Rodos. Mil.avv. III–II asrlarda Rodos oroli xalqaro savdo
yo‘lida joylashgani uchun gullab-yashnadi. Rodos orqali Yu-
nonistondan vino, keramika, zaytun yog‘i; Finikiya qizil ma-
tosi, sharq xushbo‘y moylari, qimmatbaho matolar, zargarlik
buyumlari, Misr g‘allasi tashilar edi. Vositachilik savdosi Ro-
dosda yiliga 1 mln draxm daromad keltirgan, Rodos orqali 1 yil-
da 50 mln draxma miqdorida tovar (taxminan hozirgi 500 mln
dollar) o‘tar edi. Rodos Bolqon Yarim oroli va Egey havzasini
O‘rtayer dengizi, Finikiya portlari va Misr Aleksandriyasi bilan
bog‘lagan. Rodosning tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi sav-
do yo‘llari xafvsizligini ta’minlash bo‘lib, shu sababli u kuchli
harbiy flot saqlagan. Dengiz savdo yo‘lining xavfsizligini ta’min-
lash uchun Rodos dengiz piratlari bilan shafqatsiz urush olib
borgan. U doimiy ravishda biror-bir qudratli davlat panohida
bo‘lishga harakat qildi. Rodos mil.avv. III asrda qudratli Misr
bilan ittifoqqa, mil.avv. III asr o‘rtalarida Pergam podsholigiga
tayandi. Shu asr oxirida qudratli Rim davlati bilan ittifoq tuz-
di. Rodos dengiz va bo‘g‘ozlarda yetakchilik uchun Makedoniya
bilan doimo dushmanlik munosabatlarida bo‘ldi. Shu sababli
Rodos Makedoniyaga qarshi har qanday urushga kirgan dav-
latlar bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatdi. Ikkinchi Rim
– makedon urushi davrida (mil.avv. 200–196-yillar) Rim to-
monida turib, rimliklarning dengiz ta’minotini amalga oshirdi.
Makedoniya bo‘ysundirilgandan keyin Rim respublikasi Rodos-
439
ning savdo-harbiy va siyosiy qudratini zaiflashtirish siyosati-
ni olib bordi. Rim senatining qarori bilan Rodosning qit’adagi
boy mulklari tortib olindi. Rodosning dengiz savdosidagi mo-
nopoliyasini tugatish uchun Delos orolidagi port bojsiz savdo
qiladigan nuqta deb e’lon qilindi. Natijada dengiz savdosining
bir qismi Delos oroli orqali o‘tib, Rodosning savdo va siyosiy nu-
fuzi keskin qisqardi. Keyinchalik esa Rodos oroli Rimga qaram
hududga aylandi.
Rodosda san’at gullab-yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik
maktablari shakllandi. mashhur Lisippning shogirdi haykalta-
rosh Xares Rodosning homiysi xudo Geliosga bag‘ishlab 36
metrli haykal yaratdi. Bu haykal 12 yil davomida bunyod qilin-
di (taxminan mil.avv. 304–292-yillar). Dunyoning 7 mo‘jizasi-
dan biri sanalgan bu haykal Pergamdagi mavzoley va Galikar-
nosdagi Artemida ibodatxonasining kichik zamondoshi edi.
Shuningdek, Rodosda Lisipp maktabi vakillari «Ilonlar bilan
kurashayotgan Laokoon
va uning o‘g‘illari» haykallari guruhini
yaratdilar.
Rodosda notiq Esxin asos solgan Rodos notiqlik maktabi
faoliyat ko‘rsatdi. Mil.avv. II asr oxiri – I asr boshida Rodos-
da
mashhur Sitseronning o‘qituvchisi notiq Molon ta’lim olgan.
Rodos homiyligida orollarda ipakchilik va vinochilik markazi,
Kosda mashhur tabiblar maktabi faoliyat ko‘rsatdi.
Mil.avv. III asrda yangi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqi-
yot Bolqon Yunonistonining madaniy markaz sifatidagi roli
yo‘qolishiga olib keldi. Natijada bu hudud ellin dunyosining
chekka hududiga aylandi. Yunonistonning madaniy o‘choq si-
fatidagi shuhratini Afina bir qadar qo‘llab-quvvatlab turdi. Afi-
nada yunon falsafasi o‘qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy
haykaltaroshlik maktablari mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |