uch yil davomida
Aleksandr qo‘shinlariga qarshi turdilar. Noiloj qolgan Alek sandr
mahalliy zodagonlarni sovg‘a-salom bilan o‘z tomoniga og‘di-
rib olishga urindi. U So‘g‘d hokimi Oksiartning qizi Roksanaga
uylandi. Rivoyatlarga ko‘ra, Aleksandr O‘rta Osiyoda o‘z tayanch
nuqtasi sifatida 12 shahar quradi. Ammo bu shaharlarning xaro-
balari topilgani yo‘q. Bu afsona bo‘lishi mumkin. Tarixda ma’lum
bo‘lganlari hozirgi Xo‘jand shahri yaqinida Aleksandriya Esxata
(Uzoqdagi Aleksandriya) shahri, Afg‘onistonda Hirot shahri ya-
qinida Aleksandriya Ariya shaharlaridir.
Mil.avv. 327-yilda Aleksandr Hindukush tog‘lari orqa-
li Hindistonga o‘tdi. Shimoliy Hindistondagi Gidas daryosi
bo‘yida Aleksandr qo‘shinlari Panjob hukmdori Por qo‘shin-
lari bilan to‘qnashib, o‘zining oxirgi g‘alabasiga erishdi (mil.
avv. 326-yil). Aleksandrning qo‘shini yurishni davom etti-
rishni istamay, uning buyruqlarini bajarmay qo‘ydi. Alek-
sandr qo‘shinni yurishni davom ettirishga ko‘ndirishga urin-
di, ammo qo‘shin ko‘nmadi. Ikki kunlik muzokaralardan
so‘ng Aleksandr yon berishga majbur bo‘ldi. Vatanga qaytish
to‘g‘risida buyruq berildi. Aleksandr qo‘shinlarining qaytishi
ikki yilga cho‘zildi. Qo‘shinning bir qismi dengiz orqali, bir
qismi quruqlik yo‘li orqali ortga qaytdi. Qo‘shinning har ik-
kala qismi mil.avv. 324-yil Bobilda uchrashdi.
Yurishning tugallanayotgan bosqichida Suza shahrida Alek-
sandr makedon va forslarni murosaga keltirish belgisi sifatida
o‘zining 10 ming askarini mahalliy aholining qizlari bilan ni-
koh to‘yini katta tantana bilan o‘tkazdi. O‘z qo‘shini tarkibiga
30 ming fors yigitlarini qabul qildi. U bosib olingan hududlar-
419
da o‘nlab koloniya va harbiy qo‘rg‘onlarni o‘z hokimiyatining
tayanch nuqtasi sifatida barpo qildi.
Makedoniyaning qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni istama-
gan Aleksandr o‘z davlatining poytaxti qilib qadimgi shahar
Bobilni tanladi. U Kaspiy dengizini o‘rganish uchun tekshiruv-
chi ekspeditsiya tashkil qildi. Arabiston yarim oroli qirg‘oqlarini
tekshirishga buyruq berdi.
Aleksandr yurishlari natijasida g‘arbda Adriatika den-
gizidan sharq da Hindistongacha, shimolda Kavkaz tog‘laridan
janubda Nil daryosining o‘rta oqimigacha cho‘zilgan hududda
yunon-makedonlarning yurishi sodir bo‘ldi. Aleksandr bu be-
poyon hududlarni o‘z ichiga olgan davlat tuzmoqchi bo‘ldi. U ij-
timoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan avvalgi Ahmoniylar davla-
tini eslatar edi. U mil.avv. 323-yil 32 yoshida bezgak kasalidan
Bobil shahrida vafot etdi. Aleksandrning o‘limidan so‘ng uning
lashkarboshilari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi.
Oxir-oqibatda u bosib olgan hududlarda katta-kichik davlatlar
paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |