Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

Dimitriy Poliorket. Tushkunlik holatidagi yunon shaharlari 

Kassandr hukmronligi ostida edi. Aleksandrning safdoshi An-

tigonning g‘ayratli o‘g‘li Dimitriy Poliorket Afinani Kassandrdan 

tortib oldi. Afinaliklar Dimitriy va uning otasini o‘z shaharlari-

ning «homiy-ilohlari» deb e’lon qildilar, Dimitriyning haykalini 

yaratish uchun o‘zaro raqobat qildilar. Iloh sifatida Afina ibo-

datxonasining bir qismini unga qarorgoh qilib berdilar. Dimitriy 

Peloponnes va uning shaharlarini ozod qildi. Va shaharlarning 

erkinligini tikladi. Buning evaziga Istma o‘yinlarida u Yunonis-

tonning oliy yo‘lboshchisi deb e’lon qilindi.

Dimitriy kayf-safoda, axloqsizlikda hammadan o‘tib tush-

di. Lekin u yaxshi lashkarboshi, ulkan tez harakat qiladigan 

kemalar, qamal mashinalari ixtirochisi edi. Shu sifatlari bi-

lan u dushmanlarini hayratga soldi va Poliorket (shaharlarni 

bo‘ysundiruvchi) laqabini oldi. Lisimax va Salavk birlashib, 



436

Dimitriyning 80 yoshli otasi Antigonga qarshi qo‘shin tortdilar. 

Dimitriy Poliorket otasiga yordamga keldi, lekin mil.avv. 301-

yil Frigiyada Ips yonidagi jangda yengildi. Afina o‘z homiysiga 

yordam bermadi. Dimitriy qo‘shinni ta’minlashga mablag‘ to-

pish uchun Xersones shahri va Lisimaxga tegishli viloyatlarni 

talon-taroj qildi. Misr hukmdori Ptolemey Dimitriy bilan yaqin-

lashdi. Dimitriy Antioxiyada uning qizi Stratonikaga uylandi. 

Shundan so‘ng Afinaga flot bilan suzib borib, shahar himoyasi-

da turgan tiran Laxaritni uzoq qamal va ochlik bilan taslim 

bo‘lishga majbur qildi. U afinaliklardan xoinliklari uchun o‘ch 

olmadi, aksincha ochlik hukm surayotgan shaharga katta 

miqdorda  oziq-ovqat  sovg‘a  qildi.  Dimitriy  Afinadan  Spartaga 

yurish qilib, spartaliklar qo‘shinini yanchib tashladi, u yunon 

podsholigini barpo qilishni rejalashtirdi. Shu vaqtda Kas sandr 

vafot qildi. Uning katta o‘g‘li Antipatr onasi Fessalonikani voris-

likka ukasi Aleksandrni tanlagani uchun o‘ldirdi. Aleksandr 

yordam so‘rab Epir podshosi Pirrni chaqirdi. Pirr yetib kelib, 

aka-ukalarni murosaga kelib, podsholikni bo‘lib olishni taklif 

qildi. Dimitriy o‘z qo‘shini bilan yetib kelganda, Aleksandr uni 

qaytib ketishga ko‘ndirishga urinib, Dimitriyga Larissa shah-

rigacha hamrohlik qildi. Aleksandr Dimitriyga ishonmay, un-

dan ajralishni rejalashtirgani uchun bazmlardan birida Dimit-

riy uni chopib tashlashga buyruq berdi. Makedoniyaliklar shu 

lahzadayoq Dimetriyni Aleksandrning o‘rniga podsho deb e’lon 

qildilar. Antipatr o‘z qaynotasi Lisimax oldiga qochib ketdi. 

Dimitriyni barcha Makedon podshosi deb tan oldi. Dimitriyning 

eski raqiblari Salavk (uning qaynotasi), Ptolemey, Lisimax va 

keyinchalik Pirr o‘zaro birlashib Makedoniyaga yurish qildilar. 

Dimitriy ularga qarshi turdi.

 Ammo makedonlar Dimitriyning sharqona hashamati, mut-

laq hokimiyati va turmush tarzidan norozi bo‘lib, xiyonat qil-

dilar va Pirr tarafiga o‘tib, uni o‘z podsholari deb e’lon qildilar. 

Dimitriy o‘ziga sodiq ozgina askarlar bilan o‘g‘li Antigon Gonat 

qarorgohiga qochdi. Pirr va Lisimax uning podsholigini bo‘lib 

oldilar. Dimitriy hech qachon Makedoniyaga qaytmadi. Yuno-

nistonda qo‘shin va flot to‘plab, Dimitriy Osiyoga jo‘nadi, Milet 

shahrida Ptolemeyning qizlaridan biriga uylandi. Keyin o‘z qay-

notasining barcha hududlarni vayron qilib, Kariya va Lidiyaga 

o‘tdi. Bu hududlarda u podsholik barpo qilmoqchi edi. Lekin 

Lisimaxning kuyovi Agafokl unga qarshi chiqib, bir necha jang-

larda uni yanchib tashladi. Chorasiz qolgan Dimitriy kuyovi 




437

Salavkka yordam so‘rab murojaat qildi. Salavk Agafoklni che-

kinishga majbur qildi. Dimitriy yordamga javoban nonko‘rlik 

qilib, yana bosqinchilik yurishi qildi va Salavkning qarorgohi-

ga tunda hujum qildi. Oldindan ogohlantirilgan Salavk zarba 

berishga  tayyorlanishga  ulgurdi,  Salavkning  taklifi  bilan  Di-

mitriyning askarlari uning tomoniga o‘tdilar. Dimitriy o‘rmon-

zor, tog‘larga qochdi, lekin to‘rt tarafdan o‘rab olingach, taslim 

bo‘ldi. Salavk himmat ko‘rsatib, uni kechirdi. Dimitriyga Su-

riyadagi Apameya shahrida yashashga, barcha qulayliklardan 

foydalanishga ruxsat berdi. Lekin uning orqasidan o‘ta qattiq 

nazorat qilishga buyruq berdi. Podsholikdan mahrum bo‘lgan, 

jo‘shqin faoliyatdan chetlashtirilgan Dimitriy Poliorket barcha 

vaqtini ovda, azart o‘yinlarda, ichkilikbozlikda o‘tkazib, tutqun-

ligining uchinchi yilida 54 yoshda mil.avv. 284-yil vafot etdi. 

Dimitriy Poliorket Aleksandrning safdoshi Antigonning o‘g‘li, 

Yunon shaharlari yo‘lboshchisi, Makedoniya podshosi, qudratli 

Ptolemeyning ikki qizining turmush o‘rtog‘i, Salavkning qayno-

tasi, qobiliyatli sarkarda, shahar qamali mashinalari va katta 

kemalar ixtirochisi edi. 



Sparta. Spartada ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni bartaraf 

etish uchun podsholar – Agis III (mil.avv. 244–235-yillar) va 

Kleomen III (mil.avv. 235–221-yillar)lar islohotlar o‘tkazishdi. 

Agis III qarzlarni bekor qilishga, Likurg qonunlarini tiklashga 

harakat qildi. Yerlar yangidan 700 oila o‘rtasida taqsimlandi. 

Fuqarolar sonini ko‘paytirish uchun qolgan yerlarni 15 ming 

perieklarga taqsimlab berishni taklif qildi. Agis o‘z mol-mulki-

ni ham spartaliklarga hadya qildi. Qadimgi Sparta tarbiyasi va 

urf-odatlari qayta tiklandi, perieklar hisobiga fuqarolar soni 

ko‘paydi. Aholining katta qismi islohotlarni qo‘llab-quvvat-

ladi. Sparta qo‘shinining qudrati kuchayib, Spartaning aso-

siy raqibi Axey ittifoqiga qarshi g‘olibona urushlar olib bordi. 

Agisning bu siyosati Sparta zodagonlariga yoqmadi. Ular fitna 

uyushtirib, islohotchi podshoni bo‘g‘ib o‘ldirdilar. 

Spartaning keyingi podshosi Kleomen III (mil.avv. 235–221-yil-

lar) Agisning siyosatini davom ettirishga harakat qildi. U dast-

lab podsho hokimiyatini kuchaytirishga, qudratli eforlarning 

hokimiyatini zaiflashtirishga harakat qildi. Kleomen Axey ittifo-

qi bilan navbatdagi urushda g‘olib chiqdi. U Spartaga yollanma 

askarlar bilan kirib, to‘rt eforni o‘ldirib, efor unvonini bekor qil-

di. Eforlar kollegiyasi tugatilib, davlatni boshqarish vakolatla-



438

rining katta qismi podsho qo‘lida to‘plandi. Qarzdorlarning qar-

zi to‘liq bekor qilinib, yerlar qayta teng taqsimlandi. 

Lekin bu islohotlar Axey ittifoqi bilan yangi urush natijasida 

nihoyasiga yetdi. Axey ittifoqi Makedoniyaning yordami bilan 

Spartaga qarshi urush boshladi va Sparta qo‘shinlarini mil.avv. 

222-yil mag‘lubiyatga uchratdi. Kleomen Misrga qochib ketdi 

va Ptolemey Filopatrdan yordam so‘radi. Filopatr yordam ber-

madi. Filopatrdan o‘ch olish niyatida Kleomen unga qarshi Misr 

fuqarolarini gij-gijladi. Lekin hech qanday natijaga erishma-

di, podshoning qo‘liga tushmaslik uchun o‘zini o‘ldirdi. Uning 

onasi va bolalari qatl qilindi. Kleomenning jasadi teriga o‘ralib, 

dorga osib qo‘yildi. Sparta tushkunlikka uchrab, oxir-oqibatda 

mil.avv. 146-yil o‘z mustaqilligini yo‘qotdi va Rim provinsiyasi 

tarkibiga kirdi. 

Hududda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy-iqti-

sodiy ziddiyatlar kuchayib, mil.avv. III asrda yerlarni qayta taq-

simlash harakati Yunonistonda avj oldi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish