Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


MAKEDONIYANING YUKSALISHI.  ALEKSANDR



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 MAKEDONIYANING YUKSALISHI.  ALEKSANDR 

ISTILOLARI VA UNING OQIBATLARI

1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon 

hukmronligining o‘rnatilishi. 2. Aleksandrning Sharqqa 

yurishlari. 3. Diadoxlar urushi.

1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon huk-

mronligining o‘rnatilishi. Makedoniya Bolqon yarim orolining 

shimolida joylashgan bo‘lib, uning shimol va sharq dagi qo‘shnilari 

qadimgi frakiya qabilalari, g‘arbda illir qabilalari, janubda fessali-

yaliklar edi. Makedoniya uncha baland bo‘lmagan tog‘lar va bir 

necha hosildor vodiylarda joylashgan. Iqlimida dengiz va konti-

nental iqlimning uyg‘un qo‘shilib ketgani ko‘rinadi. Makedoniyada 

temir, mis, oltin va kumush za xiralari mavjud. Tog‘ hududlari-

da kema qurish uchun zarur bo‘lgan daraxt navi o‘sgan. Make-

doniyada ko‘p etnik guruhlar yashagan. Aholining asosiy qismini 

tashkil etgan makedonlar mil.avv. XIII–XII asrlardan beri bu yerda 

yashar edilar. Bundan tashqari, epir, illir va frakiyaliklarga tegish-

li etnik guruhlar mavjud edi. 

Makedoniyada mil.avv. VI–V asrlar oralig‘ida ilk davlat va 

jamiyat shakllandi. Makedoniya yunon shahar-davlatlaridan 

ko‘ra, zaif rivojlangan, urug‘chilik an’analari kuchli bo‘lgan 

davlat edi. U dengizga chiqadigan yo‘lga ega emas edi. Shu sa-

babli, dengiz savdosi va koloniyalar barpo etishda ishtirok eta 

olmadi. Makedoniya dehqonchilik mamlakati bo‘lib, aholining 

asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan.

 Peloponnes urushlari-

dan so‘ng Makedoniya yunon sivilizatsiyasini tez o‘zlashtira 

boshladi. Ayniqsa, yunon harbiy san’ati va harbiy texnikasi 

yaxshi o‘zlashtirildi. Yunonlar uchun Makedoniya qoloq varvar-

lar mamlakati edi.

Podsho Aminta va uning o‘g‘li Aleksandr hukmronligi davri-

da Makedoniya yunon-fors urushlariga tortildi. Makedon 

podsho lari vaziyatga qarab, har ikki tomonni ham qo‘llab-quv-

vatlaganlar.  Boshda  Makedoniya  forslar  tarafida  bo‘ldi.  Pod-

sho Alek sandr (mil.avv. 498–454-yillar) Kserksning mil.avv. 




413

480–479-yillardagi mag‘lubiyatidan so‘ng yunon shahar-dav-

latlari bilan yaqinlasha boshladi. Yunonlar hatto Aleksan-

drga umumyunon Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga rux-

sat berdilar. U yugurish musobaqasida g‘alaba qozondi. Pod-

sho Arxelay (mil.avv. 419–399-yillar) qator islohotlar o‘tkazib, 

podsho hokimiyatini kuchaytirdi. U Makedoniyaning chekka 

hududlaridagi yarim mustaqil hokimlarning o‘zboshimchaligi-

ni chekladi. Podsho mamlakatning turli hududlarida bir necha 

qal’alarni qurib, ularni qo‘shin va oziq-ovqat bilan ta’minlash 

qulay bo‘lgan to‘g‘ri yo‘llar bilan bog‘ladi. Podsho Arxelay ot-

liq qismlarni takomillashtirdi va uni zarbdor kuchga aylantirdi. 

Dengizga va dengizbo‘yi shaharlariga yaqin Pella shahrini poy-

taxtga aylantirdi. 

Podsho  Arxelay  Afina  bilan  yaqinlashib,  uning  yordamida 

Xalkida va Fessaliyadagi bir necha yunon shaharlarini bosib 

oldi. Makedoniya urug‘ zodagonlarining bir qismi podsho hoki-

miyatining mustahkamlanishi, boshqaruvning markazlashuvi 

hamda yunon shaharlari bilan yaqinlashuvidan norozi bo‘lib, 

fitna uyushtirdilar. Natijada Arxelay o‘ldirildi. Makedoniya bir 

necha o‘n yil ichki ziddiyatlar ichida qoldi. Makedon podsho-

lari hududiy separatizmga barham berib, podsho hokimiyatini 

mustahkamlash siyosatini olib bordilar. 

Makedon davlatchiligining rivojlanishida Filipp II kat-

ta yutuqlarga erishdi. Makedon podshosi Filipp II (mil.avv. 

359–336-yillar) makedon urug‘-qabilalari o‘rtasidagi nizolarga 

qat’iy chek qo‘ydi. O‘z hokimiyatini butun mamlakat miqyosida 

tan olinishiga erishdi. U harbiy islohot o‘tkazib, makedon fa-

langasini tuzdi. Og‘ir qurollangan piyoda (goplitlar) 16-29 qator 

saflanadigan jangchilar bo‘lib, 5 metrgacha uzunlikdagi sarissa 

(nayza) bilan qurollangan. Orqa safdagilar sarissalarini oldin-

gi qatordagilar yelkasiga qo‘yar edilar. Og‘ir qurollangan jang-

chilar katta qalqonlar bilan himoyalanib, sarissalarni tikandek 

chiqarib, dahshatli kuchni tashkil qilar edilar. Makedon zoda-

gonlaridan tuzilgan og‘ir qurolli suvoriy getayrlar («podshoning 

o‘rtoqlari») qo‘shinda muhim o‘rin tutgan. Qo‘shin tarkibida 

turli qamal qurollari bilan ta’minlangan injener qismlar

 mav-

jud edi. Filipp II o‘z maqsadiga erishish uchun har qanday vosi-

tadan qaytmadi. U «Oltin ortilgan eshak eng baland devorni 

ham oshib o‘tadi», deb aytar edi. 

Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Makedoniya Bolqon shimolidagi eng 

kuchli davlatga aylandi. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Makedoniya 




414

kuchli qo‘shin bilan Epir va Frakiyani egalladi. Shu vaqt dan 

boshlab Makedoniya yunon davlatlarining ishlariga faol ara-

lasha boshladi. Mil.avv. 355-yilda Makedoniya Fiva va Fokida 

o‘rtasidagi urushga aralashib, Fokidani tor-mor qildi. Natija-

da Makedoniya butun Shimoliy Yunonistonga egalik qildi. Tez 

orada Fessaliya, Xalkidika yarim orolining bir qismi, Frakiya-

ning janubiy qirg‘og‘i, Bosforgacha Makedoniyaga qaram bo‘ldi. 

Makedoniya endi dengiz davlatiga aylandi. Yunonlarni Qora 

dengizga chiqish yo‘li Makedoniya qo‘liga o‘tdi.

Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi tura olishi 

mumkin edi. Lekin Afinada makedon va antimakedon partiya-

si mavjud edi. Makedon partiyasi (yetakchisi Isokrat) yunon-

lar Filipp II boshchiligida Eronga qarshi yurish qilib, katta o‘lja 

olishi mumkin, yunonlar ichidagi o‘zaro kelishmovchiliklarga 

chek qo‘yiladi, Kichik Osiyoni bosib olib, norozi kambag‘allarni 

yerga ko‘chirish mumkin, deb hisoblar edilar. Filipp II Afinada 

o‘z tarafdorlarini sotib olish uchun oltinni ayamadi, o‘z taraf-

dorlarini qo‘llab-quvvatladi. Demosfen boshchigida antimake-

don partiyasi Makedoniya bilan ittifoq yunon davlatlarining 

erkinligi va demokratiyani yo‘qotishga olib keladi deb hisobladi-

lar. Demosfen Afina, Fiva, Korinf, Xios, Evfeya va Vizantiy kabi 

boshqa yunon shaharlari birlashgan kuchli antimakedon gu-

ruhini tuzdi.

Mil.avv. 338-yil avgust oyida birlashgan yunon shaharlari 

va Filipp II qo‘shinlari o‘rtasida Beotiya (Xeroneya)da hal qiluv-

chi jang bo‘ldi. Demosfenning o‘zi oldingi qatorda oddiy askar 

bo‘lib jang qildi. Makedon qo‘shinlari yunonlarni tor-mor qil-

di. Shundan so‘ng, mil.avv. 338-yilda (591-yilda) Filipp II Ko-

rinf shahrida umumyunon kongressini chaqirdi. Kongressda 

muhim qarorlar qabul qilindi. Yunon shaharlarining ittifoqi 

tuzildi. O‘zaro urushlar taqiqlandi. Yunon davlatlari makedon 

podshosi bilan abadiy mudofaa va hujum ittifoqi tuzdi. Filipp II 

Korinf kongressida ellin davlatlaridan Eronga yurish uchun ke-

malar va odamlarni berishni talab qildi va o‘zini yunonlarning 

yo‘lboshchisi deb e’lon qilishga majbur etdi. Spartadan tash-

qari Argos, Arkadiya, Messeniya va Elidaning olqishiga sazovor 

bo‘ldi. Eron bilan urush boshlashga qaror qilindi. Kongressda 

xususiy mulkning daxlsizligi e’lon qilindi, qarzlarni kassatsiya 

qilish, birovning mulkini bosib olish va qayta taqsimlash, qul-

larga erkinlik berish va ulardan siyosiy maqsadlarda foydala-

nish taqiqlandi. Faqat Sparta bu kongressda qatnashmadi.




415


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish