Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

ELLIN DAVLATLARI

1. Ellinizmning mohiyati. 2. Ellin Misri (mil.avv. 

323–30-yillar). 3. Salavkiylar davlati.  4. Makedoniya. 

 

5. Pergam. Attalidlar davlati. 6. Yunoniston materigi va  

orollar. 

1. Ellinizmning mohiyati.  Aleksandr yurishlaridan bosh-

lab to mil.avv. II asrgacha Rim Yunoniston va Yaqin Sharqda o‘z 

hukmronligini o‘rnatganiga qadar bo‘lgan davr G‘arb adabiyoti-

da ellinizm davri, deb ataladi. Bu davrda savdo-hunarmand-

chilik, madaniyat o‘choqlari – shaharlar jadal rivojlandi (Alek-

sandriya, Antioxiya, Baqtra va boshqalar). Bu davrda O‘rtayer 

dengizining g‘arbiy qismi Sharqning boy qadimgi madaniyati 

bilan jadal tanishib, uning to‘rt ming yillik to‘plagan madaniy 

yutuqlarini o‘zlashtirib ola boshladi.

 Ma’naviy-madaniy hayot, 

ilm-fan va san’at bu davrda yuksak darajada rivojlandi. Yan-

gi ilm-fan o‘choqlari, oliy maktablar va kutubxonalar paydo 

bo‘ldi. Fan-texnikada kashfiyotlar, ixtirolar qilinib, nodir asar-

lar yaratildi. Yangi fan tarmoqlari paydo bo‘ldi. Fanning taniqli 

arboblari o‘zlarining nodir asarlarini yaratdilar. Ijtimoiy-siyo-

siy, falsafiy ta’limotlar shakllandi.

 «Ellinizm» tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asr-

ning birinchi yarmida nemis olimi I. Droyzen tomonidan kiri-

tildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik  Aleksandrning 

bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan 

qo‘lladi va uning mazmunini madaniy soha bilan chekladi. 

XX asrning 50-yillari boshlaridan ko‘pchilik tarixchilar el-

linizm davrini siyosiy-iqtisodiy va madaniy-mafkuraviy so-

halarda mahalliy (Sharq) va ellin (G‘arb) madaniyatining sin-

tezi natijasida madaniy taraqqiyotning yangi bosqichi deb hi-

soblaydilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko‘pgina hududlari 

yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amal-

ga oshdi degan tushuncha hukm suradi. Haqiqatga esa, mil.

avv. I ming yillikdan boshlab, ayniqsa, dunyoda birinchi bor 

uch qit’ani birlashtirgan ulkan Ahmoniylar imperiyasi davrida 

Sharq va G‘arbning madaniy-iqtisodiy aloqalari va madaniyat-

lar muloqoti boshlangan edi. 



425

Ellin davrining uch yuz yillik xronologik davri uch tizim-

li izchil bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich  Aleksandrning 

Sharqqa yurishlari, uning davlatining tashkil topishi va dia-

doxlar urushlari natijasida bu davlatning yemirilishi (mil.avv. 

334–281-yillar)ni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich (mil.avv. 

280-mil.avv. II asr o‘rtalari) yunon-sharq davlatchiligi, iqtisodi-

yoti va madaniyatining gullab-yashnagan davri. Ellin davrining 

yetuklik bosqichi. Uchinchi bosqich mil.avv. II asr o‘rtalaridan 

ellin davlatchiligining oxir-oqibatda yemirilishiga olib kelgan 

tushkunlik  belgilarining  yaqqol  ko‘rinishi  bilan  tavsiflanadi. 

So‘nggi ellin davlati – Ptolemeylar Misrining mil.avv. 30-yilda 

halokatga uchrashi va uning Rim davlati tarkibiga qo‘shib olini-

shi bilan belgilanadi. Bu vaqt Ellin tafakkurining yaqqol so‘nish 

davri edi. Ilgari Ellin davlatlariga qarashli butun hudud g‘arbda 

Rim, sharqda Parfiya davlatlari tomonidan bo‘lib olindi.  




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish