3. Diadoxlar urushi. Aleksandr o‘z vorisini rasmiy jihat-
dan tayinlashga ulgurmadi. Bu uning lashkarboshilari o‘rtasi-
da Aleksandr merosi uchun uzoq kurash davom etishiga olib
keldi. Bu kurash bir necha o‘n yillarga cho‘zilib, juda ko‘p qon
to‘kishlarga sabab bo‘ldi.
Aleksandrning o‘limi vaqtida makedon taxtiga qonuniy
da’vogarlar bo‘lmay, Aleksandrning xotini bo‘lgan so‘g‘d ma-
likasi Roksana hali homilador edi. Pergamda Aleksandrga asir
tushgan fors satrapi Artabazning qizi Barsinadan 4 yoshli no-
qonuniy o‘g‘li Gerakl qolgan edi. Taxtga Filipp II ning aqli zaif,
noqo nuniy o‘g‘li Arridey ham da’vo qilishi mumkin edi. Make-
doniyada Aleksandrning yaqinlari Roksana agar o‘g‘il tuqsa,
uni podsho deb e’lon qilish, uning go‘dakligi davrida hokimiyat-
ni tajribali sarkarda Perdikka boshchigidagi davlat kengashi-
ga topshirish lozim, deb hisobladilar. Harbiy boshliqlar va sa-
roy a’yonlarining boshqa bir guruhi Arridey nomzodini yo‘qlab
chiqdilar. Obro‘li lashkarboshi Nearx makedon taxtiga bir-
dan-bir da’vogar Gerakl bo‘lishi mumkin, dedilar. Aleksandr-
ning safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana bir
guruh podshoni saylash kerak emas, chunki Aleksandrning
o‘g‘illarini onalari Sharq ayollari, uning asiralaridir, oqibatda,
bunday da’vogarlarni taxtga chiqarish hamma vaqt noqonuniy
bo‘ladi, deb hisobladilar.
420
Taxt vorisi to‘g‘risidagi munozaralar Perdikka regentligi bilan
Filipp II ning noqonuniy o‘g‘li Arrideyni podsho deb e’lon qilish
bilan tugadi. Xuddi shu vaqtda Aleksandrning bevasi Roksana
o‘g‘il tug‘di va unga Aleksandr deb nom berildi. Makedon tax-
tiga birdaniga Arridey Filipp III nomi bilan, Roksananing o‘g‘li
Aleksandr IV nomi bilan podsho deb e’lon qilindi. Osiyodagi
qo‘shinlar qo‘mondonligini o‘ziga olgan Perdikka yana regent
etib tayinlandi. Shunday qilib, u Aleksandr davlatining amal-
dagi hokimiga aylandi.
Aleksandrning vafotidan keyin yagona davlatning amalda
oliy hokimi bo‘lgan Perdikka Bobilda makedon podshosining
eng yaqinlari o‘rtasida satrapliklarni taqsimladi. Yunoniston
va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr Ptolemey-
ga, Kappadokiya va Paflagoniya Yevmenga, Gellespont Frigiya-
si Leonardga, Buyuk Frigiya Antigonga, Suriya Laomedontga
va Midiya Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar
qo‘shinlari bilan o‘z mulklariga jo‘nab ketdilar. Aleksandr ning
aynan ana shu sobiq safdoshlari (diadoxlar) o‘zlariga berilgan
hududlarga qanoat qilmay hamda boshqalarning mulkiga ega-
lik qilish uchun Aleksandr merosini talashib, qonli kurashni
boshladilar.
Aleksandr o‘limidan keyingi ikki yil davomida Yunoniston
makedon zulmidan ozod bo‘lishga urindi. Yunoniston va Make-
doniya hokimi Antipatr yunon qo‘shinlarini tor-mor qilib, bu
yerga makedon garnizonlarini joylashtirdi. Mil.avv. 321-yilda
Misrda o‘rnashib olgan Ptolemey Perdikkaning regentligini tan
olmadi. Antigon, Ptolemey va Antipatrga Perdikka juda qudratli
ko‘rindi. Perdikkaga qarshi fitna uyushtirdilar. Perdikka Misr-
ga qo‘shin tortdi, yurish paytida Perdikka Memfis yaqinidagi
qarorgohda g‘animlari yuborgan qotillar – o‘z suvoriylari to-
monidan o‘ldirildi. Shundan so‘ng davlat regenti qilib Yunonis-
ton va Makedoniyaning hokimi keksa Antipatr saylandi. Uning
buyrug‘i bilan podsho oilasi Makedoniyaga ko‘chirildi.
Antipatr topshirig‘i bilan mil.avv. 321-yilda satrapliklar qis-
man qayta taqsimlandi. Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo
davlatining asoschisi Salavk Bobilni o‘z qo‘liga oldi. Shundan
ikki yil keyin mil.avv. 319-yilda Antipatr vafot etdi. U regent-
likka voris qilib keksa va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni
tayinlashga ulgurgan edi.
Ammo yuzaga kelgan bu vaziyat Aleksandrning yaqinlari
bo‘lgan yosh va g‘ayratli lashkarboshilarni qanoatlantirma-
421
di. Jumladan, Antipatrning bu qaroridan o‘z o‘g‘li Kassandr
norozi bo‘lib, Poliperxontdan bu lavozimni tortib olish uchun
Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey bilan itti-
foq tuzdi. Mil.avv. 316-yilda Poliperxont regentlikdan chet-
lashtirildi. Kassandr butun Yunonistonni egallab oldi. Lekin
Kassandrning kuchayib ketishidan Antigon va Aleksandr-
ning sobiq kotibi Yevmen norozi bo‘ldilar. Aleksandr davlati-
ning yaxlitligini saqlab qolishga uringan, separat kayfiyatlar-
ga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir kishi Yevmen edi.
U makedon podsholigining «qonuniy» podsholari nomidan
harakat qilgan, qator sabablarga ko‘ra, hech qanday hudud
va qo‘shinga ega bo‘lmagan birdan-bir diadox edi. Lekin uning
qo‘lida Aleksandr sobiq davlatining turli shaharlarida bosib
olingan katta miqdordagi moliyaviy mablag‘lar mavjud edi.
Yevmen ana shu mablag‘lar hisobiga katta yollanma qo‘shin
to‘plab, Bobil va Eronni bosib olishga urindi. Bu xavfga qar-
shi Antigon Bobil va Midiya satraplari Pifon va Salavk bilan
ittifoq tuzdi. Bu ittifoq Yevmenga qarshi yurish qildi. Mil.avv.
316-yilda Gabiyan yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen
bilan Antigon o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘ldi. Yevmenning
yollanma qo‘shinlarining xoinligi jangni Antigon foydasiga
hal qildi. Yevmen qo‘lga olinib, qatl qilindi.
Mil.avv. 317-yilda Aleksandrning onasi Olimpiada hokimiyat-
ni Roksananing o‘g‘liga qoldirish uchun Filipp Arridey va uning
xotini Evridikani o‘ldirishga buyruq berdi. Shundan so‘ng uning
o‘zi Kassandr tomonidan qatl qilindi. Roksana va Aleksandr IV
Kassandrning asirligida bir necha yil ushlab turildi.
Kassandr Aleksandrning kichik singlisi Fessalonikaga uylan-
gan bo‘lib, Aleksandrning o‘g‘li hozircha hayot ekan, o‘zini no-
qulay sezar edi. Kassandr buyrug‘i bilan Amfipol noibi Roksa-
na va uning o‘g‘lini maxfiy o‘ldirib, ularni dafn qildi (mil.avv.
311–310-yillar). Bir necha yildan so‘ng Kassandr keksayib qol-
gan Polisperxont bilan maxfiy shart bilan tinchlik shartnomasi-
ni tuzdi. Shartga ko‘ra, Polisperxont Aleksandrning Barsinadan
bo‘lgan o‘g‘li o‘n yetti yoshli Gerkulesni zaharlab o‘ldirishi ke-
rak edi. Polisperxont bu yovuzlikni amalga oshirib, siyosatdan
chetlashdi. Qotillik evaziga Etoliya va Epirdagi o‘ziga berilgan
mulklarda qolgan umrini yashadi. Aleksandrning katta opasi
Epir malikasi beva Kleopatra Sard shahrida yashab turgan edi.
Malikaning qo‘lini Salavk so‘radi. Buni bilib qolgan Antigonning
buyrug‘i bilan malikani o‘z kanizaklari o‘ldirdilar. Shundan
422
so‘ng Antigon kanizaklarni ham qatl qilishni buyurib, malikani
favqulodda dabdaba bilan dafn ettirdi.
Diadoxlar o‘rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston,
Misr, Kichik Osiyo va Mesopotamiya asosiy jang maydonlari-
ga aylandi. Mil.avv. 306-yilda Antigonning o‘g‘li Dimetriy Po-
liorket («shaharlarni qamal qiluvchi») makedon garnizonlarini
Yunonistondan haydab yubordi. Afina va Megarada erkinlik va
demokratiya e’lon qilindi. Mil.avv. 306-yilda Antigon, keyinroq
Ptolemey, Lisimax, Salavk va Kassandr o‘zlarini podsho deb
e’lon qildilar. Yuzaga kelgan bu vaziyat diadoxlarni o‘z hudud-
larida o‘z podsholik hokimiyatlarini o‘rnatishga intilishlari
uchun hech qanday rasmiy to‘siq qolmaganini bildirar edi.
Antigon bilan Plolemey o‘rtasida Yunonistonda urush bosh-
landi. Antigonning o‘g‘li Dimitriy Kipr yonidagi dengiz jangida
Ptolemey flotini batamom yanchib tashladi. Shundan so‘ng An-
tigon barchaga xat yozib, o‘zini podsho deb atashlarini talab
qildi. Dimitriy Afinadan Kassandrning makedon qo‘shinlarini
haydab chiqardi. Qachonlardir Filipp va Aleksandrdek u ham
yunonlarni Korinfga to‘plab, ularni o‘zini Makedoniyaga qarshi
yo‘lboshchi deb e’lon qilishga majbur qildi. Ptolemey, Salavk va
Lisimax 80 yoshli Antigon va uning o‘g‘li Dimitriyga qarshi itti-
foq tuzdilar, ittifoqchilar bilan birga Salavk 100 jang aravasi va
480 ta jangovar fillar bilan Frigiyadagi Ips yonida (mil.avv. 301-
yil) Antigon va Dimitriyga qarshi jang qildilar. Jangda Aleksan-
drning eng qudratli vorislaridan biri Osiyo hukmdori 80 yoshli
Antigon o‘ldirildi. Uning o‘g‘li Dimitriy qolgan-qutgan askarlari
bilan qochishga ulgurdi. Lisimax butun Kichik Osiyoni egalla-
di, Salavk Tavr tog‘laridan Hindistongacha bo‘lgan yerlarni Su-
riya va Finikiya bilan birga egalladi. Mil.avv. 301-yilda Antigon,
297-yilda Kassandr, 284-yilda Dimitriy Poliorket, 281-yilda Li-
simax, 283-yilda Ptolemey Lag va 281-yilda Salavk vafot etdi.
Aleksandrning safdoshlari va bevosita merosxo‘rlaridan so‘nggi
diadox bo‘lgan Salavkning halokati bilan diadoxlar davri tuga-
di. Ularning o‘rniga Ellin podsholari (Epigonlar) avlodi keldi.
Aleksandr vafotidan so‘ng uning eng yaqinlari diadoxlar
o‘rtasidagi 40 yillik urush natijasida Aleksandr davlati xaro-
balarida 3 asosiy va eng yirik podsholiklar: Makedoniya (unga
bo‘ysundirilgan Yunoniston), Misr (Suriyaning janubiy qismi va
Kichik Osiyoning ba’zi viloyatlari) va Salavkiylar davlati (Osiyo
mulklarining asosiy qismi) tashkil topdi. Ulardan tashqari, ellin
davrida bir qancha katta-kichik davlat birlashmalari: Pergam,
423
Pont,Vifiniya, Kappadokiya, Yunon-Baqtriya va Parfiya podsho-
liklari mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |